К содержанию
РецензированоUZ2026

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA DARSLARINI INTERFAOL USULLAR YORDAMIDA TASHKIL QILISH

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · YORDAMIDA TASHKIL QILISH (in-academy.uz/index.php/si) · Babaniyazov Utkirbek Taxirovich (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf oquvchilariga darslarini interfaol usullar yordamida tashkil qilish, bunda o‘qituvchilarga qo‘yiladigan talablar haqida so‘z yurtildi. Kalit so‘zlar: Interfaol usullar, interaktiv o‘yinlar, “Venn diagrammasi” metodi, “Bumerang” metodi. Hozirgi kunda ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalar va interaktiv metodlarni qo‘llashga qiziqish toboro keng tus olmoqda. Bunday metodlarni qo‘llash bir tomondan ta’lim samaradorligi va ta’sirchanligini oshirsa, ikkinchi tomondan o‘quvchilarning o‘qish motivlarini o‘stiradi. Innovatsiya bu yangilik kiritish, yaratish demakdir. Demak, an’anaviy ta’limdagi kabi bir xil shablonlar asosida emas, balki yangiliklar asosida ta’lim jarayonining ta’sirchanligini oshirishga qaratilgan ish shaklidan foydalanish innovatsiya deb ataladi. Ta’limda pedagogik texnologiyalarga asoslanish va innovatsiyaga intilish, o‘quvchilarni faollashtirishga qaratilgan turli interaktiv metodlardan foydalanish ta’lim maqsadini samarali amalga oshirishga yordam beradi. Turli metod hamda didaktik o‘yinlar bolalarda kreativlikni rivojlantiradi. Bunda avvalo dars jarayonida to‘g‘ri va asosli mavzuga mos metodni tatbiq muhum hisoblanadi. Ta’lim bu shunday jarayonki unda o‘qituvchi va o‘quvchilarning hamkorlikdagi faoliyati bo‘lib, shaxsning tarbiyasi va uning taraqqiyoti amalga oshadi. O‘qituvchi darsni qiziqarli hamda o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini so‘ndirmasligi, qisqa qilib aytganda darslardan bezdirmasligi kerak bo‘ladi. Shu maqsadda o‘qituvchi o‘quvchilarni darsga jalb qilish uchun eng avvalo ularning ko‘ngliga yul topa olishi hamda turli hil zamonaviy interfaol metodlardan foydalanishi kerak. Bunda pedagog avvalambor o‘zining qobiliyati, mahorati, malakasi va bilim doirasidan kelib chiqib o‘z bilimlarini o‘quvchilarga singdira olishi kerak bo‘ladi. Bugungi kunda turli hil didaktik o‘yinlardan ham foydalanib kelmoqdalar. Interfaollik deganimizda aynan o‘qituvchi va o‘quvchilar orasidagi o‘zaro muloqotlar, o‘qish-bilish savodhonliklari xam o‘zaro suhbat ko‘rinishida olib boriladi. Bunday interfaol metodlar va didaktik o‘yinlar orqali olib boriladigan darslar juda qiziqarli bo‘ladi, natijada bironta ham o‘quvchi chetda qolmasdan ishtirok etadi va o‘zlarining shaxsiy fikrlarini bemalol qo‘rqmasdan bayon eta oladilar. O‘quvchilar ko‘rgan, eshitgan, idrok qilgan narsalarini zo‘r qiziqish bilan bayon eta oladilar. Bolalarda darsga bo‘lgan qiziqish va havas ham oshadi. Hamda o‘zaro bir- biriga do‘stona munosabatlar xosil bo‘ladi. Bir - birlari bilan o‘zaro fikr almashadilar. Boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning yosh xususiyatlari, savodxonlik darajalari, tabiatlariga qarab turli hil didaktik o‘yinlar va metodlardan foydalaniladi. Endi ta’lim jarayonlarini didaktik o‘yinlarda olib borish haqida gapiramiz: Interfaol metodlar o‘quvchi faoliyatini jadallashtirib faollashtiradi. Bunda o‘quvchilarning shaxsiyatidagi ijodiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqaradi. Interaktiv o‘yinlar – nazariy, amaliy, jismoniy va bir qancha turlarga bo‘linadi. Bunda o‘quvchilar o‘lchash, hisoblash, tahlil qilish, sinash, solishtirish, xulosa chiqarish, nutq o‘stirish, 47 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si mustqail qaror qabul qilish kabi bilimlarni takomillashtiradi. Hozirda amaliyotda qo‘llanilayotgan ta’lim metodlari rang-barang va xilma-xildir. Boshlang‘ich sinflarni o‘qitishda asosan – so‘zlash, ko‘rgazmali vositalardan foydalanib tushuntirish va ko‘rish, tinglashga asoslangan metodlardan foydalaniladi. Bugungi kunda bir qancha rivojlangan mamlakatlarda ta’lim tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi zamonaviy texnikalarni qo‘llash borasida katta tajriba asoslarini tashkil etuvchi – interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda. Interaktiv metodlarning turlari ko‘p bo‘lib, ta’lim tarbiya jaratyonining deyarli hamma vazifalarini amalga oshirish maqsadlari uchun moslari hozirda mavjud. Hozirgi kunda maktablarda boshlang‘ich sinf o‘qivchilarimizga “Vin diagrammasi”', “'Sinkveyin”, “Bumerang”, “Enerjeyzer”, “4 Format” kabi metodlardan foydalanilib darslar o‘tilmoqda. “Venn diagrammasi” metodi. Ikki yoki undan ortiq narsalarni qanday solishtirishni va qanday qilib solishtirishni o‘rganishda foydalaniladi. Venn diagrammasi – ikki yoki undan ortiq narsalarni, voqealarni, odamlar va tushunchalarni taqqoslash va farqlash uchun ishlatiladigan metoddir. Odatda ushbu metod til va matematika fanlarida qo‘llaniladi. Ushbu sodda grafik o‘quvchilarning ikkita narsaning bir vaqtning o‘zida turli xil va bir xil bo‘lganligini tushunishlarini osonlashtiradi. Bunda ko‘pincha ikki doira bir - biriga ozgina mindirib chiziladi, uch hil rangda bo‘yaladi. masalan: 5+5=10 bunda 5 qo‘shiluvchi qizil rangda, ikkinchi qo‘shiluvchi 5 esa sariq rangda, yig‘indi yashil rangda bo‘ladi. “Bumerang” metodi. Ushbu metod o‘quvchilarni dars jarayonida, darsdan tashqarida turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, o‘rganilgan materialni yodda saqlab qolish, so‘zlab berish, fik

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf oquvchilariga darslarini interfaol usullar yordamida tashkil qilish, bunda o‘qituvchilarga qo‘yiladigan talablar haqida so‘z yurtildi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf oquvchilariga darslarini interfaol usullar yordamida tashkil qilish, bunda o‘qituvchilarga qo‘yiladigan talablar haqida so‘z yurtildi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
“Bumerang” metodi., Interfaol usullar, interaktiv o‘yinlar, “Venn diagrammasi” metodi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники