К содержанию
РецензированоUZ1993

UMUMXALQ TILIDAN OLINGAN AXBOROT TEXNOLOGIYA TERMINLARI

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Oydina Abdulboqiyeva (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 1993

Аннотация

Tildagi barcha so‘zlar uning lug‘at tarkibida mujassamlashgan bo‘lib, tilning leksik boyligini tashkil etadi. Tilning boyligi uning lug‘at tarkibini tashkil etuvchi so‘zlarning miqdoriga, xilma-xilligiga bog‘liqdir. Tillarda so‘zlarning eskirib, muomaladan chiqib ketishi tabiiy bo‘lganidek, tilga yangi so‘zlarning kirib kelishi ham tabiiydir. Ushbu tadqiqotda axborot texnologiya sohasidagi o‘z qatlamga oid terminlarni tahlil qildik. Kalit so‘zlar: termin, derevatsiya, terminlashish, terminologiya, intralingvistika, globallashuv, kompyuterlashtirish, adabiy til, umumxalq tili. Biz bugun axborotlashgan jamiyatlar dunyosida, tobora rivojlanayotgan globallashuv jarayonlari, axborot-kommunikatsiya va internet texnologiyalari (AKT) hamda intellektual taraqqiyot hal qiluvchi rol o‘ynayotgan bir jamiyatda yashamoqdamiz. Respublikamizda davlat miqyosida ushbu sohalarga alohida ahamiyat berilib kelinmoqda. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng 1993-yilda ilk bor «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi va shu asosda barcha sohalarda, shu jumladan oliy ta’limda ham kompyuterlashtirish jarayonlariga keng yo‘l ochildi va imkoniyatlar yaratildi. Hozirgi vaqtda mehnat unumdorligini o‘stirish, mahsulot sifatini yaxshilash, bozorda mavjud bo‘lgan turli xil talablarni qondirish va tezkor e’tiborga olish, ilm-fanning ishlab chiqarish tarmoqlarini, ayniqsa, elektronika, hisoblash texnikasi, telekommunikatsiya vositalarini ishlab chiqarishni rivojlantirish muammolarini keltirib chiqaradi. Shu kabi muammolar yechimining topilishi axborotlashtirish jarayonlarini tezlashtirishga sharoit yaratib, uning ulkan imkoniyatlaridan samarali foydalanishni, bozor munosabatlari iqtisodiyotining o‘ta muhim mezoni bo‘lgan raqobatchilikning ta’sirini kuchaytirishda katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Axborotlashtirish zamonaviy dunyo taraqqiyotining eng muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanib, jahon fan- texnikasining iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot yutuqlarini o‘zida mujassamlashtiradi. Jahon tilshunosligida AKT terminlarini tartibga solish ishlari bir til terminlari doirasida ham, ikki til terminlari doirasida ham olib borilgan, soha terminlari muayyan darajada tartibga solingan bo‘lsa-da, milliy tilshunosliklarda AKT terminlarining lingvistik, leksikografik, semantik va tarjimaviy xususiyatlari aniqlanmagan, soha terminlarini tartibga solish mezonlari ishlab chiqilmagan. D.Qadirova o‘zining filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktorlik dissertatsiyasida ingliz va o‘zbekcha AKT terminologiyasi va uning leksikografik xususiyatlari bo‘yicha izlanish olib borgan. Bu doktorlik ishida AKT terminlarining leksikografik jihatlariga ko‘proq e’tibor qaratilgan. AKT terminologiyasi bo‘yicha A.Amirov, D.Atadjanov, A.Atadjanov va boshqa mualliflar jamoasi tomonidan izohli lug‘at yaratilgan. 2023-yil ham O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Axborot texnologiyalari atamalarining izohli lug‘ati nashr qilindi. Jamiyatimiz taraqqiy etar ekan, nafaqat AKT sohasi, balki ko‘plab sohalarda ham jadal o‘zgarishlar bo‘lmoqda, bu esa ularni doimiy tadqiq etib borishni taqazo qiladi. 114 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Biz izlanishlarimiz davomida axborot texnologiyalarini yangi sohalardan biri ekanligi va tabiiyki, sohada chetdan kirib kelgan terminlarning salmog‘i katta ekanligini hisobga olib, lug‘atlardagi umumxalq tilida mavjud bo‘lgan va ma’nosi maxsuslashtirish yo‘li bilan terminlashgan axborot texnologiya terminlariga to‘xtaldik. Umumxalq tili ma’lum bir xalqning so‘zlashuv tilidir. Umumxalq tilini xalq yaratadi. Uni xalq sekinlik bilan yaratib, boyitib boradi. Umumxalq tilining yuqori, sayqallashtirilgan shakli adabiy til sanaladi. Axborot-kommunikatsiya texnologiya terminlari orasida ham umumxalq tilidan olingan terminlar mavjud. Umumadabiy til yordamida ifodalangan AKT terminlarini guruhlashga harakat qildik. 1. Umum adabiy leksikaning boshqa boʻlagida yuz bergan manoviy o‘zgarish natijasida terminlar safiga o‘tadi. Qoidaga ko‘ra umum adabiy tildan terminologik tizimga olingan soʻzlar muayyan ilmiy tushunchani ifodalash uchun xoslanadi. O‘zbek tili texnik terminalogiyasi tizimida detallar mexanizmlar mashina qismlari hamda turli buyum asboblarni ifodalovchi kuz oyoq qadam barmoq qo‘ltiq kabi so‘zlar miqdori ko‘p. Ilmiy matnlarda bu soʻzlar oʻzlarining birlamchi yaʼni denotativ ma’nosini yo‘qotib tartibdagi ilmiy terminga aylanadi. AKT terminlarida ham bu holni kuzatish mumkin: Langar – (ингл: anchor рус: якорь) HTML hujjatidagi, ularga murojatlar bo‘yicha tezkor o‘tish uchun hujjatda maxsus markerlarni o‘rnatishga imkon beradigan, maxsus teg (). Odatda biror bo‘limning yoki butunlay hujjatning boshiga o‘rnatiladi. Qumdon – (ingl: sandbox rus: pesochnitsa) Kompyuter xavfsizligida dasturlarning xavfsiz bajarilishi uchun mexanizm. Qumdon ko‘pincha testlanmagan yoki notanish manbalardan olingan tekshirilmagan kodni yurgizish, hamda v

Доказательный фрагмент

«Tildagi barcha so‘zlar uning lug‘at tarkibida mujassamlashgan bo‘lib, tilning leksik boyligini tashkil etadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Tildagi barcha so‘zlar uning lug‘at tarkibida mujassamlashgan bo‘lib, tilning leksik boyligini tashkil etadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
globallashuv, terminologiya, intralingvistika, derevatsiya, terminlashish, adabiy til, umumxalq tili., termin, kompyuterlashtirish
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники