К содержанию
РецензированоRU2026

PEDAGOG KADRLARDA KITOBXONLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Muhammadjonova O‘g‘iloy Bahodirjon qizi (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

This article contains opinions on the formation of love for books, the culture of reading, the further expansion of the place of books in a child's life, and the further development of the skills of working with books among pedagogues. Kalit so’zlar. Kitob, kitobxonlik, pedagog, ota-ona, jamiyat, madaniyat, ta’lim, tarbiya. Ключевые слова. Книга, чтение, педагог, родители, общество, культура, образование, воспитание. Key words. Book, reading, pedagogue, parents, society, culture, education, upbringing. Insonning dunyoga kelishi va yashay olishi uchun ota-onaning o‘rni beqiyos bo‘lganidek, jamiyatda o‘z o‘rnini topa olishi hamda o‘zidan yaxshi nom qoldirishida ustozning o‘rni ham undan qolishmaydi. Bolaning o‘sib-ulg’ayishida ham, kamol topib yetuk inson bo‘lib shakllanishida ham ta’lim-tarbiyaning ahamiyati yuksak bo‘lganidek, unga ana shunday bilimlarni beradigan pedagoglarning ham ilmiy salohiyati e’tiborga molik masala hisoblanadi. Hozirgi kun pedagog kadrlaridan ilmiy bilimlardan tashqari, kerativlik, muloqot madaniyati, psixik tayyorgarlik, sabrlilik kabi sifatlar bilan birga keng dunyoqarash ham talab etiladi. Yuqorida sanab o‘tilgan sifatlarning barchasini shakllantirish uchun tajriba yo‘lidan foydalanish samarali natija beradi, ammo bu juda katta sabr hamda ko‘p vaqt talab etadi. Buning eng samari yo‘li ushbu sohalarda muvaffaqiyatga erishgan insonlarning hayot yo‘llarini o‘rganish, ular yozgan asarlarni bardavom mutolaa qilish, shuningdek, asarlardan olingan xulosa hamda g’oyalarni hayotga tadbiq qilishdir. Xususan, majmualarda berilgan allomalarning asarlarida keltirilgan parchalar fikrimizga dalil bo‘la oladi. Safo Matchon ta’biri bilan aytganda: “Kitobxonlik-oʻqilgan kitoblar soni bilan belgilanmaydi, balki u tushunib oʻqish, ya’ni maqsadli oʻqishdir. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, kitobxonning yozuvchi aytmoqchi boʻlgan fikrini nechogʻli oʻqishni, ya’ni asar “tili”ga tushunishi kitobxonlik madaniyati, talanti darajasi koʻrsatadi. Shu tufayli adabiyotimiz talantli yozuvchilar bilan birga talantli kitobxonlarga ham hamisha ehtiyoj sezadi”. Hozirgi kun pedagoglar zamonaviy texnologiyalar bilan bir qatorda jamiyatimizda ommalashayotgan asarlar haqida ham ma’lum darajada ma’lumotga ega bo‘lishi talab etiladi. Asarlar to‘g’risidagi ma’lumotga ega bo‘lib qolish bilan cheklanibgina qolmay, ulardan olingan xulosalar haqida jamoaga tushunchalar berish, agar mutolaa qilingan asar soha yoki jamoa uchun manfaatli deb hisoblansa, uni hamkasblarga ham tavsiya qilish o‘qituvchilar orasida kitobxonlikning, pedagoglar o‘rtasidagi fikr almshinuvining kengayishiga xizmat qiladi. Ana shunday ishlar aynan Prezidentimiz Sh. Mirziyoyevning “Taraqqiyot -2030” straegiyasida belgilangan maqsadlarning 72-maqsadida kitobxonlik targ’iboti hamda kitobga bo‘lgan 22 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si munosabatlar sifatida ham o‘z aksini topgani ham e’tiborga molikdir. Ushbu va shu kabi qaror hamda farmoyishlar ijrosini ta’minlash borasida qilinayotgan ishlar ko‘lamining ortib borishi mamlakatimiz aholisini yanada ma’rifatli qilishga qaratilayotgan islohotlarning davomidir. Bizning mana shunday imkoniyatlardan oqilona foydalanishimiz yaratilgan shart- sharoitlarga javobimiz, desak hech ham mubolag’a bo’lmaydi. Foydasiz hamda zararli narsalarga sarflaydigan vaqtimizni kitob mutolaasi uchun ajratadigan bo’lsak, ham ma’naviy ozuqa olamiz, ham vaqtni to’g’ri taqsimlashni o’rganamiz. Bunday ishlarni to’g’ri yoxud insoniyatga xavf soladiganini anglab yetish uchun ham, avvalo, ilmli bo’lish darkor. Xalqona til bilan xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, har bir narsani, oq-u qorani ajratish uchun ham ilmli bo’lish, buning uchun esa kitob mutolaa qilish kerak. Xulosa qilib shuni aytish kerakki, shubhasiz, insonlarning ehtiyojlari oshib boraveradi, lekin har qanday davrda ma’naviy ehtiojning qadri ortsa ortadiki, hech qachon yo’qolmaydi. Ma’naviy tanazzul jamiyat tanazzuliga sabab bo’ladi, ma’naviy barkamollik jamiyat taraqqiyotiga asosiy mustahkam poydevor vazifasini bajaradi.

Доказательный фрагмент

«This article contains opinions on the formation of love for books, the culture of reading, the further expansion of the place of books in a child's life, and the further development of the skills of working with books…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article contains opinions on the formation of love for books, the culture of reading, the further expansion of the place of books in a child's life, and the further development of the skills of working with books… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Book, reading, pedagogue, parents, society, culture, education, upbringing, tarbiya., ota-ona, ta’lim, Kitob, pedagog, jamiyat, madaniyat, kitobxonlik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники