Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“QANDLI DIABET” KASALLIGI VA UNING BELGILARI
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Yusupova Sevinch Baxriddin qizi (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
Maqolada “Qandli diabet” kasalligini kelib chiqishi, uning belgilari, kasallikni oldini olish, hujayralar faoliyatining buzilishi va oqibatlari,kasallikni turlari haqida ma’lumot keltirilgan. Kalit so’zlari: “Qandli diabet”, glyukoza, insulin, glyukagon, Me’da osti bezi, 1-tip diabet,2-tip diabet. Kirish: Qandli diabet (xalq orasida «saxar kasalligi» deb ham aytiladi) — tanada uglevod va suv almashinuvining buzilishi natijasida yuzaga keladigan kasallik. Me’da osti bezi funksiyasi buzilishi oqibati hisoblanadi. Me’da osti bezi insulin gormonini ishlab chiqaradi. Insulin qandni qayta ishlashda qatnashadi. Bu gormonsiz organizm qondagi glyukoza miqdorini me’yorda ushlab tura olmaydi va uning miqdori oshib ketadi. Natijada organizm ortiqcha glyukozani siydik orqali chiqarib yuborishi kuzatiladi. Kasallikni turlash muhim hisoblanadi, chunki bu kasallikning turlari boshlang‘ich davrda bir-biridan tubdan farq qiladi va davolash ham shunga qarab belgilanadi. Kasallik qancha uzoq davom etaversa, uni davolash usullari bir-birga o‘xshab ketaveradi. 1-TIP DIABET Shuningdek insulinga bog‘liq diabet deyiladi. Ko‘pincha yoshlar, 40 yoshgacha bo‘lgan, ozg‘in odamlar aziyat chekadi. Kasallik og‘ir kechadi, davolash uchun insulin beriladi. Sababi: organizm me’da osti bezi hujayralarini yo‘q qiluvchi antitana ishlab chiqaradi. Diabetni 1-turidan butunlay davolanib bo‘lmaydi, lekin ba’zi hollarda bez faoliyatini me’yorda ushlab turib, parhezga amal qilinsa, kasallik bemorni ortiqcha bezovta qilmaydi. Doimiy ravishda sun’iy insulin qabul qilish talab etiladi. Insulin oshqozon-ichak traktida parchalanib ketishi bois, u faqat ineksiya orqali ovqatlanish vaqtida kiritiladi. Qat’iy parhezga amal qilib, ovqat ratsionidan yengil hazm bo‘luvchi uglevodlarni (shakar, shirinliklar, mevali sharbatlar) butunlay chiqarib tashlash ko‘rsatiladi. 2-TIP DIABET Bu insulinga bog‘liq bo‘lmagan diabet deyiladi. Ko‘pincha yoshi kattalar, to‘laroq, 40 yoshdan o‘tganlar aziyat chekadi.Sababi: hujayralarning oziq ko‘pligidan insulinga ta’sirchanligining yo‘qolishidir. Kasallikni davolashda har doim ham insulin kerak bo‘lavermaydi. Faqatgina malakali shifokor davolash tartibini belgilay oladi.Avvalo bunday bemorlarga parhez buyuriladi. Shifokor tavsiyasiga amal qilish muhim ahamiyatga ega. Tana vaznini me’yorga kelguncha asta-sekin, oyiga 2-3kg tushirib borish tavsiya etiladi. Parhezga amal qilmaganda qonda shakar miqdorini tushiruvchi dorilar, eng og‘ir hollarda insulin buyuriladi. Insulinning ahamiyati – Qandli diabet insulin yetishmovchiligi tufayli yuzaga keladi. Oqsil, uglevod va yog` almashinuvidagi buzilishlar bu kasallikka xosdir. Uglevodlar almashinuvida ishtirok etadigan insulin jigarda glikogenning parchalanishi, sintezi va ishlatilishini ta’minlaydi, shuningdek, uglevod birikmalarining parchalanishini oldini oladi. Oqsil almashinuvi jarayonida insulin oqsil va nuklein kislotalarni sintez qila boshlaydi, birinchisining parchalanishiga yo’l qo’ymaydi. Insulinning yog ‘almashinuviga ta’siri shundaki, u glyukozaning gepatositlarga kirish tezligini oshiradi, energiya hujayra jarayonlarini ishga 71 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo tushiradi, yog’larning parchalanishini sekinlashtiradi va yog’ kislotalari sintezini yaxshilaydi. Agar insulin yetarli bo’lmasa, natriy hujayralarga kira olmaydi. Qandli diabetning rivojlanishiga sabab bo`ladigan omillar quyidagilardir: Ortiqcha vazn; Irsiy moyillik, chunki kasallikka chalingan bemorlarning 9%ida diabet bilan og`rigan qarindoshlar bor; Noto’g’ri ovqatlanish tarkibi (ovqatlanish ratsionida kletchatkaning yetishmasligi va uglevodlarning ko’pligi); Diabetogen dori vositalarini qabul qilish (diuretiklar, glyukokortikoid gormonlar, sitostatiklar, gipotenziv dorilar); Yurak-qon tomir kasalliklarining mavjudligi. Kasallik belgilari Qandli diabetning birinchi turi keskin, ikkinchisi, aksincha, asta-sekin rivojlanadi. Kasallikning belgisiz turi ham mavjud. Diabetning ikkala turida turli xil belgilar kuzatiladi, lekin ularning umumiy alomatlari ham mavjuddir: Doimiy ravishda og’izning quruqligi, doimiy chanqoq, ba’zida bemor kuniga yetti litrdan o’n litrgacha suv ichishi mumkin; Ko’p va tez-tez siyish (poliuriya); Ishtahaning oshishi (polifagiya); Terining, yumshoq to`qimalarning achishishi/qichishi/quruqligi, teri va yumshoq to’qimalarda yiringli yarachalar paydo bo’lishi; Kuchli charchoq, uyqusizlik, jismoniy va aqliy faoliyatning pasayishi; Ko’rish qobiliyatining yomonlashishi; Tutqanoqlar. Diagnostika: Qandli diabet tashxisi och qoringa qondagi qand miqdori 6,5 mmol/l dan oshganda qo`yiladi. Qandli diabet bilan og’rigan odamlarning siydigida glyukoza bo`lmaydi, chunki buyraklar uning o’tishiga yo’l qo’ymaydi, ammo qondagi qand miqdori 8,8 mmol/l dan oshganda, glyukoza siydik tarkibida bo`ladi. Agar kasallik borligiga shubha bo’lsa, shifokor bemorga tekshiruvdan o`tishni tavsiya qiladi va quyidagi tahlillarni topshirishga yo`naltiradi:Kapillyar qondag
Доказательный фрагмент
«Maqolada “Qandli diabet” kasalligini kelib chiqishi, uning belgilari, kasallikni oldini olish, hujayralar faoliyatining buzilishi va oqibatlari,kasallikni turlari haqida ma’lumot keltirilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada “Qandli diabet” kasalligini kelib chiqishi, uning belgilari, kasallikni oldini olish, hujayralar faoliyatining buzilishi va oqibatlari,kasallikni turlari haqida ma’lumot keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- “Qandli diabet”, 2-tip diabet., 1-tip diabet, glyukoza, insulin, glyukagon, Me’da osti bezi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026