Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘ZBEKISTONDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH SOHASIDA KOMPLAENS NAZORAT TIZIMINI JORIY ETISH MASALALARI
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Qodirqulov Ahmadjon Adhamovich (in-academy.uz/index.php/yo) · E-mail: Axmadjonqodirqulov@gmail.com (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2020
Аннотация
Ushbu tezisda Respublikamizda komplaens nazorat borasida amalga oshirilayotgan va mexanizmi tobor takomillashtirilayoth=gan huquqiy tizim borasida fikr yuritilgan. Kalit so‘zlar: davlat xaridlari, korrupsiya, komplaens nazorat, tizim, komplaens xizmat. Taʼkidlash joizki, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida institutsional va tashkiliy tizimning muhim unsure xorijiy tajribalar asosida sohada samarali tizim sifatida qoʼllanilib kelinayotgan muayyan xalqaro standartlarni milliy amaliyotga joriy etish hisoblanadi. Zamonaviy korrupsiyaga qarshi kurashish yangiliklaridan biri oʼzida komplaens nazorat tizimini majburiy shakllantirish hisoblanadi. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yilning 11-fevralda “Korrupsiyaga qarshi kurashish hamda jamoatchilik nazorati tizimlari takomillashtiriladi” nomli yigʼilishda belgilangan asosiy vazifalardan biri vazirlik, kompaniya va hokimliklarda ichki korrupsiyaga qarshi choralarni ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi komplaens nazorat tizimini tashkil etish vazifasi qoʼyildi. Oʼzbekistonda dastlab “Oʼzavtosanoat” АJ tizimida xalqaro yuridik firma hisoblangan “Whiteand Case LLP” bilan hamkorlikda korrupsiyaga qarshi komplaens nazorat tizimi xalqaro standartlar asosida joriy etilgan. Kompaniyada alohida shtat birliklariga ega boʼlgan toʼgʼridan- toʼgʼri boshqaruv rahbariyati nazoratida boʼlgan komplaens xizmati tashkil etildi. 2018-yil 17- yanvarida “GM Uzbekistan” АJ kuzatuv kengashi tomonidan “Komplaens boʼyicha yoʼriqnoma” (Сompliance handbook) [1] va “Odob-axloq kodeksi va komplaens” (Code of ethics and compliance) [2] kabi faoliyat yoʼnalishining yuridik asoslari tasdiqlandi. Bunda mazkur hujjatlarning qisqacha tavsifi asosida “Oʼzavtosanoat” АJ tizimida tashkil etilgan komplaens xizmat faoliyatining oʼziga xos xususiyatlariga alohida toʼxtalib o’tsak maqsadga muvofiq boʼladi. Jumladan, “Komplaens boʼyicha Yoʼriqnoma” kompaniyada ushbu xizmatni joriy etish boʼyicha standartlarni oʼz ichiga olgan, unda kompaniyaning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatini amaldagi qonunlar va ichki local hujjatlariga muvofiq tashkil etish va xodimlarning oʼrnatilgan qoidalarga asosan harakat qilishini belgilaydi. Yoʼriqnomaning sovgʼa, koʼngilochar holatlar, mehmondoʼstlik yoki sayohat deya nomli boʼlimida xodimlar oʼrtasida sovgʼa qabul qilish va taqdim etish bilan bogʼliq tartiblar belgilangan. Jumladan, kompaniya xodimlari 10 АQSh dollari (milliy valyuta ekvivalenti) nominal qiymati bilan kompaniya nomidan sovgʼalar taqdim etishlari yoki xuddi shu miqdordagi sovgʼalarni oʼz raxbarlariga yoki raxbarlarning oʼz xodimlariga taqdim etishlari yoki qabul qilishlari mumkinligi belgilangan[3]. Shuningdek, yoʼriqnomada kompaniya ichidagi har qanday qonun buzilishi holatlari va korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabardor etish (whistle blowing policy) tartibining aniq qoidalari oʼrnatilgandir. Unga muvofiq xodimlar tomonidan “Komplaens boʼyicha 79 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo yoʼriqnoma” va “Odob-ahloq kodeksi” [4] da oʼrnatilgan qoidalarga rioya etmaslik natijasida qonun buzilishi yoki korrupsiyaga olib keladigan holatlar yuz bersa, bunday vaziyatlar haqida xabardor boʼlgan xodimning komplaens xizmati xodimlariga yoki uning boshligʼiga kechiktirib boʼlmaydigan holatda xabar berish majburiyligi oʼrnatilgan. Fikrimizcha, ushbu tartibning oʼrnatilishi xodim tomonidan korrupsiya haqida xabar berish aynan birgina tarkibiy tarmoq emas, balki boshqa boʼlimga ham bu haqida maʼlumot berish imkoniyati kompaniya ichida ushbu sohada boʼlimlar oʼrtasida bir-birini tiyib turish siyosatini amalga oshirishga xizmat qiladi deyish mumkindir. Ushbu tartibning yaʼna bir jihati esa korrupsiyaga qarshi kurashish aynan bir tarkibiy tarmoqning ushbu sohada monopoliyaga aylanib qolishiga olib keluvchi omillarni oldini olishga ham eʼtibor qaratilgan. Kompaniyada komplaens xizmatni faoliyatini tashkil etuvchi keyingi hujjat “Odob-ahloq kodeksi va komplaens” boʼlib, oʼzida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar, manfaatlar toʼqnashuvi va shu kabi boshqa korrupsiya xavflarini kamaytish va yuzaga kelishini oldini olishga qaratilgan aniq koʼrsatilgan 18 ta savol va ularga qisqa tezis shaklidagi javoblarkoʼrsatilgan. Xodimlarning mazkur sohada malakalarini oshirishi davomida ushbu savollarga lozim darajadagi javoblarni berishi ularga kompaniya doirasida amal qiluvchi komplaens sertifikatsiya taqdim etilishi bilan bogʼliq qoidalar ham oʼz aksini topgandir. Mazkur savollardan, quyidagilarni misol sifatida keltirish mumkindir, masalan, men poraxoʼrlik va korrupsiyaga qarshi kurash uchun qanday harakat qilish zarur?, men kompaniyada faoliyatimni amalga oshirish davomida boshqalarga taklif qilishim mumkin boʼlgan koʼngilochar holatlar, mehmondoʼstlik yoki sayohat harajatlari sovgʼa, “korrupsiya” hisoblanadimi?, men faoliyatimda manfaatlar toʼqnashuviga duch kelishim mumkinmi yoki duch keldimmi?, men korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga guvohi boʼlsam qanday harakat qilishim lozim[5] v
Доказательный фрагмент
«Ushbu tezisda Respublikamizda komplaens nazorat borasida amalga oshirilayotgan va mexanizmi tobor takomillashtirilayoth=gan huquqiy tizim borasida fikr yuritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu tezisda Respublikamizda komplaens nazorat borasida amalga oshirilayotgan va mexanizmi tobor takomillashtirilayoth=gan huquqiy tizim borasida fikr yuritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- komplaens nazorat, davlat xaridlari, korrupsiya, tizim, komplaens xizmat.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025