Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘QUVCHILARDA TANQIDIY FIKRLASH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Sobirova Dilfuza Azimdjonovna (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 2026
Аннотация
Ushbu tezisda maktab o‘quvchilarida tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishda pedagoglarning o‘rni hamda mas’uliyati haqida fikr bildirilgan. Kalit so‘zlar: tanqidiy fikrlash, pedagogika, o‘qituvchi, o‘quvchi, bilim, ko‘nikma, malaka. Tanqidiy fikrlash o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini shakllantirish uchun ta'lim tizimini mustahkamlash muhimligini tan oladi. Bolalarning tanqidiy fikrlash qobiliyati, bir tomondan faktlarga asoslangan bilimlardan foydalangan holda mulohaza yuritish va ochiq va izlanuvchan tafakkurni qabul qilish demakdir. Shu o‘rinda Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning quyidagi gaplari yodimizga tushadi: “Tanqidiy tahlil, qatiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik-har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak”. O‘sib kelayotgan o‘quvchi yoshlarimizda ham davlatimiz rahbari aytganlaridek, tanqidiy tahlilni yoshligidan o‘rgatib boradigan bo‘lsak, biz o‘ylaymizki, ushbu o‘quvchi-yoshlar kelajakda yurtimizning yetuk kadrlari bo‘lib yetishadi. Biroq, bunga erishish uchun maktablarda tanqidiy fikrlashni yaxshilashlari uchun o‘quv dasturlari ko‘proq amalish mashg‘ulotlarga tayangan holda integratsiya qilinishi kerak. O‘qituvchilar, psixologlar va faylasuflar bu borada bir fikrda bo‘lishsa ham tanqidiy fikrlashning ahamiyati, kontseptsiyasi nimani anglatishi haqida hali ham kelishuv mavjud emas hamda o‘qituvchilarni amaliyotda qo‘llash uchun qanday tayyorlanishi kerakligi haqida bahs muzokaralar olib borilmoqda. Bugungu kundagi ta’lim tizimining ham asosiy maqsadlaridan biri umumta’lim maktab o‘qituvchilari ushbu kontseptsiyani qanday qabul qilishlarini va ular o‘zlarining maktablarida qanday professional fon tariqasida tanqidiy fikrlash tajribasini olib kelishlarini o‘rganish hisoblanadi. Bryusseldagi (Belgiya) uchta Yevropa maktabida jami yigirma bir o‘qituvchi yarim tizimli suhbatlar orqali so‘roq qilindi. Ushbu tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, o‘qituvchilar tanqidiy fikrlash tushunchasini yaxshi tushunadilar. Ular tanqidiy fikrlashni turli strategiyalar orqali faktlarni tahlil qilish, boshqa faraziy vaziyatlarni idrok etish va aniq faktlar bo‘yicha shaxsiy fikrlarni shakllantirish hamda takomillashtirish qobiliyati deb hisoblaydilar. O‘qituvchilarning fikriga ko‘ra, bular tanqidiy fikrlovchining asosiy xususiyatlari: turli xil madaniy muammolarga nisbatan fikr yuritish, hamkorlik qilish, tahliliy va ochiq fikrlash haqida o‘z ifodasini topadi. O‘qituvchilarning maktabdagi ta’limi, natijalar, bir tomondan, fikrlash xaritasini tuzish, guruh muhokamasi va sinfda tanqidiy fikrlashni faol o‘rganish hamda rivojlantirish uchun hisobga olinadigan tegishli amaliyot ekanligini ko‘rsatadi. Boshqa tomondan, ular o‘zlarining tajribalari hali ham cheklanganligini ta’kidlaydilar. Ularning kasbiy tajribasiga kelsak, ular o‘qituvchilarni tayyorlash jarayonida loyihaga asoslangan ta’lim va bolalar uchun falsafa orqali tanqidiy fikrlashni rag‘batlantirishni uchratganliklarini ko‘rsatadilar. Shu bilan birga, ular bu sohada hali ham tengdoshlarni o‘rganish va o‘qituvchilar malakasini oshirish jarayonida ilg‘or tajriba almashish orqali qo‘shimcha yordam ko‘rsatish zarurligini ta’kidlaydilar. Tanqidiy fikrlash va o‘rganish g‘oya va tajribalarning turli - tumanligini pedagoglar tushungan hamda qadrlagan vaqtdagina amalga oshadi. Tanqidiy fikrlash yakkayu yagona 7 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si to‘g‘ri javobni qabul qiladigan mentalitet jarayonida yuz bermaydi. Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish oson ish emas. Bu muayyan yosh davrida tugallangan va esdan chiqarilgan vazifa ham emas. Shu bilan birga tanqidiy fikrlashga olib boradigan tugallangan yo‘l ham yo‘q. Lekin tanqidiy fikrlovchilarning shakllanishiga yordam beruvchi muayyan o‘quv sharoitlari to‘plami mavjud. Buning uchun: - tanqidiy fikrlash tajribasini egallashi uchun vaqt va imkoniyat berish; - o‘quvchi yoshlarlarga fikr yuritish uchun imkoniyat berish; - turli - tuman g‘oya va fikrlarni qabul qilish; - o‘quvchi-yoshlarlarning o‘quv jarayonidagi faolligini ta’minlash; - o‘quvchi-yoshlarlarni kulgiga qolmaslikka ishontirish kerak; - har bir o‘quvchi-yoshlarning tanqidiy fikr yuritishga qodir ekanligiga o‘zlarida ishonch hissini uyg‘otish; - tanqidiy fikrlashning yuzaga kelishini qadrlash lozim. Shu munosabat bilan o‘quvchi-yoshlar: - o‘ziga ishonchni orttirish va o‘z fikri hamda g‘oyalarining qadrini tushunish; - o‘quv jarayonida faol ishtirok etish; - turlicha fikrlarni etibor bilan tinglash; - o‘z hukmlarini shakllantirishga hamda undan qaytishga tayyor turishi lozim. Xulosa tariqasida shuni alohida ta’kidlash joizki, o‘qituvchilar ta’limda buni targ‘ib qilish uchun yetarli darajada tayyor bo‘lishlari uchun mavjud amaliyotlar orqali tanqidiy fikrlashni o‘rgatish bo‘yicha yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rishlari kerak. O‘qituvchilarning idrokiga alohida e’tibor qaratilgan ushbu tezis o‘qituvchilarining kasbiy rivojlanishi kontekstida “Tanqidiy fikrlashga oid amaliy kontekstlar”ni targ‘ib qil
Доказательный фрагмент
«Ushbu tezisda maktab o‘quvchilarida tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishda pedagoglarning o‘rni hamda mas’uliyati haqida fikr bildirilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu tezisda maktab o‘quvchilarida tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishda pedagoglarning o‘rni hamda mas’uliyati haqida fikr bildirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- o‘qituvchi, o‘quvchi, ko‘nikma, bilim, malaka., pedagogika, tanqidiy fikrlash
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026