К содержанию
РецензированоUZ1937

TA’LIM MOTIVATSIYA MUAMMOSINING ZAMONAVIY YONDASHUVLARDA O‘RGANILISHI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Urazbayeva Yulduz Abdullayevna (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 1937

Аннотация

Ushbu maqolada motiv va motivatsiya muammosining xorij olimlari tomonidan o‘rganilishi, motivatsiyaning shaxs rivojlanishida va faoliyatida muhim o‘rin egallashi xususidagi dalillangan fikrlar keltirib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: Motiv, motivatsiya, ta’lim, faoliyat, shaxs, ehtiyoj. Kirish. Bugungi kunda shiddat bilan o’zgarib borayotgan hayot oldimizga qo’yayotgan bir-biridan murakkab va muhim masalalarni hal qilish haqida o’ylar ekanmiz, uning yechimini aynan ta’lim va tarbiya bilan yoshlarni shakllantirishimiz kerak ekanligiga amin bo’lamiz. Yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalash bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biri bo’lib hisoblanadi. Hozirgi kunda bu kabi muammolarning yechilishi barchamizni harakat qilishga undaydi [1]. Ta’lim-tarbiya jarayonida o’quv motivatsiyasining ahamiyati butun dunyo olimlari tomonidan tan olingan va har tomonlama o’rganilgan. O’quv samaradorligini oshirishda o’quv motivatsiyasining rolini chet el olimlari o’z tadqiqotlarida tadqiq qildilar. SHu nuqtai nazardan turib, qo’zg’atuvchilardan tashqarida sodir bo’ladigan xatti-harakatlarni tushuntirish bo’yicha ko’plab modellar ishlab chiqilgan bo’lib, ularni ko’rib chiqish ichki motivatsiyaning mexanizmlarini tahlil qilishda qo’l keladi. SHunday modellardan birini G.Ollport (1937, 1955, 1961) taklif qiladi. G.Ollport ichki motivatsiya bilan bog’liq bo’lgan uchta motivatsion tushunchalarni tahlil qiladi: funksional avtonomiya, yyetarli darajadagi harakat va «Men»ning jalb qilinganligi. U funksional avtonomiya tamoyilini faoliyat dastavval boshqa sabab bo’yicha paydo bo’lishi mumkin bo’lgan holda, o’zi uchun maqsadga aylanishi holatini tushuntirish uchun kiritadi. Masalan, qishloq hayotini o’rganish uchun borgan shaharlik jurnalist qishloqni o’rganish jarayonida qishloqda yashab qoladi. Bunda «qishloq hayotini o’rganish» motivi funksional mustaqillikka ega bo’lgani sababli ham «qishloqda yashash» motiviga aylanayapti. G.Ollportning fikricha, tashqi tomondan «qishloqda yashash» motivi qiziqish - qo’zg’atish emotsiyasiga o’xshab ketsa-da, aslida, u ichki motivatsion tuzilmadir. Yetarli darajadagi harakat tushunchasi haqida G.Ollport o’zining fikrlarini quyidagicha izohlaydi: «Yetarli darajadagi harakatlar bilan motivlashgan faollik muvozanatga qarama - qarshi turadi». O’z fikrini G.Ollport buyuk tadqiqotchi sayyoh Amundsenning hayoti bilan tushuntiradi. Uni Janubiy qutbga borish istagi boshqargan edi. Keyinchalik G.Ollport «harakatlar» so’zining o’rniga «qiziqish» so’zini ishlatadi. «Qiziqish» - motivatsiyaning o’ta teran darajalarida qatnashadi deb yozadi [2], [3]. Ichki motivatsiyani o’rganish bo’yicha amalga oshirilgan tadqiqotlardan D.Berlaynning ishlari diqqatga sazovordir (1960,1967). D.Berlayn o’zining qiziqishlar nazariyasini ishlab chiqdi va kengaytirdi. Bu nazariya yordamida motivatsiyaning nisbatan aniq manbalari mavjud bo’lmagan holda, perseptiv va intellektual faollik amalga oshirilganda, stimullarning tanlanishi mexanizmi bilan tushuntiriladi (1960). D.Berlaynning fikricha, yangilik markaziy tushuncha bo’lib qoladi. Biroq u yana qo’shimcha uchta o’zgaruvchan omilni kiritdi: o’zgarish, 4 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo hayrat va nomutanosiblik. Xuddi shundan kelib chiqqan holda, D.Berlayn aktivatsiya reaksiyalarining tiplari haqidagi fikrlarini ilgari suradi. Uch xil tiplar farqlanadi: mustaqil (avtonom), elektrokortikal va xatti - harakatli tiplari. Ular funksional va anatomik jihatdan bir-biridan farqlanadi. D.Berlaynning ta’kidlashicha, ochlik va og’riq singari maxsus qo’zg’atuvchilar hamda qo’rquv va g’azab singari maxsus emotsiyalar faollikning ma’lum ko’rsatkichlariga qaysidir darajada bir xil ta’sir ko’rsatadi. «Biroq kutish mumkinki, ularning har biri faollik reaksiyalari kompleksida xarakterli o’zgarishlarni keltirib chiqaradi. Faollik reaksiyalarining ba’zi komponentlarini kuchaytirib, ba’zilarini esa kuchsizlantirib turadi» [4]. D.Berlayn reaksiyalarning uch xil tip determinantlari haqida yozadi. Birinchidan, qo’zg’atuvchi stimullarning miqdor va sifatiga to’g’ridan-to’g’ri bog’liq bo’lgan psixofizik o’zgarishlar. Ikkinchidan, yashashning maxsus shartsharoitlari bilan bog’liq bo’lgan «ekologik o’zgarishlar». Uchinchidan esa, stimullarning tanlanishiga, qiziquvchanlikka va tadqiqiy xatti- harakatlarga (yangilik, o’zgarish, murakkablik, nomutanosiblik, noaniqlik va ziddiyat) ta’sir qiluvchi qiyosiy o’zgarishlar. D.Berlaynning ta’kidlashicha, motivatsiya va mustahkamlashning barcha turlari neyrofiziologik qo’zg’alishning ma’lum tipi orqali ta’sir qiladi, deyish ham mumkin. Motivlashgan holat orqali ta’sir qiladi. Boshqacha aytganda, motivlashgan holat faollik reaksiyalarining ko’tarilish yoki tushish natijasi sifatida ham yuzaga chiqishi mumkin. Biroq qiziquvchanlik va tadqiqiy bilish faolligi faqatgina stimulyatsiyaning oshishi funksiyasi sifatida ko’zga tashlanadi. D. Berlaynning motivatsiyaning mexanizmi haqidagi fikrlarida ba’zi e’tirozli qirralar bo’lsa-da, qimmatlid

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada motiv va motivatsiya muammosining xorij olimlari tomonidan o‘rganilishi, motivatsiyaning shaxs rivojlanishida va faoliyatida muhim o‘rin egallashi xususidagi dalillangan fikrlar keltirib o‘tilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada motiv va motivatsiya muammosining xorij olimlari tomonidan o‘rganilishi, motivatsiyaning shaxs rivojlanishida va faoliyatida muhim o‘rin egallashi xususidagi dalillangan fikrlar keltirib o‘tilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ehtiyoj., ta’lim, shaxs, motivatsiya, Motiv, faoliyat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники