Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KOGNITIV POETIKA HAQIDA NAZARIY QARASHLAR VA OLAMNING LISONIY MANZARASI TUSHUNCHASI
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · MANZARASI TUSHUNCHASI (in-academy.uz/index.php/yo) · Ibragimova Iroda Artikmashrabovna (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
This article provides detailed information on cognitive linguistics and its core concepts, including the "linguistic worldview." The origin and development of cognitive linguistics, along with the interrelation between language and human cognitive processes, are explored. The article also analyzes the concepts of individual and national linguistic worldviews, their relationships, and their expression in literary works. It explains the impact of differences in national culture and thought on language through examples. Additionally, intersections between cognitive poetics, literary studies, and linguistics are discussed. The authors highlight the importance of the cognitive approach in reflecting authors' worldviews through their individual thinking and linguistic tools. Keywords: cognitive linguistics, linguistic worldview, cognitive science, individual cognition, national cognition, cognitive poetics, language and culture, conceptualization, linguistic tools, poetic thinking. 111 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo “Kognitiv”, ya’ni bilish bilan bog‘liq atama ham mohiyatan fanlararo xususiyatga ega, chunki “kognitiv fan” atamasi E.S. Kubryakovaning so‘zlariga ko‘ra, "ma’lum miqdordagi ilmiy fanlarni birlashtirish va turli xil mutaxassislik olimlarining sa’y-harakatlarini yanada to‘g‘ri va to‘liq tushunish maqsadida birlashtirish uchun zarur bo‘lgan usul va uslublarni ishlab chiqadigan fanlararo fanni yaratish uchun “soyabon” sifatida ko‘rib chiqilishi kerak1. Kognitiv tilshunoslik tilni bilish jarayonlarining ajralmas qismi sifatida qaraydigan tilshunoslikning bir tarmog‘idir. Bu sohada til insonning tajribalari va idroki, fikrlashi asosida aqliy qobiliyatlariga ta’sir qilishiga e’tibor qaratiladi. Kognitiv lingvistikaga xos “olamning lisoniy manzarasi” tushunchasi til insonning dunyo haqidagi tushunchalarni qanday shakllantirishini tushunish uchun asos yaratadi. Kognitiv lingvistika XX asrning 70-80-yillarida Jorj Lakoff, Ronald Langaker, Leonard Talmi kabi tilshunoslarning ilmiy-nazariy qarashlari asosida vujudga keldi. Tilni rasmiy qoidalar tizimi sifatida qaraydigan an’anaviy qarashlardan farqli o‘laroq, kognitiv tilshunoslik tilning inson bilishi va konseptualizatsiyasi bilan chuqur bog‘langanligini ta’kidlaydi. Kognitiv tilshunoslik uchun xos bo‘lgan atamalardan biri “olamning lisoniy manzarasi” atamasi hisoblanadi. Ushbu ilmiy termin, L.Vaysgerber tomonidan quyidagicha ta’riflanadi: “Olamning lisoniy manzarasi – bu, barcha lisoniy imkoniyatlarning majmuasi, ma’lum bir o‘ziga xos madaniyat ruhi, til egalaridan iborat jamiyatning mentaliteti. U til imkoniyatlari va vazifalarini ko‘rsatib beradi va ayni vaqtda, tilning kelajakdagi holati haqida ilmiy bashorat beradi; olamning lisoniy manzarasi tildagi eng sodda jarayonlardan boshlab tilning o‘ziga xos xarakterida namoyon bo‘luvchi murakkab jihatlarini qamrab oladi, hech bir lingvistik jarayon undan chetda qolmaydi; olamning lisoniy manzarasi tarixiy taraqqiyot davomida o‘zgarishlarga uchraydi; olamning lisoniy manzarasi lingvistik hodisa bo‘lish bilan bir qatorda ayni vaqtda madaniy hodisa ham hisoblanadi; olamning lisoniy manzarasi bir avlod vakili tomonidan yaratiladi, ikkinchi avlod vakili tomonidan boyitiladi, avloddan avlodga meros sifatida o‘tadi; olamning lisoniy manzarasi umummadaniy hodisa, ya’ni barcha xalqlar taraqqiyotning turli bosqichlarida bu jarayonni turlicha bosib o‘tadilar2. “Olamning lisoniy manzarasi” til insonning voqelikni idrok qilishi, shuningdek, uning tilga qanday yo‘g‘rilishini bildiradi. Har bir tilda so‘zlashuvchilar o‘sha tilga xos lisoniy vositalardan foydalangan holda dunyoni idrok etadilar va tafakkurlarida aks etgan g‘oyalarni verballashtiradilar. V.Maslovaning ta’rificha, olamning lisoniy manzarasi insonning butun ma’naviy faoliyatining natijasi bo‘lgan dunyoning yaxlit, global qiyofasi, u insonning dunyo bilan barcha aloqalari va u haqidagi g‘oyalari jarayonida paydo bo‘ladi3. Ma’lumki, insonlar jamoa tarzida muloqot qilar ekan, ularning turmush tarzi, madaniyati bir-biriga uyqash, bir-biriga mutanosib bo‘ladi. Shunga muvofiq tarzda insonlarga xos tafakkur darajasi ham yaqin va o‘xshash bo‘lishi tabiiy. Bu orqali ma’lum xalqqa xos milliy tafakkur shakllanadi. Bu hodisa ingvomadaniyatshunoslik sohasida keng o‘rganib kelinmoqda. Misol uchun, o‘zbek tilida Gulni sevsang, tikoni bilan sev maqoli shakllangan. Bu maqol orqali “biror 1 Bu haqida qarang: Шарандин А. Когнитивная поэтика в системном описании поэтического языка//https://cyberleninka.ru/article/n/kognitivnaya-poetika-v-sistemnom-opisanii-poeticheskogo-yazyka 2 Bu haqida qarang: Абдуллаева Р. Оламнинг лисоний манзараси//FarDU. Ilmiy xabarlar. 2018. 5-сон. –Б.133. 3 Маслова В. Когнитивная лингвистика: учеб.пособие. 3-е изд., перерпб. И доп. -Минск: ТетраСистемс, 2008. – 272 с. 112 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo insonni yoqtirsang, uni bor qusurlari, kamchiliklari bilan, boricha qabul qil”, degan
Доказательный фрагмент
«This article provides detailed information on cognitive linguistics and its core concepts, including the "linguistic worldview." The origin and development of cognitive linguistics, along with the interrelation betwee…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article provides detailed information on cognitive linguistics and its core concepts, including the "linguistic worldview." The origin and development of cognitive linguistics, along with the interrelation betwee… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- cognitive linguistics, linguistic worldview, cognitive science, individual, milliy tafakkur, poetik tafakkur., olamning lisoniy manzarasi, kognitiv poetika, lisoniy vositalar, kognitiv fan, individual tafakkur, kognitiv tilshunoslik, konseptualizatsiya, til va madaniyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
УчебникиМ.Исаова, Р.Хасанов +32014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024