К содержанию
РецензированоUZ2026

SAHNA NUTQI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · SAHNA NUTQI (in-academy.uz/index.php/yo) · Sultonov Dostonbek (in-academy.uz/index.php/yo) · O‘zDSMI FMF (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada teatr sohasida saxnada aktyorning quroli nutq haqida, uning aktyorga beradigan yordami haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: Teatr, san’at, voqelik, L.N.Tolstoy. K.S.Stanislavskiy, tomoshabin, rejissyor, aktyor, adabiyot. Sahna nutqi - teatrda badiiy obraz yaratish, qahramon xatti-harakatlari, histuygʻularini tomoshabinga yetkazishda asosiy ifoda vositalaridan biri. Sahna nutqi texnikasi aktyorlik mahoratining muhim unsurlaridan boʻlib, unda aktyor ovozining yoqimliligi, jarangdorligi, talaffuzining toʻgʻri va anikligiga amal qilgan holda, turli davr, turli kasb kishilarining til xususiyatlarini, harakterlarning ijtimoiypsixologik, milliy, maishiy hislatlarini ifodalaydi. Sahna nutqining talaffuzi va ohangi ijro etilayotgan asarning janri va uslubiga bogʻliq. Teatr taraqqiyoti tarixida turli aktyorlik maktablari va yoʻnalishlarida Sahna nutqi uslubi va xususiyatlari qam oʻzgarib, rivojlanib kelgan. Sahna nutqi sohasida amalga oshirilgan ko‘p yillik ish tajribalari shuni ko‘rsatadiki, talabalar faqat omma oldiga so‘zga chiqqanlaridagina o‘zlarining so‘z san’atiga asosiy e’tiborlarini qaratar ekanlar. Bu, albatta, tabiiydir. Chunki so‘zga chiqqan notiq ham, ijrochi- aktyor ham, suxandon ham o‘z fikr-mulohazalari va nuqtayi nazarining haqligiga tinglovchilar auditoriyasini ishontirishga bir xilda harakat qiladilar. Faqat notiq o‘z nutqiy faoliyatida, asosan, mantiq, dalil va isbotga tayanadi. Yaxshi notiq mantiq va Fikrning izchilligi hamda ular ifodasining badiiy ta’siri vositasida tinglovchilami ta’sirlantiradi va ishontiradi. Aktyor, ijrochi esa mantiq, badiiy so‘zning estetik ta’sir kuchi va tuyg'u izchilligi bilan ishontiradi. Bu esa, o‘z navbatida, talabalarga badiiy so‘z va notiqlikni o‘rganishda san’atning ana shu turlaridan har birining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash bilan bir qatorda, ulardagi umumiylikni ham ta’kidlab, jonli badiiy so‘z san’ati asoslarini egallashning ustuvor tamoyillari va yo‘l- yo‘riqlarini chuqur egallashga harakat qilishni taqozo etadi. «Ilm bilan san’at bir-biri bilan yurak va o‘pka kabi uzviy bog‘langanki, agar ulardan biri buzilgan bo‘lsa, ikkinchisi ham ishlamaydi», deb yozgan edi. L.N.Tolstoy. K.S.Stanislavskiy tizimining sahna nutqini o‘qitish metodikasi ham, buyuk yozuvchi obrazli qilib aytganidek, ilm bilan san’atning o‘zaro uzviy bog‘liqligiga asoslanadi. Masalan, rejissyor, aktyor va so‘z ustasi tovush va nutq vositalari tizimining tuzihshi va ishlatilishini o‘rganuvchi anatomiya, fiziologiya kabi fanlar; nutqning yaratilish psixofiziologiyasi, lisoniy-nutqiy kamchiliklarini tuzatish bo‘yicha ishlash tizimi, ohangdorlik, mantiq, sheva va adabiy talaffuz qoidalari, orfoepiya, imo-ishoraviy ta’sir vositalarini o‘rganishi, notiqliksohasi bilan bog‘Iiq maxsus fanlami yaxshi bilishi, o‘qitish metodikasini qayta ishlashi va nutq o‘stirishga qaratilgan fanlarning uslublarini mukammal o‘zlashtirishi uchun poydevor yaratadi. Ommaviy bayram va tadbirlar rejissurasida sahna nutqi ommaviy bayram va tadbirlar rejissurasi sahnabop faoliyatning alohida san’at turidir. Ommaviy tadbir va bayramlar rejissorlari o‘zlarining badiiy konsepsiyalarini to‘la ochib berishlari uchun bu san’at turining barcha ifodali vositalari va tabiiy ta’sir kuchini teran tushunmoqlari, she’riyat, musiqa, 65 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo dramatik asarlar, ijtimoiy-siyosiy mavzudagi matnlar (publitsistika), hujjatli materiallar, so‘zsiz, ya’ni imo-ishora bilan ko‘rsatilgan etudlar (masalan, pantomima), raqslar hamda nur texnikasi ta’sirini o‘ziga bo‘ysundira olishlari lozim. Ommaviy bayramlarda ifodalilik san’atining tarkibiy qismi hisoblanmish so‘z ohangi yetakchi o‘rinni egallaydi. Asosan so‘z ohangi orqali san’atning g‘oyaviy-amaliy vazifasi amalga oshiriladi. Ommaviy bayramlarning o‘ziga xos xususiyatlari rejissyorlar oldiga so‘z ohangi ta’siri asoslarini puxta egallashdek muhim masalani qo‘yadi. Tomoshabinlar oldida so‘zga chiquvchilarning murojat shakli xoh bevosita obraz orqali, xoh ishtirok etuvchi personaj yoki epizod nutqi orqali, xoh o‘z nomidan turli xil adabiy janrlarga mansub asarlar (she’r, nasr, masal, ijtimoiy-siyosiy materiallar, folklor, qo‘shiq materiallari va boshqalar) orqali bo‘lsin ishlatish badiiy so‘z san’atida so‘z ustasi oldiga nutqiy ohangdorlikka erishish ko‘nikmalarini chuqur egallash masalasini qo‘yadi. Badiiy-nazmiy matnlardan keng foydalanish ma’lum she’riy shaklning hayotiy voqelik bilan uzviyligini saqlash (uni buzmay va she’mi ifodali o‘qiy olish), har xil she’riy vazn o‘lchamini yaxshi bilish va bir she’rdan ikkinchisiga o‘tish usullaridan mohirona foydalanish, she’r ijrosida o‘zgarayotgan usulni his qilish orqali she’riy ohangning ta’sir ko‘nikmasini egallashni taqozo etadi. So‘zni harakat bilan uyg‘unlashtirish ommaviy bayramlar ko‘rinishlarida ijrochidan ta’sirchan, o‘ychan va harakatlanuvchan obraz yaratishni talab etadi. Bularing hammasi nutqiy eshitish qobiliyatini mohirona egallash, har tomonlama e’tiborni tarbi

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada teatr sohasida saxnada aktyorning quroli nutq haqida, uning aktyorga beradigan yordami haqida so‘z boradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada teatr sohasida saxnada aktyorning quroli nutq haqida, uning aktyorga beradigan yordami haqida so‘z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
L.N.Tolstoy. K.S.Stanislavskiy, tomoshabin, rejissyor, voqelik, Teatr, adabiyot., san’at, aktyor
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники