ЖУРНАЛ АГРО ПРОЦЕССИНГSagit Kurbanbaev, Zakir Turlibaev2022
Let's protect cattle from Tayloriosis
Rasulov O‘.I. · Ilyosov Z.I. · Buronov A.N.-
Перспективы развития ветеринарной науки и её роль в обеспечении пищевой безопасности · 2026
Аннотация
Qoramollarning qon-parazitar kasalliklari respublika hududlarida keng tarqalganligi va katta iqtisodiy zarar yetkazishi aniqlandi. Adabiyot ma’lumotlari tahlil qilindi. Davolash va profilaktika qilish uchun zamonaviy vositalar va usullar tavsiya etildi. Kalit so‘zlar. Qoramol, teylerioz, kasallikning kechishi, vaksina, kana, profilaktika, tirik vazni. Annotation. It was found that blood-parasitic diseases of cattle are widespread in the regions of the republic and cause great economic damage. Literature data were analyzed. Modern tools and methods for treatment and prevention were recommended. Keywords. Cattle, tayloriosis, course of the disease, vaccine, mite, prophylaxis, live weight. Mavzuning dolzarbligi. Respublikamiz aholisini chorva maxsulotlari bilan muntazam va yetarli miqdorda ta’minlash birgina chorvadorlarning emas, balki veterinariya fani va amaliyotida tinmay mehnat qilib kelayotgan xodimlarning ham dolzarb vazifa bo‘lib hisoblanadi. Mana shunday muhim muammoni amalga oshirishda qoramollarning qon- parazitar kasalliklaridan eng xavfli va katta talofat beradigani bu teylerioz kassalligi hisoblanadi. Tadqiqot maqsadi. Qoramollarning teyleriozi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni va adabiyot manbaalarini tahlil qilish. O‘zbekistonda qoramollarning teylerioz kasalligini qo‘zg‘atuvuchisi Theileriidae oilasiga mansub Theileria annulata Dschunkowsky et Luhs (1904) hisoblanadi. Teyleriyalar limfa tugunlarning retikuloendotelial xujayralarida, taloq, 129 jigar va boshqa organlarda, qonning limfotsit va eritrotsitlarida rivojlanadi. Qo‘zg‘atuvchilarni tarqatuvchi Hyalomma detritum va H. anatolicum kanalar 2-5 kundayoq mol tanasida qon so‘rish bilan bir vaqtda o‘z so‘lak bezlarida mavjud 2-3 mkm kattalikda bo‘lgan sporozoitlarni molning terisi ichiga yuboradi. Teri qatlamiga kirgan sporozoitlar limfa va qon oqimi bilan avvalo limfa tugunlariga keyin esa parenximatoz organlarga kirib shizogoniya bosqichini o‘tadi. Kasal mollarning qonida (Eritrotsitlarda) mikromerozoitlar yumaloq, oval, noksimon, nuqtasimon shakllardagi ko‘rinishlarda bo‘ladi. Kasallikning kechishi va klinik belgilari. Teyleriozni Hyalomma avlodiga mansub ikki egalik detritum va uch egalik anatolicum deb nomlanuvchi kanalar tarqatadi. Ular hayvonlarning qonini so‘rish bilan bir vaqtda o‘z so‘lak bezlaridagi kasallik qo‘zg‘atuvchi parazitlarni hayvon tanasiga yuboradi. Kasallikning birinchi belgisi molni kana chaqqanidan 17-21 kun o‘tgach kurak oldi, son va yelin usti limfa tugunlari kattalashadi, tana harorati 40,6-41,2 0C gacha ko‘tariladi. Patologoanatomik o‘zgarishlar. Bu kasalliklar bilan kasallanib, o‘lgan yoki majburiy so‘yilgan hayvonlar yorib ko‘rilganda yurak, jigar, buyrak, taloqda qon quyilishlar yuz beradi. Jigar va taloq 2-3 marta kattalashganligi va yumshab qolganligi kuzatiladi. Ko‘krak bo‘shlig‘ida 0,5 litrgacha zardobsimon suyuqlik to‘planganligi kuzatiladi. Shirdonda qon quyilishlar va yaralar mavjud. Qatqorin quruq, qattiq ozuqa, o‘t pufagi esa quyuq o‘t suyuqligi bilan to‘la bo‘ladi. Davolash. Teylerioz bilan kasallangan qoramollarni davolash ishlarini olib borishdan oldin ularni salqin va osoyishta joyga o‘tkazish kerak. Ularning ratsioniga yengil hazm bo‘ladigan barra o‘t, maydalangan lavlagi, yangi sog‘ilgan sut, omuxta yemdan tayyorlangan atala kiritilishi lozim. Kasallikni davolashda maxsus preparatlarni qo‘llagan holda quyidagi sxemalarni biridan foydalanish tavsiya qilinadi. 1. Davolashning 1-3 kunlari molning har 1 kg tirik vazni hisobiga ertalab 4 mg/kg miqdorida uzbikarb (Uzbikarbning 4 % lik suvdagi eritmasidan molning har 100 kg tirik vazniga 10,0 ml dan) teri ostiga va 5-6 kun davomida kechki payt molning har 100 kg tirik vazni hisobiga 6 tabletkadan (1,5 gr) delagil qo‘llash tavsiya etiladi. 2. Davolashning 1-2 kunlari ertalab 2 mg/kg miqdorida diamidin va shundan 3-4 soat o‘tgach 3-4 kun davomida kuniga 1 martadan qoramolning 100 kg tirik vazni hisobiga sulfantrolning 3 % lik eritmasidan 100 mldan vena qon tomiriga qo‘llaniladi. Agarda shu 3 % lik eritma 33 % lik spirtda tayyorlanib qo‘llanilsa davolash natijasi yana ham samaraliroq bo‘ladi. 3. Davolashning birinchi kuni qoramolning har 1 kg tirik vazni hisobiga teyleriozga qarshi giperimmun qon zardobidan 1,0 ml dan teri ostiga qo‘llaniladi, ikkinchi kuni esa molning har 100 kg tirik vazni hisobiga 5,0 ml dan etdin (Etoni + diamidin) preparati teri ostiga qo‘llanilsa, samaradorlik yuqori darajada bo‘ladi. 4. Saudiya Arabistonida ishlab chiqilgan Butachem va Theilex preparatlarini kasallangan qoramolning 100 kg tirik vazni hisobigaa 5,0 ml dan 48 soat oralig‘ida 2 marta qo‘llashdan olingan samaradorlik yuqori darajada bo‘lishi kuzatiladi. Simptomatik preparatlardan kofein-benzoat natriyning 20 % lik eritmasidan qoramolning teri ostiga 15-20 ml, asessol, dissol, trissol preparatlarini biridan 300-500 ml va glyukozaning 5 % lik eritmasidan 300-400 ml miqdorida vena qon 130 tomiriga, gemopoezni kuchaytiruvchi ferropirin yoki ferroglyukin-75 preparatlarini biridan m
Доказательный фрагмент
«Qoramollarning qon-parazitar kasalliklari respublika hududlarida keng tarqalganligi va katta iqtisodiy zarar yetkazishi aniqlandi.»
Образец извлечения
Демо-превьюQoramollarning qon-parazitar kasalliklari respublika hududlarida keng tarqalganligi va katta iqtisodiy zarar yetkazishi aniqlandi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Cattle, tayloriosis, course of the disease, vaccine, mite, prophylaxis, vaksina, teylerioz, live weight, Qoramol, profilaktika, tirik vazni, kana, kasallikning kechishi
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026