Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
RAQAMLI SAVDO VA INVESTITSIYA KELISHUVLARIDAN KELIB CHIQADIGAN MA’LUMOTLAR MAXFIYLIGI BILAN BOG‘LIQ HUQUQIY MASALALAR
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Pirmamatova Maftuna O‘ktamovna (in-academy.uz/index.php/si) · Federal Savdo Komissiyasi (Master’s student of Tashkent State University of Law) · Personal Data Directive, kripto-aktivlar. (Master’s student of Tashkent State University of Law)
Наука и инновация · 119–129 · 2026
Аннотация
В данной тезисе анализируются отношения, возникающие из регулирования конфиденциальности данных и использования цифровых контрактов в международном коммерческом и инвестиционном праве. Концепция конфиденциальности данных относится к конфиденциальности как личных, так и коммерческих данных. При этом также анализируются международные нормативные документы о конфиденциальности информации и несколько случаев, связанных с этой темой. Ключевые слова: международное коммерческое право, международное инвестиционное право, цифровой контракт, конфиденциальность, секретная информация, WTO, GDPR, CCPA, USMCA, Cambridge Analytica Ltd., Федеральная торговая комиссия США, Директива о персональных данных, криптоактивы. Bugungi kunda butun dunyoda internet har qanday ma’lumotga kirish va ko‘rishni har qachongidan oson va tezroq qilgani sir emas, albatta. Jismoniy shaxslar o‘zlarining shaxsiy ma’lumotlarini onlayn ravishda bilib, ba’zan bilmagan hollarda turli xil maqsadlarda, masalan, tovarlar va xizmatlarni sotib olish, ko‘ngilochar o‘yinlar o‘ynash, elektron ta’lim yoki davlat xizmatlaridan foydalanish uchun taqdim qilmoqdalar. Ijtimoiy munosabatlar tobora ko‘proq tarmoqlar orqali amalga oshirilmoqda – ayniqsa, ijtimoiy media platformalarida. Bu yangi imkoniyatlar yaratish bilan birgalikda shaxsiy ma’lumotlar daxlsizligiga ham xavf tug‘dirmoqda. Mamlakatlar bo‘ylab erkin ma’lumotlar oqimini ta’minlaydigan internetning chegarasiz tabiati, shubhasiz, yangi muammolarni keltirib chiqaradi. Yurtimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning natijasi bo‘lmish yangilangan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ham mazkur tadqiqot mavzusini tartibga soluvchi bir qator ustuvor qidalar o‘rnatildi. Jumladan, Konstitutsiyaning 31-moddasiga ko‘ra, har bir inson shaxsiy hayotining daxlsizligi, shaxsiy va oilaviy sirga ega bo‘lish, o‘z sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish huquqiga ega. Har kim yozishmalari, telefon orqali so‘zlashuvlari, pochta, elektron va boshqa xabarlari sir saqlanishi huquqiga ega. Ushbu huquqning cheklanishiga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yo‘l qo‘yiladi. Har kim o‘z shaxsiga doir ma’lumotlarning himoya qilinishi huquqiga, shuningdek noto‘g‘ri ma’lumotlarning tuzatilishini, 122 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si o‘zi to‘g‘risida qonunga xilof yo‘l bilan to‘plangan yoki huquqiy asoslarga ega bo‘lmay qolgan ma’lumotlarning yo‘q qilinishini talab qilish huquqiga ega.1 Hozirgi kunda inson va davlatning o‘zaro ta’siri shaxsiy ma’lumotlar tizimini raqamlashtirish orqali qurilmoqda va fuqarolarni raqamli profil formatida aks ettirmoqda. Fuqaroning raqamli profili inson huquqlari va erkinliklarini amalga oshirish va davlat oldida majburiyatlarini bajarish uchun shaxsiy ma’lumotlar resursidir. U fuqaroning psixologik, hissiy, jismoniy va ijtimoiy xususiyatlarining umumiyligini o‘zida aks ettiradi. Raqamli profil ma’lumotlari fuqarolarning moliyaviy farovonligi holatini, davlatdan ijtimoiy yordam olish uchun asoslarning mavjudligini, homiylik yoki nazoratni o‘rnatishni, moliyaviy institutlar bilan mumkin bo‘lgan o‘zaro ta’sir o‘lchovini, fuqarolarning martaba o‘sishi masalasini hal qilish darajasini va shu kabi boshqa ko‘rsatkichlar va parametrlarni aks ettiradi. Jamiyatni raqamlashtirish va transformatsiya qilish samarasini hisobga olgan holda shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligi tizimini yanada rivojlantirish hamda faoliyatining huquqiy mexanizmini shakllantirish va amalga oshirish talab etiladi. Ushbu tadqiqotning dolzarbligi axborot sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, kiberjinoyatchilikdan himoya qilish va unga qarshi kurashish tizimini shakllantirish zarurati bilan bog‘liqdir. Axborot sohasidagi huquqiy tartibga solish holatini o‘rganish “ma’lumotlarga cheklangan tarzda kirish” va “ma’lumotlarning maxfiyligi” atamalarining keng qo‘llanilishidan dalolat beradi. Ammo “ommaviy axborot”, “ommaviy xabar”, “ochiq ma’lumotlar”, “axborotning ochiqligi” va boshqa tushunchalar odatda qonunda maxfiylik sohasida yuqoridagi tushunchalarga qarama-qarshi ma’noda qo‘llaniladi.2 Axborot maxfiyligini ta’minlash sohasidagi ijtimoiy munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy, fuqarolik, ma’muriy, mehnat, moliyaviy, soliq, jinoyat, jinoyat protsessual, fuqarolik protsessual va boshqa qonun hujjatlarining tarmoq normalari majmuasi bilan tartibga solinadi. Cheklangan shaxsiy ma’lumotlarning xususiyatlarini (tabiatini, xossalarini, xarakteristikasini) hisobga olgan holda, qanday ma’lumotlar cheklangan shaxsga doir ma’lumotlar ekanligi to‘g‘risida olimlar va mutaxassislar V.N.Lopatinning pozitsiyasini qo‘llab- quvvatlaydilar: ma’lumotning hujjatlashtirilgan bo‘lishi; axborotning qonun hujjatlarida belgilangan cheklovlarga muvofiqligi; himoya choralarining mavjudligi.3 Shaxsiy ma’lumotlar daxlsizligi huquqi yaqindan boshlab konstitusiyalarda o‘z mustahkamligini topdi, chunki uning kafolatlari va amalga oshirilishi muammolari aynan jamiyatni raqamlash
Доказательный фрагмент
«В данной тезисе анализируются отношения, возникающие из регулирования конфиденциальности данных и использования цифровых контрактов в международном коммерческом и инвестиционном праве.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной тезисе анализируются отношения, возникающие из регулирования конфиденциальности данных и использования цифровых контрактов в международном коммерческом и инвестиционном праве. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- международное коммерческое право, международное, xalqaro investitsiya huquqi, raqamli shartnoma, xalqaro tijorat huquqi, USMCA, konfedensiallik, maxfiy axborot, JST, CCPA, GDPR, Cambridge Analytica Ltd., kripto-aktivlar., Personal Data Directive, AQSh Federal Savdo Komissiyasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026