К содержанию
РецензированоUZ2021

BOSHLANG’ICH SINFLARDA KESIMIDA SIFATNI MAZMUNLI O’QITISH

Ro’ziboyeva Nigora Nurmuhammadovna

Молодые ученые · 2021

Аннотация

Ushbu maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilariga sifat mavzusini o’qitish va uning tushunarli bo’lishi, o’quvchilar ongida sifat haqidagi tasavvur va ilmiy tushunchalarni rivojlantirish bo’yicha so’z boradi. Mavzuni yoritish va asoslash jarayonida turli metodlar, ta’limiy mashqlar va ilmiy manbalar foydalanilgan. Kalit so’zlar: Boshlang’ich sinf, sifat, ot, PIRLS, leksik-grammatik ma’nolar, integratsiya, kreativlik, dam olish mashqlari, ilmiy-amaliy, interfaol metodlar. Biz yashab turgan hozirgi zamon kata tezlikda rivojlanib bormoqda. Buning bosh omili esa insoniyatning o’zidir. Shunday ekan o’sib kelyotgan yosh avlod ongi ham ko’pchiligimiz o’ylayotgandan ko’ra tez taraqqiy etishga tayyor. Ularga o’rgatilishi kerak bo’lgan har qanday mavzu o’z vaqtida mutahassis tomonidan o’rgatilmasa, bola yoki o’quvchi uni o’zi atrofdagilardan ko’rgani, eshitgani darajasida xato va kamchiliklar asosida o’zlashtirib qo’yishi mumkin. Shuning uchun ilmiy salohiyati va malakasi baland pedagog har bir inson uchun muhim. PIRLS 2021 tadqiqotida Oʻzbekiston oʻquvchilari ham ishtirok etib 57 mamlakatlar orasida 49-oʻrinni egalladi. Birinchi oʻrin esa, Osiyoning yana bir mamlakati Singapur, ikkinchi oʻrin Irlandiya, uchinchi oʻrin Gonkong mamlakati yuqori oʻrinlarni egallagan.[1] Buni aytishimizdan maqsad shuki, Oʻzbekistonning ilm yoʻlidagi yoshlari ham asta-sekin xalqaro maydonga chiqib bormoqda. Nega tez demadik?! Mustahkam va kuchli natijalarga tez va oson erishib boʻlmaydi. Qattiq mehnat, tartibli vaqt va kuchli iroda talab etadi. Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, PIRLS - bolangʻich talim oʻquvchilarining matnni oʻqib tushunish sifat darajasini xalqao baholash tizimidir. Ushbu baholash jarayonida matnni oʻqiganda ong tomonlama tushunib, uni toʻgʻri talaffuz va toʻliq mazmunda yetkazib berish uchun boshlangʻich taʼlimda dars olyotgan oʻquvchilar, albatta, ot, sifat, son, feʼl, kishilik olmoshlari mavzulari fundamental tartibda oʻzlashtirishlari shart. Tadqiqotlar metodologiyasi. Termiz davlat universiteti katta oʻqituvchisi Toʻraqulov Erkin Toʻychiyevich va magistrant Boboqulova Nigoralarning 47 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference “Oʻquvchilarning ijodkorlik qobiliyatlarini shakllantirish” maqolasidagi ko’ra, oʻquvchilarning ijodkorlik qobiliyatlarini shakllantirishda ular egallashi lozim boʻlgan bilim, malaka, koʻnikmalarga quyidagi talablar qoʻyiladi: -dastur materiallarni qay darajada oʻzlashtirganligi; -tanlagan mavzu boʻyicha topshiriqlarni mustaqil bajara olishi; - oʻz qobiliyatini namoyon etishi va uni rivojlantira olishi.[2] Mazkur talablar oʻqituvchiga oʻquvchilarning oʻqishga boʻlgan qiziqishlari, ularning oʻquvbiluv faoliyati, individual moyilliklarini bilish imkoniyati paydo boʻladi va bu borada oʻquv jarayoni tuzilmasini belgilab olishga yordam beradi. Avvalo, o’quvchiga shuni uqtirish kerakki, uni o’rab turgan tabiatni, borliqni va u yashayotgan hayotdagi barcha shaxs va narsa, joylarni nomlab chaqirishi zarur. Endi o’shalarni o’zgalarga aytib berish va yetkazib berish jarayonida o’z nutqida tasvirlash va izohlash kabi jarayonlardan foydalanadi. Ona tili fani yuqorida aytilganlarning barini imkon qadar aniq va ilmiy asoslash orqali tushuntirib beradi. Fanga qiziqish asosida qaragan har qanday o’quvchi va hattoki hali o’quvchi bo’lmagan bolalar ham ona tili fanini o’z do’sti sifatida ko’radi. O‘quvchilar qanday? qanaqa? so‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlarni o‘zlashtirishlari uchun quyidagi mashqlardan foydalaniladi: 1. So‘roq yordamida predmetning belgisini bildirgan so‘zlani tanlash; 2. Aralash berilgan so‘zlardan gap tuzish; 3. Matndan “Qanday?’’ yoki “Qanaqa?” so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zni tanlab aytish va yozish; 4. Tayanch so‘zlar va rasm asosida gap va hikoyacha tuzish. [3] Tahlil va natijalar. O’quvchilarga sifat mavzusini o’rgatish va ular bu mavzuni a’lo darajada o’zlashtirib olishlari oson bo’lishi uchun ot mavzusi yaxshi tushuntirilgan va tushunilgan bo’lishi kerak. Sifatning leksik ma’nosi uni ot bilan bog‘liq holda o‘rganishni talab etadi. Sifatni tushunish uchun 1-sinfdayoq bolalar e’tibori sifatning otga bog‘lanishini aniqlashga qaratiladi. O‘quvchilar predmetning belgisini aytadilar, ularda so‘roq yordamida gapda so‘zlarning bog‘lanishini aniqlash ko‘nikmasi o‘stiriladi, ya’ni ular gapdagi sifat va otdan tuzilgan so‘z birikmasini ajratadilar (termin aytilmaydi). Keyingi sinflarda bu bog‘liqlik aniqlashtiriladi. Boshlang‘ich sinflarda “Sifat” mavzusi quyidagi izchillikda o‘rganiladi (Kattaroq shaklda o‘rganilganda): 1. Sifat bilan dastlabki tanishtirish va qanday? , qanaqa? So’roqlari asosida topib olishimiz haqida tushuncha berish. (1-2-sinf). 48 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference 2. Shu grammatik mavzu bilan bog‘liq holda ayrim sifatlarning yozilishini , yasalishi, sifat darajalari, ma’no turlari yo’g’risida o’rganish (3-4-sinf). [4] Nafaqat sifat mavzusini oʻqitishda, balki har qanday mavzuni oʻqitish jarayonini

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilariga sifat mavzusini o’qitish va uning tushunarli bo’lishi, o’quvchilar ongida sifat haqidagi tasavvur va ilmiy tushunchalarni rivojlantirish bo’yicha so’z boradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilariga sifat mavzusini o’qitish va uning tushunarli bo’lishi, o’quvchilar ongida sifat haqidagi tasavvur va ilmiy tushunchalarni rivojlantirish bo’yicha so’z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ilmiy-amaliy, PIRLS, dam olish mashqlari, kreativlik, interfaol metodlar., Boshlang’ich sinf, ot, sifat, integratsiya, leksik-grammatik ma’nolar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники