Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘ZBEKISTON PAXTA YAKKAHOKIMLIGI II JAHON URUSHI YILLARIDA (1941-1945)
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Ergashev Akobir (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 1941
Аннотация
В статье показано, что тяжелый труд узбекских дехкан по выращиванию хлопка-сырца в 1941 – 1945 годах является неоценимым вкладом в победу над фашизмом. Ключевые слова: хлопковая монополия, сырье, посевная площадь, хлопководство, мелиорация, ирригация, минеральные удобрения Absract: The article highlights the hard work of the Uzbek cotton growers for the cultivation of raw cotton in 1941- 1945 as invaluable contribution to the victory over fascism. Key words: cotton monopoly, raw materials, sown areas, agricultural crops, cotton growing, melioration, irrigation, mineral fertilizers, MTS, rural population. Urush faqat rus, ukrain, belorus va boshqa front chizig‘i o‘tgan xalqlar tarixidagina emas, balki o‘sha vaqtda sobiq sovetlar mamlakati tarkibiga kirgan boshqa xalqlar, millatlar tarixida ham o‘chmas iz qoldirgan. Boshqacha aytganda, bu urushda hamma barobar, teng ravishda zarar ko‘rdi, qurbonlar berdi. Bundan O‘zbekiston ham istisno emas, chunki u urushning barcha qiyinchiliklari, ofat-talofatlarini boshqa xalqlar bilan birga tortdi. Fashizmni tor-mor keltirish uchun olib borilgan umumxalq kurashida o‘zbek qishloq xo‘jalik mehnatkashlarining munosib hissasi bor. Urush boshlanishi bilan respublika qishloq xo‘jaligi oldiga frontdagi va mamlakat ichkarisidagi aholini qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan, sanoatni xom ashyo bilan ta'minlash vazifasi qo‘yildi. Buning ustiga qisqa vaqt ichida agrar ishlab chiqarishni harbiy izga o‘tkazish, don, kartoshka, sabzavot, oziq-ovqat va texnik ekinlar yetishtirishni ko‘paytirish lozim edi. Qishloq xo‘jaligi sohasidagi bu vazifalarni hal etish uchun bir qator ziddiyatli omillar paydo bo‘la boshladi. Asosan paxta yetishtirishga moslashgan O‘zbekistonda g‘alla, qand lavlagi, kunjut va boshqa texnika ekinlarini yetishtirish uchun zarur mutaxassislar, texnika vositalari yetishmas edi. Markaz respublika oldiga “oziq-ovqat bilan o‘z-o‘zini ta'minlash” vazifasini qo‘yar ekan, mudofaa sanoati uchun zarur bo‘lgan paxta xom ashyosini aslo kamaytirmaslikni asosiy masala qilib qo‘ydi. Urush boshlanganiga qaramasdan, paxtakorlarning fidokorona mehnati tufayli 1941 yilda gektaridan o‘rtacha 17.7 sentnerdan hosil yig‘ib olinib, davlatga 1646 ming tonna paxta xom ashyosi topshirildi va davlat rejasi 106 %ga bajarildi [1.96]. Ammo respublika bo‘yicha paxta rejasi bajarilgan bo‘lsa-da, Andijon, Namangan viloyatlarida bu ish cho‘zib yuborildi. Samarqand va Buxoro viloyatlarida davlat rejasi bajarilmadi. 1941 yilda paxta hosili ko‘paydi. Masalan, 1940 yilga nisbatan Qoraqalpog‘istonda paxta hosili 3.53 s.ga, Xorazmda 3.1s.ga, Jizzax, Kosonsoy, Narpay, Shovot, Qarshi kabi tumanlarda bu ko‘rsatkich 1.5 – 2 s.dan ortiq bajarildi [2.134]. 1942 yil respublika paxtakorlari uchun g‘oyat og‘ir o‘zgarishlar yili bo‘ldi. Biz yuqorida urush tufayli O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi tizimida keskin o‘zgarishlar 102 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si ro‘y bergani, paxta bilan birga don ekinlarini ko‘paytirish, eng avvalo, bug‘doy ekishga e'tibor berilganini ta'kidlab o‘tdik. Agar 1941 yilda respublika hammasi bo‘lib 5.5 mln sentner don yetishtirgan bo‘lsa, 1942 yilda buni 15 mln. sentnerga yetkazish, asosiy ekin bo‘lgan paxtani 14.5 foizga oshirish belgilandi. Urushdagi og‘ir vaziyatga qaramasdan, yer maydoni 346.6 ming gektarga ko‘payib, asosan g‘alla va boshqa ekinlar, jumladan, qand lavlagi ekildi [3.195]. Hukumat qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga har qancha harakat qilmasin, urush o‘zining salbiy ta'sirini ko‘rsatdi. Paxta ekin maydoni 1941 yildagidek saqlab qolinsa ham, hosildorlik keskin kamayib, 1942 yilda gektaridan 9.3 sentnerni tashkil etdi (1941 yilda 17.1 sentner edi) va 876 ming tonna paxta xom ashyosi terib olinib, reja 68.3% bajarildi. 1941 yilga nisbatan davlatga 641 ming tonna hosil kam topshirildi [4.22]. Paxtaning yalpi hosili Toshkent viloyatida 50.3 % ga, Andijon viloyatida 53.5 % ga kamaytirib yuborildi. 1943 yil respublika paxtakorlari uchun eng qiyin yil bo‘ldi. Buning asosiy sabablaridan biri ekin maydonlarida oziq-ovqat ekinlari salmog‘ining ko‘payishi bilan O‘zbekiston bo‘yicha paxta maydonlari 1943 yilda 932 ming gektardan 732 ming gektarga kamaydi. 1943 yilda hammasi bo‘lib 520 ming tonna paxta topshirilib, yillik reja 57.5%ga bajarildi. Hosildorlik esa gektaridan o‘rtacha 7.1 sentnerga tushib ketdi [4.24]. 1942 – 1943 yillarda paxta yetishtirishning keskin orqaga ketishining o‘ziga xos obьektiv sabablari bor edi: - birinchidan, yuqorida ta'kidlanganidek, boshoqli ekinlarning ko‘paygani, aholini g‘alla bilan ta'minlash masalasining keskin qo‘yilishi bir qator qiyinchiliklarni keltirib chiqardi. 1942 yilning o‘zida 1941 yilga nisbatan 503.8 ming gektar ko‘p g‘alla ekildi va davlatga rejadagidan 152 ming tonna ortiq g‘alla topshirildi. Bundan tashqari respublikada 62 ming gektardan ortiq yerga qand lavlagi ham ekildi [2.137]; - ikkinchidan, 1942 – 1943 yillarda tajribali xodimlar, mutaxassislar, jamoa raislari, brigadir va zveno boshliq
Доказательный фрагмент
«В статье показано, что тяжелый труд узбекских дехкан по выращиванию хлопка-сырца в 1941 – 1945 годах является неоценимым вкладом в победу над фашизмом.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье показано, что тяжелый труд узбекских дехкан по выращиванию хлопка-сырца в 1941 – 1945 годах является неоценимым вкладом в победу над фашизмом. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- cotton monopoly, raw materials, sown areas, agricultural crops, cotton, mineral o‘g‘it., irrigasiya, paxta yakkahokimligi, ekin maydonlari, xom ashyo, paxtachilik, meliorasiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026