К содержанию
РецензированоUZ1995

RAQAMLI IQTISODIYOT VA UNING IQTISODIYOTDAGI AHAMIYATI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Qiyomiddinov Azizxon Shovkat o‘g‘li (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 1995

Аннотация

Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyotning yutuqlari tahlil qilingan. Butunjahon davlatlarida mavjud iqtisodiy tajribalar qayd etilgan. Raqamli iqtisodiyot natijasida O‘zbekistonda tashkil qilingan innovatsion yangiliklar haqida ma’lumotlar berilgan. Kalit so‘zlar: raqamli iqtisodiyot, xo‘jalik, axborot, texnologiya, qurilma, onlayn, elektron, internet savdo, kraudfanding. Raqamli iqtisodiyot - bu xo‘jalik faoliyatini yuritishdir. Asosan, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishdagi asosiy omil raqamlar ko‘rinshidagi ma'lumotlar bo‘lib, katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlash va shu qayta ishlash natijasini analiz qilish yordamida har xil turdagi ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, texnologiyalar, qurilmalar, saqlash, mahsulotlarni yetkazib berishda oldingi tizimdan samaraliroq yechimlar tadbiq qilishdir. Boshqacha qilib aytgancha, raqamli iqtisodiyot bu onlayn xizmatlar ko‘rsatish, elektron to‘lovlar amalga oshirish, internet savdo, kraudfanding va boshqa turdagi sohalarni raqamli kompyuter texnologiyalarini rivojlanishi bilan bog‘langan faoliyatdir. Raqamli iqtisodiyot tushunchasi nisbatan uzoq bo‘lmagan vaqtda, 1995-yili Massachusets universiteti amerikalik olimi Nikolas Negroponte tomonidan aniqlab berilgan. Olim axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini intensiv rivojlanishi ortidan eski iqtisodiyotdan yangi iqtisodiyotga o‘tishda, qanday o‘zgarishlar ro‘y berishi mumkinligini aytib o‘tgan [10]. 1995 yilda Don Tapskottning “Raqamli iqtisod: tarmoqli razvedka davridagi va'da va xavf” kitobida paydo bo‘lgan va kiritilgan. Ushbu kitobda Internet dunyo biznesini qanday o‘zgartirishi haqida so‘z boradi [9]. Raqamli iqtisodiyotga o‘tish deganda kompyuterlar va bilimlarga asoslangan holda jamiyat va iqtisodiyotning yangi turini barpo etishni tushunamiz. Raqamli iqtisodiyot quyidagilarda namoyon bo‘ladi: - yangi kadrlar va yangi ish joylari hosil bo‘lishida; - yangi korporativ madaniyat barpo etilishida; - yangi boshqaruv va nazorat usullarining yuzaga kelishida; - katta ma’lumotlar bazalari (big data) va aniqlikka erishishda; - sun’iy intellekt va intellektual boshqaruv tizimlarining hosil bo‘lishida; - ta’lim, ishlab chiqarish va boshqaruvdagi virtualizatsiya jarayonlari amalga oshishida; - blokcheyn va u orqali yurutiladigan turli-tuman jarayonlarning hayotga tadbiq qilinishida; - yangi pul-kredit tizimi va banklar faoliyatining kengayishida; - katta investitsyalar jalb qilish imkonini beradigan ICO (Initial Coin Offering) jarayonining amalga oshirilishida; - mustaqil pul birligi va kriptovalyutalarning amaliyotga kirib kelishida; - elektron tijorat va elektron biznesning rivojlanishida va boshqa juda katta imkoniyatlar yuzaga kelishidadir. Raqamli iqtisodiyot, elektron biznes hamda elektron tijorat uchun zaruriy bo‘lgan resurslar jumlasiga esa quyidagilarni kiritishimiz mumkin: 35 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo  Hisoblash-kommunikatsion infratuzilmalar  Turli xildagi raqamli texnologiyalar  Tezkor Internet tizimi  IP bloklar  Raqamli iqtisod sohasida tayyorgarlik ko‘rgan inson resurslari  Biznes modellar  Intellektual on-line ishlab chiqarish  Moliyaviy ta’minot  Kraudsorsing va kraudfunding tashkil qilish imkoniyatlari [5] Thomas Mesenbourg (2001) fikriga ko‘ra, raqamli iqtisodiyot kontseptsiyasining uchta asosiy komponentini ajratib ko‘rsatish mumkin: 1. Elektron biznes infratuzilmasi (apparat, dasturiy ta'minot, telekommunikatsiya, tarmoqlar, inson kapitali va boshqalar). 2. Elektron biznes (biznes qanday olib borilishi, tashkilot kompyuter vositachiligidagi tarmoqlar orqali amalga oshiradigan har qanday jarayon), 3. Elektron tijorat (tovarlarni o‘tkazish, masalan, kitob onlayn sotilganda). Raqamli davlatlar bugungi kunda Norvegiya, Shvetsiya va Shvetsariya hisoblanishadi. Raqamli iqtisodiyot rivojlangan 10 ta davlatlar qatoriga AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada, Daniya, Finlandiya, Singapur, Janubiy Koreya va Gonkong kiradi. Axborot texnologiyalari asrida jahonda ko‘plab tadbirkorlar o‘tgan avlodlarda mavjud bo‘lmagan yangi kompaniyalar va yangi biznes modellarini yaratish uchun raqamli iqtisodiyotni yorituvchi texnologiyalarni qo‘lladilar. Bularga misol qilib, Google, Yandex, Yahoo – axborot qidiruv tizimlari, Amazon, Alibaba, Olx – onlayn bozor, Youtube , Netflix – kontentlar, video, kinolar ko‘rish uchun onlayn platformalari, Linkedin, HH.ru – onlayn ish izlash platformalari, Uber, Yandextaxi – taksi xizmatlari, Paypal, Click Evolution, Payme, – Onlayn to‘lov tizimlari, Zoom- onlayn darslar o‘tish va video uchrashuvlarga mo‘ljallangan platforma, Zoodmall – maishiy texnika onlayn do‘koni, Trivago, Booking.com – oldindan mehmonxona va boshqa xizmatlarni band qilish, Aviasales – aviachiptalarni onlayn xarid qilish, Atto – O‘zbekistonda transport uchun to‘lov kartasi va yana ko‘plab kompaniyalardir. O‘zbekistonda ham raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda davlat miqyosida katta ahamiyat berilmoqda. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2018 yil 28 dekabrdagi 2

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyotning yutuqlari tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyotning yutuqlari tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
xo‘jalik, raqamli iqtisodiyot, qurilma, axborot, onlayn, texnologiya, elektron, kraudfanding., internet savdo
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники