К содержанию
РецензированоUZ2026

XOLIS QALAMIGA MANSUB QISSALAR

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Kentayeva Gulmira Ismadiyarovna (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

Tezisda Xolisning she'riy qissalari haqida ma'lumotlar keltirilgan. Manba yangiligi bilan ahamiyatlidir. Tezisdada Xolis qissalarining ahamiyati va boshqa ijodkorlar asaridagi qissalar bilan o'xshashliklari ketltiriladi. Tayanch so'z va iboralar: Turkiy adabiyot, she'riy qissachilik,ʻʻRavzat ush shuhado’’, ʻʻImomlar qissasi’’, ʻʻShoh Jarir qissasi’’, islom tarixi, turkiy xalqlar, axloqiy didaktika. Turkiy adabiyotda she'riy qissalar ikki yo'nalishda qo'llanilgan. Biror muallif tomonidan yozilib, qahramonning hayoti va sarguzashtlari hikoya qiluvchi rivoyaviy asar sifatida. Ikkinchisi xalq qissalari bo'lib, ular og'zaki ijro qilingan. Keyinchalik adabiy qayta ishlanib, xalq kitoblari sifatida yozma shaklda dunyo yuzini ko'rgan. ʻʻXolis qalamiga mansub qissalardan biri ʻʻImomlar qissasidir''. U ham o'z davrida xalq orasida juda keng tarqalgan bo'lib bu syujet asosida qator asarlar yaratilgan. Uvaysiy qalamiga mansub, Dostoni shahzoda Xasan'', ʻʻDostoni shahzoda Xusayn’’ asarlari shunday asarlar jumlasidandir. Qissaning ko'plab nusxalarda ko'chirilganligi o'sha davrda bunday asarlarga qiziqishning kuchli bo'lganligidan dalolat beradi’’1. Bundan tashqari ushbu qissalarning ba'zi nusxalarida fors-tojik tilida ham bunday asar mavjudligi va ko'pligiga ishoralar bor. Xusayn Voiz Koshifiyning ʻʻRavzat ush shuhado'' asari bilan qiyoslanganda, ular orasida ba'zi mushtarakliklar bor. Xususan , syujet yo'nalishi va ko'pgina voqealar tasviridagi tartib juda o'xshash. Masalan Ravzat ush shuhado'' da avval Muhammad payg'ambar, so'ng Fotima, Ali, Xasan haqidagi voqealar bayon qilinadi. ʻʻImomlar qissasi’’ da ham shunday faqat payg'ambardan so'ng Abubakr, Umar, Usmon faoliyatlari va vafotlari ham tilga olingan. Koshifiy asarning Karbalodagi urush, Xusayn va oilasining halokati qismalari Muhammad Fuzuliy tomonidan ozarbayjon tiliga ham ijobiy tarjima qilingan’’2. Shuningdek, Sayqaliy qalamiga mansub ''Vafotnomai payg'ambar'' nomli o'zbekcha she'riy qissa varianti ham bor. Bu nusxalar bir biridan ko'chirilmagan bo'lishi mumkin, ammo syujeti yuzaga keltiruvchi voqealarning birligi o'z o'zidan asarlar o'rtasida o'xshashlik paydo qilgan. Xolisning ʻʻImomlar qissasi’’ da avvalo Muhammad alayhis salom vafotiga to'xtab o'tiladi. Payg'ambarning faoliyati bir qadar yodga olinib uning vafotiga bag'ishlangan marsiya ham keltiriladi. Shuningdek sahobalar Abu Bakr Umar va Usmon hayoti va faoliyati hamda qazosi tog'risida qisqacha bayon qilinib, marsiyalar bilan taziya izhor qilinadi. Payg'ambar alayhis salomning qizi Fotima haqida ham ba'zi ma'lumotlar berilib, so'ng asosiy voqea bayoni boshlandi. Qissai Hazrat Ali va o'gillari Xasan va Xusaynlar hamda Xusaynning avlodlari to'g'risida o'ziga xos tarix desak xato qilmaymiz. Badiiylik talablari asosida ba'zi voqea va obrazlar shubhali tuyulsa ham, yani to'qimallika yaqin bo'lsa ham asardagi ko'pchilik voqea hodisalarning o'rni qarama qarshi tomonlardan turib kurash olib borgan qahramonlar nomi 1 Abdullayev O'zbek adabiyoti tarixi. Ikkinchi kitob. -T.: O'qituvchi.1994. -383 b. 2 Valixo'jayev B O'zbek epik poeziyasi tarixidan. -T.: Fan, 1974. -150 b. 86 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si aynan tilga olinishi qissani tarixiy voqelikka yanada yaqinlashtiradi. Qissada alizodalarning ummaviylar tomonidan qirg'in qilinishi ancha batafsil yoritilib shu davrdagi kurashlar o'ziga xos bir badiiy uslubda bayon qilinadi. ʻʻXolis tarixiy mavzuda asar yozishni davom ettirib xalifa Usmon davrida shuhrat qozongan sarkarda Jarir ibn Muhammad to'g'risida ham bir doston yaratgan. Shoh Jarir tog'risida Xolis yashagan davrda bir qator rivoyatlar mavjud bo'lgan. Shuningdek o'sha davrda yaratilgan tarix kitoblarida Farg'ona xalqini musulmon qilish uchun bu yerga kelgan sarkardalardan biri sifatida uning nomi tilga olingan. Jumladan Ibratning Farg'ona tarixi asarida Jarir to'g'risida ma'lumotlar beruvchi fors tilida yozilgan ,,Mulhaqot Shoh Hurmiz'' asarlari aytib o'tiladi’’3. Ibrat ma'lumotlariga qaraganda XIX asr birinchi yarmida Shoh Jarir faoliyatiga bag'ishlangan bir nazmiy asar Farg'onada juda keng tarqalgan edi. Tarixda ma'lum bir sohada ko'zga ko'ringan shaxslarni madh etuvchi ularning faoliyatini oliqshlovchi o'zlarini esa xalq qahramoni darajasiga olib chiquvchi asarlar avvalo ana shu qahramon yetishib chiqqan millat, ellat, urug' yoki qabila tomonidan yaratiladi. Bu qahramonlar ba'zan xalqning orzu-umidlarini amalga oshirish uchun xizmat qilmasigi yoki bu asarlar xalqaro g'oyalarni ilgari surmasligi mumkin. Ammo ular ana shu urug'ning vakili sifatida o'zi mansub bo'lgan xalqning farzandi sifatida shu xalqni jahonga tanitadilar va tarixda qoldiradilar. Lekin ma'lum bir ma'noda xalq istaklarini ifodalamaydigan asarning o'zi ham bo'lmasa kerak. Qissalar tarkibida har ikki jihatni o'zida namoyon qiladiganlarni uchratish mumkin. ʻʻImomlar qissasi’’da tomondan faqat bir necha shaxs hayoti bilan bog'liq voqealarnigina aks ettiruvchi asar sifatida ko'rinsa, ikkinchi tom

Доказательный фрагмент

«Tezisda Xolisning she'riy qissalari haqida ma'lumotlar keltirilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Tezisda Xolisning she'riy qissalari haqida ma'lumotlar keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ʻʻShoh Jarir qissasi’’, turkiy xalqlar, Turkiy adabiyot, she'riy qissachilik, islom tarixi, ʻʻRavzat ush shuhado’’, ʻʻImomlar qissasi’’, axloqiy didaktika.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники