Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
UMUMIY OʻRTA TA’LIM MASHGʻULOTLARIDA OʻQUVCHILARNI TASVIRIY SAN’AT TARIXI BILAN TANISHTISH
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Xamraqulova Muqaddamxon Tojiqoʻzi qizi (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 2026
Аннотация
Tasviriy san’at mashgʻulotlarida oʻquvchi yoshlarga tasviriy san’at tarixi, rivojlanishi haqida. Turli janrlarda ijod qilgan rassomlar, ularning ijodiy ishlari haqida ma’lumot berib oʻtilgan. Shu bilan birga xar bir asrning oʻziga xos jihatlari: san’at rivojiga ijobiy va salbiy ta’sirlari haqida fikr yuritilgan. Tayanch soʻzlar: tasviriy san’at, ijodkor, grafika, haykaltaroshlik, manzara, tasavvur, rassom, janr, plener, tabiat, kompozitsiya, hajm, rang, fazo, moyboʻyoq. “Oʻzbekistonda olib borayotgan davlat siyosatining markazida inson va uning manfaatlarini ta’minlashni ustuvor vazifa etib belgilaganmiz. Aslida ham bizning eng bebaho boyligimiz bu — bunyodkor xalqimiz, duogoʻy ota-onalarimiz, navqiron avlodimiz emasmi? Shu yurtda yashayotgan har bir insonning tinch va baxtli hayot kechirishi, uning sogʻligʻi joyida boʻlishi, yaxshi ta’lim olishi, oilasini tebratish uchun qanday sharoit, kerak boʻlsa, hammasini yaratib berishga harakat qilyapmiz va bu yoʻldan aslo toʻxtamaymiz», — degan edilar davlatimiz rahbari Sh.M. Mirziyoyev oʻzlarining ma’ruzalarida. O‘zbekistonda tasviriy san’at jahon hamjamiyatida sodir bo‘layotgan jarayonlar bilan hamnafas bo‘lib, har bir ijodkor o‘z qarash va kechinmalarini yangicha uslub va shakllarda ifoda etishga intilishi bilan xarakterlanadi. Tasviriy sanʼat — rang-tasvir, haykaltaroshlik, grafikani birlashtirgan nafis sanʼat turi; voqelikni uning osongina ilgʻab olinadigan fazoviy shakllarda koʻrgazmali obrazlarda aks ettiradi. Tasviriy sanʼat turlari oʻz xususiyatlariga qarab real borliqni obyektiv mavjud sifatlari — hajm, rang, fazo, shuningdek, predmetning moddiy shakli va nurhavo muhiti, harakat va oʻzgarishlari hissini yaratadi, bunda tasvirning hissiy konkretliligidan illyuzionizmga oʻtish mumkin. Tasviriy sanʼat faqat koʻrish mumkin boʻlgan narsalarnigina tasvirlab qolmay, balki asarlarida hodisalarning vaqtinchalik rivoji, uning u yoki bu qismi, erkin hikoyanavislik, dinamik harakatlarni ham aks ettirib, dunyoni gʻoyaviy oʻzlashtirish imkoniyatlarini kengaytiradi. Tasviriy sanʼat insonning ruhiy qiyofasini, uning oʻzgalar bilan oʻzaro munosabatlarini, tasviriy holatning psixologik va emotsional mazmunini ham yoritadi. Baʼzan mavjud boʻlmagan, rassom tasavvurining mahsuli boʻlgan obrazlarni ham yuzaga keltiradi. Insoniyat tarixidagi turli davrlarni aks ettiradi. Davrning faqat hissiy holatigina emas, balki uning gʻoyaviy mohiyati, siyosiy, falsafiy, estetik va etik gʻoyalari ham tasviriy sanʼatning mazmuniga aylanadi. Tasviriy sanʼat obrazlarining koʻrgazmaliligi rassomga hayotning muayyan hodisasiga oʻz munosabatini yuksak darajada ifodalashiga imkon beradi; shu tufayli hayotni bilishning faol shakli sifatida jamiyatning ijtimoiy hayotida, maʼlum tizimning ommaviy ongini qaror topishida muhim rol oʻynaydi. Olamni bilishning shakllaridan biri sifatida ijtimoiy ongni shakllantiradi hamda xalq orzu-umidlarini ifodalash shakli sifatida ham katta ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy sharoitda umumgʻoyaviy kurashlarning bir boʻlagi sifatida namoyon boʻladi. Insoniyatning mehnat faoliyati, eʼtiqodlari, diniy qarashlari zaminida tasviriy sanʼat paydo boʻlgan va rivojlangan. Qadimgi tosh asrining ilk bosqichidayoq inson oʻz ehtiyoji uchun zarur 62 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si boʻlgan buyumlarni yaratish, libos, turar joylar tayyorlash jarayonida qulaylik, maqsadga muvofiqlik tushunchalari rivojlanib, ritm, simmetriya hissi ortdi. Marhumlar bilan vidolashuv, dafn marosimlarida marhumlar qabriga turli buyumlar qoʻyish odatlarida tasviriy sanʼatning fazoviy fikr yuritish, fazoviylik, kenglik, olam tushuncha va tasavvurlari shakllanib bordi. Tosh, suyak, keyinchalik sopoldan ishlangan turli shakl va haykallarda, qoyatoshlarga, gʻor devorlariga chizilgan, rangda ishlangan rasmlarda ibtidoiy insonning mehnat faoliyati, dunyo, borliq haqidagi oʻy-hayollari, oʻzga dunyo toʻgʻrisidagi tasavvurlari mujassamlashgan. Ijtimoiy jamoa tuzumining inqirozi hamda mehnat taqsimotining yuzaga kelishi, aqliy mehnat jismoniy mehnatdan ajralishi tasviriy sanʼat rivojida muhim oʻrinni egallaydi. Tasviriy sanʼat inson faoliyatining maʼlum sohasiga aylanib davr ruhiyati, uning siyosiy, maʼnaviy va nihoyat estetik qarashlarini aks ettiruvchi manbaga aylandi. Qadimgi Sharq mamlakatlarida, jumladan Qadimgi Misrda tasviriy sanʼat insonning dunyo, borliq toʻgʻrisidagi tushuncha va tasavvurlarini, xudolar darajasiga koʻtarilgan firʼavnlarni ulugʻlash quroliga aylandi. Yunonistonda tasviriy sanʼat jamiyatning erkin fuqarosiga qaratilgan va antik mifologiyaning gʻoyalarini plastik moddiylashtirilgan koʻrinishida kamol topdi, Qadimgi Rim realizmida murakkab inson jismi namoyon boʻldi. Insoniyat sivilizatsiyasining muhim oʻchoqlaridan hisoblangan Oʻrta Osiyo, uning ajralmas qismi Oʻzbekiston hududida ham tasviriy sanʼat ijtimoiy hayotda muhim oʻrin egallab, davr hamda inson tafakkuridagi nozik oʻzgarishlarni oʻzida aks ettiradi. Zarautsoy rasmlari, Xorazm, Sugʻd, Baqtri
Доказательный фрагмент
«Tasviriy san’at mashgʻulotlarida oʻquvchi yoshlarga tasviriy san’at tarixi, rivojlanishi haqida.»
Образец извлечения
Демо-превьюTasviriy san’at mashgʻulotlarida oʻquvchi yoshlarga tasviriy san’at tarixi, rivojlanishi haqida. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- haykaltaroshlik, fazo, tabiat, tasavvur, rang, grafika, tasviriy san’at, janr, kompozitsiya, hajm, rassom, manzara, ijodkor, moyboʻyoq., plener
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025