Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
THE THIRD RENAISSANCE AND THE ROLE OF THE SOCIO-POLITICAL POSITION OF BUKHARA JADIDS IN IT
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Rizаyеv Nоdir Sоbirоvich (in-academy.uz/index.php/yo) · Rizаyеv Nоdir Sоbirоvich (in-academy.uz/index.php/yo) · Bukhаrа Stаtе Univеrsity (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 203-212 · 2026
Аннотация
In this article, the socio-political and philosophical views of Mirzo Siroj Hakim Bukhari, one of the representatives of Bukhara Jadidism school, are studied. The young enlightener analyzes the socio-political situations of that time in the Bukhara Emirate and presents his proposals through his experience and views. Key words: Mirza Siroj, Jadid, social justice, modern education, intelligence, science, craft. Jadidlar harakati Turkistondada milliy o‘zlikni anglash va zamonaviy qarashlarga ega bo’lish uchun muhim ahamiayt kasb etdi. Ma’rifatparvarlar o‘zbek xalqining tarixiy, madaniy va adabiy merosini qayta tiklashga intildilar, bu esa milliy identifikatsiyani rivojlantirishga yordam berdi. Jadidlar yangi g‘oyalar orqali zamonaviy fikrlar va ilm-fanni xalq orasida tarqatdilar. Ular yangilanish, ijtimoiy o‘zgarishlar va innovatsion g‘oyalar bilan xalqni tanishtirishni maqsad qildilar. An'anaviy ta'lim tizimini tanqid qilib, zamonaviy ta'lim usullarini joriy etishga harakat qildilar va yangi maktablar ochish bilan ta'limni sifat jihatidan yaxshilashga intildilar. Jadidlar harakati ijtimoiy adolat, ayollarning huquqlari va erkinlik g‘oyalarini tarqatishda ham katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Ana shunday jadidlardan biri buxorolik savdogar, tabib, sayyoh Mirzo Sirojiddin Hakim Buxoriydir. Mirzo Sirojiddin 1877-yil 23-oktabrda Ismoilxo‘ja otaliq mahallasida (hozirgi Mehtar Anbar ko‘chasi) Hoji Abdurauf Mirzoxurdboy savdogar oilasida dunyoga kelgan. Bir necha tillarda gapira oladigan va diniy-dunyoviy bilimlarni egallagan Mirzo Sirojiddin o’z qarashlarini sayohatlari davomida ko’rgan bilganlari orqali bayon qilib bordi. Mirzo Sirojiddin sayohatga chiqishiga asosiy sabab deb “…dunyoning obodligini, xarobalarini ko‘rib, ilm va sanʼat taraqqiyotidan xabardor bo‘lish, sayohatlari to‘gʻrisida, butun tajriba va maʼlumotlarini o‘z diniy va vatandosh birodarlariga taqdim qilib, xalqni safar foydalaridan xabardor qilish”dan iborat bo‘lgan.[1] Mirzo Sirojiddin sayohatlari davomida Yevropa va Sharqning ko’plab shaharlarida bo‘lib, sanoat korxonalari, universitet, muzey, kutubxona va kasalxonalar faoliyati bilan yaqindan 29 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo tanishgan. Bu yerlardagi taraqqiyotning asosiy sababi ozodlik va ilm-fan rivojida ekanligini anglagan Mirzo Sirojiddin sayohatlari asosida yozgan memuar asari “Tuhfayi ahli Buxoro” (Buxoro xalqiga sovgʻa)da Buxoroning Yevropa va Osiyoning bir qator davlatlaridan orqada qolishiga haqida: “… Butun yer yuzini ular (Ovro‘po mustamlakachilari ) o‘z tasarruflariga olganlar. Biz ularning qo‘l ostilariga qolganmiz. Biz iflos ko‘cha va bozorlarda yashab kasb qilishimiz va quyosh issiqligida ziroat bilan shugʻullanishimiz kerak va qo‘lga kiritilgan boyligimizni ularning sanʼatlari evaziga berib, o‘zimizni gadoy qilishimiz kerak… Bolalarimiz libosidan boshlab to o‘liklarimizning kafanigacha Ovro‘podan keladi… Endi biz muhtoj bo‘lmay, kim bo‘lsin. Ular biz – osiyoliklarning boyliklarini olib ketar ekanlar, boy bo‘lmay, kim boy bo‘lsin? Axir biz ham ularday odammiz. Biz ham yaxshi uylarda yashashni orzu qilamiz”, — deb yozadi.[2] Mirzo Siroj ko’plab sayohatlari davomida erishilgan yutuqlarni Buxoroni o’sha davrdagi ahvoli bilan solishtiradi va ko’p jabhalarda orqada qolayotganligini ta’kidlaydi. Lekin Mirzo Siroj Buxoroning kelajagiga ishonadi va taraqqiyot asosini ilm, hunar va tarbiyaga bogʻlaydi. Taraqqiyotga erishish uchun maorif sohasini rivojlantirish va isloh qilish kerakligini taʼkidlab: “Biz, Osiyo xalqi, ovro‘poliklardan taraqqiyot jihatidan orqada qolgan bo‘lsak ham, hali vaqt bor, qo‘limizdan chiqib ketgan ilm va sarvatni qayta qo‘lga olishga, bugungi faqirlikdan qutulishga imkoniyatimiz bor, taraqqiyot va obodonchilikni yo‘lini to‘sadigan biror narsa ko‘rinmaydi va hech kim bizning yuzimizga ilm va hunar eshiklarini yopgani yo‘q. Bizning taraqqiyotimiz ilmga bogʻliqdir. Biz maktab va madrasalarimizdagi taʼlim va tarbiyani isloh qilishimiz kerak”, — deb o‘z fikr-mulohazalarini taqdim etadi. Mirzo Sirojiddin o‘zining “Buxoroyi sharif” gazetasida chop qilingan “Bir oz faoliyat lozim” nomli maqolasini: “Baʼzida ko‘zimizni ochib o‘tgan zamonlarga nazar tashlasak, biz ilm va oliy fanlardan ilgʻor millat edik va bir necha millatlarning harakatga kelishiga hissa qo‘shganmiz”, jumlalari bilan boshlaydi. Jahon ilm-fani rivojiga hissa qo‘shgan mutafakkirlarimiz Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino, imom Al-Buxoriy, shoir Rudakiylarni tilga olib, ularni o‘z asrining yagonasi va durdonasi, deb ataydi. Buxoroning hozirgi ahvolidan afsuslanib: “Bas, hozirgacha bizga nima bo‘libdiki va nima monelik qilmoqdaki, bizning ko‘zlarimiz hozirgi ilm fanni ko‘rish u yoqda tursin avvalgi ilm fandan ham yopiq qolmoqda”, deydi. Mirzo Siroj boshqa ma’rifatparvarlar singari Buxoroda ilm fan, sog’liqni saqlash va ko’plab ijtimoiy sohalarni rivojlantirishni o’z qarashlarida bayon etadi. Mirzo Sirojiddin shuningdek ijtimoiy- siyosiy qarashlari bilan birgalikda o’zining falsafi
Доказательный фрагмент
«In this article, the socio-political and philosophical views of Mirzo Siroj Hakim Bukhari, one of the representatives of Bukhara Jadidism school, are studied.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, the socio-political and philosophical views of Mirzo Siroj Hakim Bukhari, one of the representatives of Bukhara Jadidism school, are studied. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Mirza Siroj, Jadid, social justice, modern education, intelligence, science, craft, Buxoro, ijtimoiy-siyosiy, Third Renaissance, konstitutsiya, enlighteners., Yangi O’zbekiston, constitution, socio-political, New Uzbekistan, Uchinchi Renessans, Bukhara, ma’rifatparvarlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025