К содержанию
РецензированоUZ2026

JINOYAT HUQUQIDA ISHTIROKCHILIK INSTITUTI VA JAVOBGARLIK MASALASI

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Qadambayeva Ozoda Umid qizi (JINOYAT HUQUQIDA ISHTIROKCHILIK INSTITUTI VA JAVOBGARLIK)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada jinoyat qonunchiligida ishtirokchilik tushunchasi, uning mazmun-mohiyati, belgilari, ishtirokchilik turlari va shakllari, jinoyat ishtirokchilarining javobgarlik asoslari va doirasi tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: jinoyat, ishtirokchilik instituti, subyekt, qasd, ishtirokchilik shakllari, bajaruvchi, javobgarlik doirasi, jazo tayinlash. Jinoyat sodir etishda ishtirokchilik instituti jinoyat huquqining muhim va murakkab, alohida ahamiyatga ega bo‘lgan institutlaridan biri hisoblanadi. O‘zR JKning Vll bob 27- moddasida ishtirokchilikda sodir etiladigan jinoyatlarning umumiy tushunchasi berilgan bo‘lib, unga ko‘ra–ikki yoki undan ortiq shaxslarning qasddan jinoyat sodir etishda birgalashib qatnashishi ishtirokchilik deb topiladi. Ushbu ta‘rifdan ko‘rinib turibdiki, ishtirokchilikning obyektiv va subyektiv bog‘liqligi mavjud. Subyektiv tomondan ikki yoki undan ortiq shaxslarning muayyan jinoyatni sodir etishda qasddan ishtirok etishidir. Obyektiv bog‘liqlik belgisi esa jinoyatni amalga oshirishda ikki yoki undan ortiq shaxslarning qatnashayotganligi ya’ni ularning jinoyat obyektiv tomonini ifodalovchi harakatlarni birgalikda sodir etishidir. M.H.Rustamboyevning fikricha, ishtirokchilikda sodir etiladigan jinoyatlarning yuqori ijtimoiy xavfi shu bilan shartlanadiki, bunday holatlarda jinoiy-huquqiy muhofaza obyektlariga sezilarli katta zarar yetkaziladi, jinoiy faoliyat yanada mustahkamroq berkitiladi, bu esa huquq muhofazasi idoralarining uni o‘z vaqtida fosh etish va oldini olish bo‘yicha ishini qiyinlashtiradi[1]. Shuningdek, jinoyatni ishtirokchilikda sodir etilgan deb hisoblash uchun jinoyat huquqida maxsus belgilar ishlab chiqilgan bo‘lib, ular quyidagilar:  Jinoyatni sodir etishda ikki yoki undan ortiq shaxslarning ishtirok etayotganligi;  Jinoyatda ishtirok etayotgan shaxslarning aqli rasoligi va jinoyat subyekti yoshiga yetganligi;  Ular o‘rtasida obyektiv va subyektiv bog‘liqlikning mavjudligi Bu belgilarning har biriga to‘xtaladigan boʻlsak, birinchidan, ikki yoki undan ortiq shaxslarning muayyan jinoyatda ishtirok etishi deganda, faqat qasddan sodir etiladigan jinoyatda kamida ikki kishi qatnashib, biri bajaruvchi, ikkinchisi tashkilotchi yoki dalolatchi, yoxud yordamchi sifatida qatnashgan taqdirda ham jinoyat ishtirokchilikda sodir etilgan deb topiladi. Jinoyatni sodir etishda kamida ikki kishi bajaruvchi sifatida qatnashgan taqdirda ham jinoyat ishtirokchilikda sodir etilgan deb topiladi[2]. JK 28-moddasida jinoyatni bajaruvchi bilan bir qatorda tashkilotchi, dalolatchi va yordamchilar ham jinoyat ishtirokchilari deb topilishi alohida keltirib oʻtilgan. Jinoyatni bevosita to‘la yoki qisman sodir etgan yoxud ushbu Kodeksga muvofiq javobgarlikka tortilishi mumkin bo‘lmagan shaxslardan yoki boshqa vositalardan foydalanib, jinoyat sodir etgan 180 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si shaxs bajaruvchi deb topiladi. Bajaruvchining harakatlari to‘g‘ri yoki egri qasd bilan xarakterlanishi mumkin. Bajaruvchi boshqa ishtirokchilar bilan birgalikda o‘zi sodir etayotgan harakatlarining ijtimoiy xavfli xarakterini anglaydi, ular uchun umumiy, yagona oqibat yuzaga kelishi mumkinligi yoki muqarrarligini oldindan ko‘ra biladi va shu oqibatining yuzaga kelishini istaydi yoki ongli ravishda shunga yo‘l qo‘yadi. Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rilishiga yoki jinoyat sodir etilishiga rahbarlik qilgan shaxs tashkilotchi deb topiladi. Tashkilotchi, odatda, guruh aʼzolarini uchrashtirib, tegishli yo‘l- yo‘riqlar ko‘rsatish, zarur bo‘lsa vositalar berish, jinoyat sodir qilishning qulay usullari yuzasidan tegishli maslahatlarni berish bilan cheklanib, jinoyatning obyektiv tomonini ifodalovchi harakatlarda bevosita qatnashmaydi. Jinoyatning tashkilotchisi asosiy tashabbuskorlardan biri bo‘lib, u jinoyat sodir etilishini tashkil qiladi, jinoyatni sodir qilayotganlarning harakatlariga rahbarlik qiladi. Jinoyat sodir etilishiga qiziqtiruvchi shaxs esa dalolatchi deb topiladi. Dalolatchilik subyektiv tomondan to‘g‘ri qasddan sodir etiladi. Dalolatchi boshqa bir shaxsni jinoyat sodir etishga qiziqtirayotganligini biladi, shuni istab harakat qiladi. JK ning 28-moddasining 5-qismiga muvofiq, jinoyat sodir etilishiga o‘z maslahatlari, ko‘rsatmalari bilan, vositalar berish yoki to‘siqlarni yo‘qotish bilan ko‘maklashgan, shuningdek jinoyatchini, jinoyat sodir etish quroli, izlari va vositalarini yoxud jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan narsalarni yashirishga, shuningdek bunday narsalarni olish va o‘tkazish to‘g‘risida oldindan va’da bergan shaxs yordamchi deb topiladi. Jinoyat sodir etishda ishtirok etayotgan shaxslarning barchasini jinoiy javobgarlikka tortish uchun muhim belgilardan biri–JKning 17-moddasida nazarda tutilgan yoshga yetgan hamda 18- moddasida nazarda tutilgan jinoyat sodir qilish paytida o‘z qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan va o‘z harakatlarini boshqara olgan holda bo‘lgan bo‘lishi lozim. Ishtirokchilikning turlari bilan bir qatorda, uning alohid

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada jinoyat qonunchiligida ishtirokchilik tushunchasi, uning mazmun-mohiyati, belgilari, ishtirokchilik turlari va shakllari, jinoyat ishtirokchilarining javobgarlik asoslari va doirasi tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada jinoyat qonunchiligida ishtirokchilik tushunchasi, uning mazmun-mohiyati, belgilari, ishtirokchilik turlari va shakllari, jinoyat ishtirokchilarining javobgarlik asoslari va doirasi tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
jinoyat, ishtirokchilik instituti, qasd, javobgarlik doirasi, ishtirokchilik shakllari, subyekt, jazo tayinlash., bajaruvchi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники