К содержанию
РецензированоUZ2019

TAFAKKUR ERKINLIGI, SIFATLI TA`LIM - UCHINCHI RENESSANS POYDEVORINI YARATISHNING ZARURIY SHARTI

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Axmedova Dilafro`z Qudratullayevna (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2019

Аннотация

Maqolada zamonaviy jamiyatdagi ta`lim –tarbiya tizimidagi islohotlar, Prezident va ixtisoslashtirilgan ta`lim muassasalari o`qitish jarayonlari va ularning umumiy o`rta maktablaridagi ta`lim berish usullarining farqli va o`xshash jihatlari tahlil qilingan. Kalit so`zlar: Prezident maktablari, ixtisoslashtirilgan maktablar, ijod maktablari, ong erkinligi, milliy mafkuraviy brend, “Steam-ta`lim”(Science-tabiiy fanlar, Technology- texnologiyalar, Engineering-texnik ijodkorlik, Art-san`at, mathematics-matematika) dasturlari. So`nggi yillarda yurtimizda ta`lim-tarbiya sohasidagi islohotlar jadallik bilan amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda 2019 yildan boshlab, Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog`ining yaratilishi va zamonaviy dasturlar asosida o`qitish tizimining joriy etilishi intellektual salohiyatli yoshlarni tizimli o`qitish va tarbiyalash imkonini berdi. Tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, agar O`zbekiston o`zini taraqqiy etgan xalqlar va davlatlar qatorida ko`rmoqchi bo`lsa, avvalo, insonlar tafakkurini dogmatism va qaramlikdan xalos qila olishi uchun zamin yarata olishi kerak. Ong erkinligi barcha sohalarda individual, jamoaviy va milliy erkinlikning aqliy va hissiy asosidir. Tafakkur erkinligi Uchinchi Renessans poydevorini yaratishning zarur shartidir. BMT ekspertlari ishtirokida ishlab chiqilgan 2030 yilgacha mo`ljallangan strategik rivojlantirish konsepsiyasida ham inson huquq va erkinliklari kafolatlanib, OAB vositalari erkinligi o`sishi, blogerlar faoliyati uchun munosib shart – sharoitlar yaratilishi ko`zda tutilgan. Globallashuv zamonida mafkuraviy maydondagi g`oyalar kurashida salbiy holatga tushib qolmaslik uchun Uchinchi Renessans davri o`z oldiga odamlarni fidokorlikka chorlaydigan, g`ururini uyg`otadigan milliy mafkuraviy brendlar yaratish mas`uliyatini o`z zimmasiga olishi kerak.. Bu jarayonda albatta, intellektual harakatga, aqliy tahlilga tayaniladi. Ta`lim tizimidagi oxirgi yillardagi islohotlarni tahlil qilar ekanmiz, bilim olish va bilim berish jarayoni bir necha omillarga (oiladagi muhim, jismoniy rivojlanish, atrof munit ta`siri va h) bog`liq holda takomillasha olishi yana bir bor o`z isbotini topdi. Uchinchi Renessansni faqat salohiyatli, intelektual qobiliyatli, noyob iste`dod egalarigina yarata oladi. Bu toifadagilarni vujudga keltirishda esa sog`lom tabiatli va sog`lom vujudli aholi qatlami yuz ko`rsatishi kerak. Tarix saboqlari va taraqqiyot talablaridan kelib chiqib ta`lim, ilm-fan, innovatsiyalar, erkin fikrlovchi, raqobatbardosh mutaxassislarni tarbiyalash, yangi texnologiyalarni joriy qilish, raqamli iqtisodiyotga o`tish, yangicha fikrlash va ishlash masalalariga birinchi vazifa deb qaralmoqda. Ilmga asoslanmagan jamiyatning kelajagi yo`qligini his qilingan holda, O`zbekistonda Prezident maktablari, ijod maktablari, ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog`i barpo etildi va takomillashtirilmoqda. Umumiy o`rta ta`lim maktablaridan farqli ravishda bu turdagi maktablarda o`quvchilar tanlagan yo`nalishiga muvofiq tegishli fan imtihonlaridan o`tib, ixtisoslik fahlar bo`yicha zamonaviy ta`lim dasturlari asosida tehsil olishadi va o`z navbatida “kelajak kasblari” deya baholanayotgan 153 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si sohalarga qiziqishlari bo`yicha yo`naltiriladi, xorijiy tillar mukammal dasturlar asosida o`qitiladi va xorijiy mutaxassislar, ekspertlar xulosasi asosida rejalar belgilab olinadi. Biz zamonaviy jamiyatda bilimning antropologik mohiyatini o`rganishni maqsad qilgan vaqtdayoq, insonlarning tafakkuri va bilimning inson hayotidagi ahamiyati qay darajaligini ularning tasavvuri orqali bilishni maqsad qilgan holda telegram tarmog`ida so`rovnoma o`tkazdik va natijasi, albatta, biz anglagan haqiqatni ochib berdi. Ya`ni zamonaviy jamiyat ilm va ilmiy texnikalarga, inson tafakkuriga singib boradigan bilimga muhtoj. Jamiyatdagi biror bir soha yo`qki, bilimga suyanmagan, bilimsiz taraqqiyotni orzu qilmagan. Zamonaviy ta`lim davrida iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va o`qitish,ularning har tomonlama rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, tabiiy va aniq fanlarni chuqur o`rgatish, xorijiy tillar, muhandislik va axborot texnologiyalarini o`zlashtirishni tashkil etish, o`quvchilarning innovatsion g`oyalari va ishlanmalarini rivojlantirish, ularda tanqidiy fikrlash, axborot izlash, tahlil qilish, olingan bilimlarni amaliyotda qo`llash malakasini oshirish maqsadida Prezident ta`lim muassasalari tashkil etildi va keyinchalik Ixtisoslashtirilgan ta`lim muassasalari agentligi sifatida faoliyatini davom ettirishi belgilandi. O`zbekiston ta`lim tizimida 2019 yildan boshlab, har bir viloyatda faoliyat yurita boshlagan Prezident maktablarida zamonaviy ta`lim dasturlari asosida ta`limning tashkil etilishi, bilim berishda erkinlik va demokratiya tamoyiliga nisbatan ustun ahamiyat berilishi avvalgi ta`lim tizimidan tubdan farq qiladi, deb aytish mumkin. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 fevraldagi “ Prezident maktablari

Доказательный фрагмент

«Maqolada zamonaviy jamiyatdagi ta`lim –tarbiya tizimidagi islohotlar, Prezident va ixtisoslashtirilgan ta`lim muassasalari o`qitish jarayonlari va ularning umumiy o`rta maktablaridagi ta`lim berish usullarining farqli…»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada zamonaviy jamiyatdagi ta`lim –tarbiya tizimidagi islohotlar, Prezident va ixtisoslashtirilgan ta`lim muassasalari o`qitish jarayonlari va ularning umumiy o`rta maktablaridagi ta`lim berish usullarining farqli… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Prezident maktablari, ijod maktablari, Art-san`at, mathematics-matematika) dasturlari., milliy mafkuraviy brend, “Steam-ta`lim”(Science-tabiiy fanlar, ong erkinligi, Technology-texnologiyalar, Engineering-texnik ijodkorlik, ixtisoslashtirilgan maktablar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники