К содержанию
РецензированоUZ2026

YER OSTI SUVLARINING INSON ORGANIZMIGA TA’SIRINI O’RGANISH

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Dotsent D.K. Xudoyberdiyev (in-academy.uz/index.php/si) · Safarov Furqat Abduxalilovich (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada yer osti suvi umumiy suv resurslarining bir qismi ekanligi, suv taʼminoti va sugʻorish manbai sifatida xalq xoʻjaligi uchun katta ahamiyatga ega ekanligi keltirilgan. Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ ahvoli grunt suvlarining holati bilan belgilanadi. Suv molekulyar kuchlar tutib turadigan bogʻlangan hamda ogʻirlik kuchi yoki bosim farqi taʼsirida harakatda boʻladigan gravitatsion yoki erkin holatda boʻlishi mumkin. Kalit so’zlar. Immunologik, sitogenetik, gemotologik usullar, mavsumiy suvlar, grunt suvlari va qatlamlararo suvlar. Yer osti suvlari- Yer poʻstining yuqori qismidagi togʻ jinslari qatlamlarining gʻovak boʻshliqdagida joylashgan suyuq, qattiq (muz), bugʻsimon holatdagi suvlar. Ye.o.s. umumiy suv resurslarining bir qismi boʻlib, suv taʼminoti va sugʻorish manbai sifatida xalq xoʻjaligi uchun katta ahamiyatga ega. Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ ahvoli grunt suvlarining holati bilan belgilanadi. Ye.o.s.ni gidrogeologiya fani oʻrganadi. Suv molekulyar kuchlar tutib turadigan bogʻlangan hamda ogʻirlik kuchi yoki bosim farqi taʼsirida harakatda boʻladigan gravitatsion yoki erkin holatda boʻlishi mumkin. Bogʻlanmagan suv bilan toʻyingan togʻ jinslari qatlamlari suvli gorizont deyiladi, ular suvli komp-lekslarni hosil qiladi. Ye.o.s. suv saqlovchi jinslarda to’planish harakteriga koʻra gʻovak (yumshoq jinslarda), dara (tomir) — qattiq jinslarda va karst (gʻor) (darz-karst-yengil eriydigan karbonat va gipsli jinslarda) suvlariga boʻlinadi. Joylashish sharoitiga koʻra Ye.o.s. tuproq suvi, mavsumiy suvlar (yuza suvlar; aeratsiya zonasidagi suv saqlovchi qatlamlar ustida yogʻinlar yoki sugʻorish suvlarining shimilishidan hosil boʻladi); grunt suvlari (yer yuzasiga eng yaqin birinchi suv oʻtkazmaydigan qatlam ustida toʻplanadi) va qatlamlararo (bosimsiz, bosimli, artezian, suv oʻtkazmaydigan qatlamlar oʻrtasida joylashgan suvli qatlamlar) suvlarga boʻlinadi. Kelib chiqishiga koʻra Ye.o.s. atmosfera yogʻinlari, daryo va sugʻorish suvlarining shimilishi natijasida hosil boʻluvchi infiltratsion; togʻ jinslari qatlamlarida suv bugʻlarining quyuqlashuvidan hosil boʻluvchi kondensatsion; choʻkindi togʻ jinslari paydo boʻlish jarayonida dengiz suvlarining koʻmilib qolishi natijasida hosil boʻlgan sedimentatsion va magma soviganda yoki Yer mantiyasidan chiqadigan yuvinil suvlariga boʻlinadi. Ye.o.s. ning yer yuziga tabiiy chiqishi bulok, (chashma) deyiladi va oqib chiquvchi va qaynab chiquvchi (qaynar buloq)larga boʻlinadi. E.o.s. tabiiy eritmalar boʻlib, tarkibida deyarli barcha maʼlum kimyoviy elementlar uchraydi. Minerallashuvi (suvda erigan moddalarning umumiy miqdori, g/l) boʻyicha Ye.o.s. chuchuk (1,0 gacha), shoʻrtam (1,0—10,0), shoʻr (10,0—50,0) va namakob (50 dan koʻp) turlariga boʻlinadi. Harorati boʻyicha esa sovigan (4° gacha), sovuq (4—20°), iliq (20—37°), issiq (37-42°), qaynoq (42—100°) va oʻta qaynoq (100° dan yuqori) Ye.o.s. ga boʻlinadi. Infiltratsion suv tabiatda keng tarqalgan, qolganlari sof holda juda kam uchraydi. Aholi, sanoat va yaylovlarni suv bilan taʼminlashda, yerlarni sugʻorishda, tibbiyotda (mineral suvlar), issiqlik bilan taʼminlashda (issiq suvlar), har xil tuz va kimyoviy elementlar (yod, bor, brom va b.) olishda Ye.o.s. dan foydalaniladi. Ye.o.s. yerlarning botqoqlanishi va shoʻrlanishiga sabab boʻladi. Bunga qarshi kurashish uchun ochiq va yopiq gorizontam drenajlar va burgʻi quduqlari 52 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si kavlanadi. Choʻllarda Ye.o.sdan keng foydalanildi. Qoraqum, Qizilqum va Ustyurt yaylovlari asosan Ye.o.s. bilan taʼminlangan. O’rta Osiyo hududida 150 dan ortiq yirik Ye.o.s. konlari aniqlangan. Ularning har yili tiklanib turadigan ekspluatatsion zaxirasi 1500 m3/s dan ortiq, chuchuk suvlar hissasi 1000 m3/s yaqin, qolgan qismi esa turli darajada (2—3 dan 15 g/l gacha) minerallashgan. Oʻrta Osiyoda 40 mingdan ortiq foydalaniladigan burgʻi quduqlari mavjud, ulardan 5 mingga yaqini suvi otilib chiqadigan artezian quduqlaridir; ularning koʻpchiligidan ekinlarni sugʻorishda foydalaniladi. Yer osti suvlari er yuzasidan 25 metr chuqurlikda joylashgan deb nomlanadi. Yomg'ir va qor shaklida har xil suv omborlari va yog'ingarchilik tufayli hosil bo'ladi. Ular erga singib ketadi va u erda to'planadi. Yer osti suvlarining er osti suvlaridan farqi shundaki, unda bosim yo'q. Bundan tashqari, ularning farqi shundaki, er osti suvlari atmosferadagi o'zgarishlarga sezgir. Yer osti suvlari bo'lishi mumkin bo'lgan chuqurlik 25 metrdan oshmaydi. Yer osti suvlari er yuziga yaqin joyda joylashgan, ammo uning darajasi er yuziga va yilning vaqtiga qarab o'zgarishi mumkin. U yuqori namlikda ko'tariladi, ayniqsa kuchli yog'ingarchilik va qor erishi paytida. Bu darajaga yaqin daryolar, ko'llar va boshqa suv havzalari ta'sir qiladi. Qurg'oqchilik paytida suv sathi kamayadi. Ayni paytda u eng past deb hisoblanadi. Yer osti suvlari darajasi ikki turga bo'linadi:  darajasi 2 metrga yetmaganida past. Bunday erlarda binolarni q

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada yer osti suvi umumiy suv resurslarining bir qismi ekanligi, suv taʼminoti va sugʻorish manbai sifatida xalq xoʻjaligi uchun katta ahamiyatga ega ekanligi keltirilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada yer osti suvi umumiy suv resurslarining bir qismi ekanligi, suv taʼminoti va sugʻorish manbai sifatida xalq xoʻjaligi uchun katta ahamiyatga ega ekanligi keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
grunt suvlari va qatlamlararo suvlar., mavsumiy suvlar, gemotologik usullar, Immunologik, sitogenetik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники