К содержанию
РецензированоUZ2026

MUSIQA SAN’ATI TARIHIGA NAZAR

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Ergashov Ismatxo‘ja Sunnat o‘g‘li (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

This article provides information about the types of musical art, their emergence and formation processes. Key words: music, work, art, melody, sound, sound, speech, folk music creation, composer's creativity, genre, form, type, holiday, creativity. Bugungi kunda yosh avlodni milliy ruhda tarbiyalash, ularda milliy musiqamizga ongli munosabat tushunchalarini shakllantirish muhim vazifalardandir. Milliy musiqa san’atimizning ijro turlarini zamon va talablar darajasidagi yuksaklikka yanada rivojlantirish, uning tarixi shakllanish jarayonlarini bilish, buyuk namoyondalar xizmatini o‘rganish talab qilinadi. Musiqa san‘ati asarlari ma‘naviy boyliklar hisoblanadi va kishilarga estetik zavq beradi, ularga ma‘naviy ozuqa bo‘ladi va estetik didini tarbiyalaydi. Musiqa inson hayoti davomida unga doimo hamrohdir. Musiqa sadolari ostida qilingan mehnat unumli, musiqa bilan olingan dam maroqli bo‘ladi. Kishilarning bayramlari, to‘ytomoshalari ham, fojiali motam marosimlari ham musiqa bilan o‘tadi. Musiqa san‘ati juda qadimda paydo bo‘lgan. Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida yashagan odamlar tabiatdagi musiqiy va shovqin tovushlarni farqlay bilganlar, kuylashni o‘rganganlar, dastlabki cholg‘u sozlarini yaratganlar. Hozirgi kungacha bu sozlar takomillashgan, ulardagi ijro uslublari ham rivojlanib boyigan. Xalq orasidagi musiqiy qobiliyatlarga ega bo‘lgan kishilar ajoyib musiqa asarlari yaratib musiqa san‘atini boyitganlar. Musiqa san‘ati paydo bo‘lgandan boshlab bugungi kungacha ikki yo‘nalishda rivojlangan, degan fikr o‘rinli. Birinchi yo‘nalish - xalq musiqiy ijodi. Ikkinchi yo‘nalish - kompozitorlik ijodi. Qadimda xalq orasida xonanda va sozandalar yashagan. Ular kuy va qo‘shiqlar yaratganlar. Bu asarlar nota yozuvi bo‘lmaganligi sababli og‘izdanog‘izga o‘tib bizgacha yetib kelgan. Kim yaratganligi noma‘lum bo‘lgani sababli bu asarlarni xalq musiqiy ijodining mahsuli deyiladi. Ma‘lumki yaratuvchanlik, ijod, insonga xos fazilatdir. Har bir avlod kuy va qo‘shiqlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritgani uchun bu asarlar xalqniki degan fikr asoslidir. Har bir san‘at turining o‘z janrlari bo‘lgani kabi musiqa san‘atining ham o‘z janrlari bor. «Janr» so‘zi fransuzcha bo‘lib "san‘at asarining turi" degan ma‘noni bildiradi. Masalan, rassomchilikda portret, natyurmort, peyzaj kabi janrlar bor. Musiqa san‘ati janrlari ikki xil: 1. Xalq musiqa ijodi janrlari. 2. Kompozitorlik ijodi janrlari. Masalan o‘zbek musiqasida xalq musiqa ijodi janrlari quydagilardir: qo‘shiq, maqomlar, dostonlar, katta ashula va boshqalar. Kompozitorlik ijodi janrlariga quyidagilar kiradi: opera, balet, simfoniya, sonata va boshqalar. Xalq musiqa ijodi va kompozitorlik ijodini solishtirganda 36 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo xalq ijodi balandroq turishini e‘tirof etish zarur. Xalq ijodi doimiy ravishda kompozitorlarga namuna bo‘lib kelgan. Kompozitorlik ijodi xalq musiqiy merosi namunalari ta‘sirida rivojlangan. Kompozitorlik ijodi nota yozuvi paydo bo‘lgandan so‘ng rivojlangan. Kompozitorlar o‘z asarlarini nota bilan yozadilar. Bu yerda muallif aniq bo‘lgani sabab ularning asarlari xalq musiqiy ijodi namunalaridan alohida turadi. Har bir xalqning o‘z musiqa san‘ati bor. Boshqa san‘at turlari bilan bir qatorda musiqa ham xalq ma‘naviy taraqqiyotining ko‘zgusi hisoblanadi. Musiqa san‘ati asarlarida xalqning hayoti, turli davrlardagi ijtimoiy turmushi, urf-odatlari, din-diyonati, ahloqi haqidagi qarashlar o‘z aksini topgan. “Bugungi kunda O‘zbekistonda zavq bilan tinglanayotgan, maroq bilan aytilayotgan ashula, yalla, katta ashula, doston, cholg‘u kuylari va maqomlar o‘zbek mumtoz musiqasining yetuk janrlarihisoblanadi. Xalqimiz va uning namoyondalari yaratgan ana shuma’naviy boyliklarimiz butun o‘zbek xalqi madaniy merosi, qadriyatlarining tarkibiy qismidir. Manbaalarga ko‘ra, professional(ustozona) san’at bizning hududlarimizda milodning birinchi asrlarida yuzaga kelgan va rivojlangan. Mumtoz musiqa xalq musiqa ijodi namunalari negizida va ijrochilik madaniyatining rivoji,keyinchalik Sharq mumtoz she’riyati shakllanishi asosida tashkil topgan. Musiqa — inson hissiy kechinmalari, fikrlari, tasavvur doirasini musiqiy tovush (ton, nagʻma)lar izchilligi yoki majmui vositasida aks ettiruvchi sanat turi. Uning mazmuni oʻzgaruvchan ruhiy holatlarni ifodalovchi muayyan musiqiy badiiy obrazlardan iborat. Musiqa insonning turli kayfiyatlari (mas, koʻtarinkilik, shodlik, zavqlanish, mushohadalik, gʻamginlik, xavf-qoʻrquv va boshqalar)ni oʻzida mujassamlashtiradi. Bundan tashqari, musiqa shaxsning irodaviy sifatlari (qatʼiyatlik, intiluvchanlik, oʻychanlik, vazminlik va boshqalar)ni, uning tabiati (mijozi)ni ham yorqin aks ettiradi. Musiqaning mazmuni — shaxsiy, milliy va umumbashariy badiiy qiymatlarning birligidan iborat boʻlib, bunda maʼlum xalq, jamiyat va tarixiy davrga xos ruhiy tarovat, surʼat, ijtimoiy fikr va kechinmalar umumlashgan holda ifodalanadi. Musiqa shakllari har bir davrning maʼnaviy maʼrifiy talablariga javob ber

Доказательный фрагмент

«This article provides information about the types of musical art, their emergence and formation processes.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article provides information about the types of musical art, their emergence and formation processes. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
music, work, art, melody, sound, sound, speech, folk music creation, ijod., shakl, xalq musiqa ijodi, kuy, type, creativity., genre, asar, composer's creativity, tur, tovush, musiqa, holiday, bayram, form, sado, kompozitorlik ijodi, nutq, janr, san’at
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники