К содержанию
РецензированоRU2026

TA'LIM MUASSASA RAHBARLARINING BOSHQARUV KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH. (UMUM O’RTA TA'LIM MAKTABLARI MISOLIDA)

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Kosimova Dilafruz Nosirovna (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 1-12 · 2026

Аннотация

В данной статье объясняется важность управленческой компетентности для руководителей образовательных учреждений. Он содержит практические и теоретические концепции решения проблем, связанных с управлением и развитием образовательного процесса. Статья содержит подробную информацию о полезных и необходимых знаниях, навыках и умениях для менеджеров. Я думаю, что эти знания принесут большую пользу в улучшении образовательного процесса и его качества. Ключевые слова: Образовательное учреждение, лидерские способности, менеджмент, компетентность, качество образования, менеджмент, детали, специализация. Dunyoda ijtimoiy va ta’lim sohalarining innovatsion rivojlanishi boshqaruv xodimlarining ijodiy fikrlash va yetakchilik salohiyatiga bo’lgan ehtiyojni oshirdi. BMT Bosh Assambleyasining 2030 yillik yubiley sessiyasida qabul qilingan barqaror rivojlanish maqsadlari (SDG) ta’limning barcha sohalarida inson resurslarini rivojlantirishning sinergik ta’sirini, kasbiy qiziqishlar va ehtiyojlarga yo’naltirilgan ta’lim dasturlarini shakllantirishni aniqladi. Dunyo bo’ylab boshqaruv kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlashning innovatsion modellarini ishlab chiqish va joriy etish, ta’lim menejerlarining etakchilik va boshqaruv vakolatlarini rivojlantirish bo’yicha tadqiqotlar olib borilmoqda. Yevropa universitetlari assotsiatsiyasi (EUA) va Oliy ta’lim sifatini ta’minlash bo’yicha Yevropa tarmog’i (EAQA) kabi tashkilotlarda inson resurslarini rivojlantirish infratuzilmasini takomillashtirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali etakchilik vakolatlarini rivojlantirish va baholash uchun yaxlit platformalarni yaratish muhim ahamiyatga ega. Mamlakatimizda oliy ta’lim muassasalarining boshqaruv ko’nikmalari va yetakchilik salohiyatini rivojlantirish ta’lim sifatini oshirish, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etishda muhim o’rin tutadi. Oliy ta’lim tizimida o’qituvchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va ilmiy va innovatsion faoliyatini rivojlantirish bo’yicha ishlarni mazmunli va maqsadli tashkil etish bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishning ustuvor yo’nalishlari belgilangan. Bu vazifalarni bajarish oliy ta’lim sifatini ta’minlash uchun uzluksiz malaka oshirish jarayonini amalga oshirishni, integratsiyalashgan axborotni takomillashtirishni va innovatsion yondashuvlar asosida boshqaruv kompetentsiyasini rivojlantirishni talab qiladi. 106 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947- son Farmoni, 2017-yil apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish choratadbirlari to’g’risida”gi PQ-2909-son qarori, 2019-yil 27-avgustdagi PF-5789-son “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish tizimini joriy etish to’g’risida”gi qarori, va 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son “Konsepsiyani tasdiqlash to’g’risida”gi qarori hamda ushbu faoliyat bilan bog’liq boshqa normativ-huquqiy hujjatlar belgilangan vazifalarni amalga oshirishda muhim rol o’ynaydi. Ta’limni boshqarish, oliy ta’lim tizimida strategik va funksional menejmentni integratsiyalashuvi, rahbar va o’qituvchilarning kasbiy va boshqaruv kompetensiyasini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish, shuningdek, kasbiy tayyorgarlikning texnologik jihatlari bo’yicha R. Djuraev, A. Musurmonova, A. Magrupov, Sh. Paxrutdinov, B. Xodjaev, M. Yo’ldoshev, M. Mirsolieva, Y. Ismadiyarovlarning izlanishlari axborotlashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida ta’lim sifatini oshirish, malaka oshirish jarayonlari monitoringi mexanizmlarini takomillashtirish bo’yicha muhim ahamiyatga ega. Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligidan T. Bazarov, I. Zimnyaya, E. Zeer, E. Kudryavtseva, A. Markova, A. Derkach va boshqa olimlar kasbiy kompetensiyani rivojlantirishning boshqaruv, pedagogik va psixologik jihatlari, uslubiy tamoyillarni tadqiq etishgan. Xorijiy olimlar R. Boyatzis, D. Bartram, J. Raven, V. Xutmaxer, A. Hakim va boshqa olimlar ta’lim sifatini nazorat qilish, axborot-ta’lim muhitini shakllantirish bo’yicha tadqiqotlar olib borganlar. Mavjud nazariy manbalar shuni ko’rsatadiki, oliy ta’lim muassasalari boshqaruv xodimlarining malakasini oshirish tizimida boshqaruv kompetensiyasini rivojlantirish mexanizmlari kompleks axborot-metodik ta’minlashni takomillashtirish nuqtai nazaridan to’liq o’rganilmagan va pedagogik muammo sifatida o’rganilmagan. Tarmoq manfaatlari bo’yicha o’quv-uslubiy, ijtimoiy-ma’rifiy va ilmiy-innovatsion internet birlashmalarini joriy etish orqali yetakchi kadrlar boshqaruvi kompetensiyasini rivojlantirishning yaxlit axborot-metodik tizimi takomillashtirilmoqda. Boshqaruv malakasini rivojlantirishni baholash tizimi boshqaruv-texnologik (qattiq ko’nikmalar) va ijtimoiy motivlangan (yumshoq ko’nikmalar) kompetentsiyalarni aniqlash va sifat mezonlari (uzluksizlik

Доказательный фрагмент

«В данной статье объясняется важность управленческой компетентности для руководителей образовательных учреждений.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье объясняется важность управленческой компетентности для руководителей образовательных учреждений. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Образовательное учреждение, лидерские способности, rahbarlik qobiliyati, boshqaruv, ta’lim sifati, mutaxassislik., kompetentlik, menejment, tafsilotlar, Ta’lim muassasasi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники