К содержанию
РецензированоRU2026

KORRUPSION JINOYATLARNI TERGOV QILISHDA TERGOVNI REJALASHTIRISH

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Qodirova Go‘zal Qodir qizi (in-academy.uz/index.php/si) · КОРРУПЦИОННЫХ ПРЕСТУПЛЕНИЙ (National University of Uzbekistan Faculty of Social Sciences) · Кадирова Гузал Кадир кизи (National University of Uzbekistan Faculty of Social Sciences)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

В данной статье освещаются вопросы и высказываются предложения не только по сбору доказательств в рамках уголовного дела, но и по всесторонней проверке, изучению собранных доказательств и их правильной оценке по состоянию уголовного дела. Ключевые слова: расследование, преступность, план предварительного расследования, планирование расследования преступления. Jinoyatni tergov qilish murakkab va ko‘p mehnat talab qiluvchi jarayon bo‘lib, tergovchidan yuqori saviyadagi tashkiliy va aqliy qobiliyatlarni talab qiladi. Tergov qilish jarayonining murakkabligi shundaki, jinoyat ishi doirasida dalillarni faqatgina yig‘ish emas, balki yig‘ilgan dalillarni har tomonlama tekshirish, o‘rganib chiqish va ularni jinoyat ishi holati bo‘yicha to‘g‘ri baholash zarur, chunki, jinoyatchilar ko‘p hollarda sodir etgan jinoyatlarini yashirish uchun turli xil ayyorlik ishlatadilar, ya’ni jinoyat izlarini turli usullar bilan yashiradilar, jinoyatga 46 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si baxtsiz tasodif, o‘z joniga qasd qilish yoki boshqa bir jinoyat ko‘rinishini berishga harakat qiladilar hamda ba’zi hollarda jabrlanuvchi, guvoh va ish uchun daxldor bo‘lgan boshqa shaxslarga nisbatan tazyiq o‘tkazadilar. Jinoyat huquqiy jihatdan korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar doirasida surishtiruvchi, tergovchi va sud uchun jinoyatlarni ochish, jinoyatlarni tergov qilish va jinoyatlarni sodir etgan shaxsga nisbatan adolatli hukm chiqarish jarayonlarida qilmish doirasida aniqlanishi lozim bo‘lgan holatlarni aniqlash muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Shuning uchun ham tergovchining sodir etilgan jinoyat doirasida o‘tkazishi kerak bo‘lgan barcha harakatlarini oldindan rejalashtirib olish muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Tergov rejasini tuzish nafaqat korrupsion jinoyatlarni, balki barcha jinoyatlarni tergov qilish jarayonida ham tergovchi va prokuror tomonidan tergovni olib borishning rejasi tuzilishi mumkin va u og‘zaki, yozma yoki ikkala shaklda bo‘lishi mumkin. Chunki, dastlabki tergov rejasini tuzishda faqatgina tipik tergov vaziyatidangina kelib chiqadi, ma’lumotlar kam bo‘ladi yoki mavhumlikka asoslangan holda tuziladi. Lekin, umumiy maqsad va asos yagona bo‘ladi. Tergov jarayoni davomida to‘plangan ma’lumotlar asosida dastlabki mavhumliklarga aniqlik kiritiladi va dalillarni baholash va ularni tizimlashtirishga qaratilgan harakatlar bilan to‘ldirilishi mumkin. Jinoyatni tergov qilishni rejalashtirish – jinoyat-protsessual qonunchiligining talablari va hodisaning o‘ziga xos shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda tergov vazifalarini, ularni yechish yo‘llari va usullarini aniqlash, tashkil etish esa tuzilgan tergov rejasini optimal amalga oshirish maqsadini ko‘zlaydi, ya’ni ta’minlovchi xususiyat kasb etadi. Har qanday kriminalistik faoliyatni rejalashtirish hech bo‘lmasa minimal boshlang‘ich axborotga ega bo‘lishni, yuzaga kelgan vaziyatga, yuzaga keluvchi vazifalarni hal qilish imkoniyatiga to‘g‘ri baho berishni, alohida rejalar o‘rtasida muvofiqlikni ta’minlashni, jinoyatni ochishda belgilangan vaqt chegarasini qat’iy hisobga olishni taqozo etadi. Jinoyatlarini tergov qilish jarayonida tergovni rejalashtirish qay darajada ahamiyatli ekanligi haqida bir qator tadqiqotchi olimlar ham o‘z fikrlarini bildirgan. Jumladan, tadqiqotchi olim N. B. Semyinaning fikricha, tergovni rejalashtirish tergovchining tergov faoliyatini teshkil etishning muhim va ajralmas elementi, uning usuli, shuningdek, jinoyatni tergov qilishning samaradorligi va sifatining zarur va muhim sharti. Dubrovitskaya va I.M. Luzginning ta’kidlashlaricha, tergovni rejalashtirish - bu tergovning vazifalari, ularni hal qilish yo‘llari va usullarini aniqlash uchun murakkab bo‘lgan fikrlash jarayoni deya ta’kidlaydi. Yuqoridagi olimlar tomonidan ilgari surilgan fikridan ko‘rishimiz mumkinki, jinoyatlarni tergov qilishni rejalashtirish muayyan bir jinoyat doirasida tergov qilish muammolarini qo‘yish va uni hal qilish jarayonlarida eng samarali bo‘lgan usullarni belgilash bilan bog‘liq jarayon hisoblanadi. Tergovchi ana shunday oldindan ishlab chiqilgan tergov rejasiga amal qilish orqali yuzaga keluvchi vazifalarni o‘z vaqtida hal qilish, shu tariqa ilgari surilgan tusmollarni tekshirish, vaqtdan oqilona foydalanish, o‘z ish yurituvida bo‘lgan har bir jinoyat ishi bo‘yicha bir maromda ish olib borish, rejaga o‘z vaqtida tuzatish kiritish, olingan natijalarga aniq baho berish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ish bo‘yicha tergov qilish rejasi dastlabki tergov harakatlari o‘tkazilgandan keyin tuziladi. Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishning o‘ziyoq, qoida tariqasida, tusmollar qilish va reja tuzish uchun zarur axborotlarni beradi. Odatda ishlarni, aytaylik, poraxo‘rlik jinoyatlari 47 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si to‘g‘risidagi ishlarni tergov qilishda tergov rejasini jinoyat ishini qo‘zg‘atish uchun asos bo‘lgan hujjatlarda mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosidayoq tuzish mumkin. Biroq, dastlabki tergov r

Доказательный фрагмент

«В данной статье освещаются вопросы и высказываются предложения не только по сбору доказательств в рамках уголовного дела, но и по всесторонней проверке, изучению собранных доказательств и их правильной оценке по состо…»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье освещаются вопросы и высказываются предложения не только по сбору доказательств в рамках уголовного дела, но и по всесторонней проверке, изучению собранных доказательств и их правильной оценке по состо… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Investigation, crime, preliminary investigation plan, planning criminal, dastlabki tergov rejasi, tergov, jinoyatni tergov qilishni rejalashtirish., jinoyatchilik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники