К содержанию
РецензированоRU2026

XALQ OG‘ZAKI IJODI – YOSHLARNI KAMOLOTGA YETAKLOVCHI TARBIYA MANBAYI

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · ATAJONOVA SHOHISTA (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

В статье на примерах анализируется положительное значение народных эпосов в процессе воспитания молодежи, то, что они являются зеркалом в отражении нашей народности. Annotation: The article analyzes the positive importance of folk epics in the process of educating young people, the fact that they are a mirror in reflecting our nationality, using examples. Kalit so‘zlar: Folklor, doston, obraz, ijobiy va salbiy obraz, milliy g‘urur, fidoyilik. Ключевые слова: фольклор, эпос, образ, положительный и отрицательный образ, национальная гордость, самоотверженность. Key words: Folklore, epic, image, positive and negative image, national pride, selflessness. Xalq pedagogikasining negizi bo‘lmish xalq og‘zaki ijodining yana bir asosiy tarmog‘i xalq dostonlaridir. Xalq dostonlarida hamma davrlarda, ayniqsa, hozirgi kunda tarbiyaning eng dolzarb mavzularidan biri — vatanparvarlik va milliy g‘urur, milliy iftixor, erk, ozodlik uchun kurash tuyg‘ularini tarannum etish asosiy o‘rinni egallaydi. Bugungi kunda yosh avlodni tarbiyalashdagi asosiy va eng muhim maqsad va vazifa — milliy istiqlol mafkurasini ular ongiga singdirishdir. Milliy istiqlol mafkurasining negizini esa aynan — Vatanga muhabbat, sadoqat, milliy g‘urur, iftixor, Vatan ozodligi va erkinligi uchun kurash g‘oyalari tashkil etadi. Ko‘rinib turibdiki, hamma davrlarda, ayniqsa, O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan bugungi kunda xalq dostonlarini bolalarga o‘qitish, aytib berish, o‘rgatish, muhokama qilish nafaqat tarbiyaviy ahamiyat, balki siyosiy ahamiyat ham kasb etadi. Milliy istiqlol mafkurasini yoshlar ongi va qalbiga jo aylash uchun, avvalo, ularda Vatanga muhabbat, fidoyilik, milliy g‘urur va milliy iftixor hislarini tarbiyalamoq lozim, Onani, yaqinlarini, o‘z oilasini sevmay turib, Vatanni sevmoq mumkin emas. Vatanni sevmay turib, unga sadoqatli va fidoyi bo‘lish mumkin emas. Oddiy insoniy g‘ururni tarbiyalamay turib, milliy g‘urur va milliy iftixorni tarbiyalamoq mumkin emasdir. Bolalarda mardlik, jasorat, shijoat, botirlik fazilatlarini tarbiyalamay turib, Vatanga fidoyilikni, kerak bo‘lganda Vatan uchun o’zini baxshida eta oladigan yoshlarni tarbiyalash mumkin emas, aslo. Demak, hozirgi kunda, eng avvalo, yoshlarda ana shu xislatlar, tuyg‘ularni tarbiyalamog‘imiz kerak ekan. Bunday mas’uliyatli va nihoyatda nozik vazifani hal etishda hozir ham biz eng ta’sirchan va samarali vosita — xalq dostonlaridan o‘rinli va salmoqli foydalanmog‘imiz lozim. Masalan, “Alpomish” dostonida shunday bir lavha bor: Qalmoq elidan Barchinoy Hakimbekka xat yuboradi. U to‘qson alpdan qirq kun ruxsat olib, shu qirq kunda Alpomishning yetib kelishiga umid bog‘laganini izhor etadi. Lekin xat Hakimbekning qo‘liga tegmaydi, uni otasi Boybo‘ri bekitib qo‘yadi. Chunki u o‘g‘lining begona yurtga — Qalmoq eliga borishini xohlamaydi. Xatni Hakimbekning singlisi Qaldirg’ochoyim topib, akasiga 89 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si beradi. Hakimbek xatni oladi-yu, indamaydi. Qaldirg‘och javobini so‘raganida “Bir xotinni deb, qalmoqlar bilan talashib yuramanmi”, — deydi. Shunda shaddod qiz akasining yigitlik hamiyatiga tegadi. Hakimbekning hamiyati qo‘zg‘ab, mudroq g‘ururi junbushga keladi va otasining man etishiga qaramay, Qalmoqqa yo‘l oladi. Endi Barchinga qaytaylik, Barchin Qorajondan Hakimbekning kelganini eshitib, “Alpomish kelsa kelibdi-da, nima qilay. Alpomish keldi deb etagiga osilib ketaveraymi, kelgan bo‘lsa yaxshi. Men to‘qson alpga va’da berganman. Alpomishga ham, ularga ham shartim bor. Kim shu shartlarimni bajarsa, shunga tegaman”, - deya javob beradi. Ana o‘zbek qizining mardligi va jasorati, g‘ururi! Yigitlarga bergusiz mardlik, tantilik va g‘urur bu! Bunday g‘ururning mo‘jizaviy ko‘rinishini dostonlardan tashqari yana qayerda ko‘rsa bo‘ladi? Albatta, dostonlarda, xalq og‘zaki ijodi-da! Xalqimiz, ajdodlarimiz avlodlarining, farzandlarining sog‘lom, baquvvat, pahlavon bo‘lishlarini azaldan orzu qilib kelgan. O‘zbek xalqi o‘zining Alpomish, Go‘ro‘g‘li, Kuntug‘mish, Ravshan, Avaz, Hasan kabi afsonaviy pahdavonlariga ega. Xalqning qahramonlik va mardlik haqidagi orzulari, sodiq do‘st, vafoli yor, jonkuyar og‘a-ini to‘g‘risidagi umid-istaklari ana shu qahramonlar timsolida tasvirlangan. Xalq ularni o‘z dushmanlariga qarshi kurashda har ishga qodir jismoniy baquvvat, ma’naviy yetuk qahramonlar qilib ta’riflagan. Masalan, Hakimbek yoshligidanoq bahodir, har ishga qodir bo‘lib o‘sadi. U yetti yoshidayoq bobosi Alpinbiydan qolgan o‘n to‘rt botmonli yoydan otib, Asqar tog‘ining cho‘qqisini uchirib yuborgani uchun Alpomish nomini oladi va to‘qson alpning biri bo‘lib qoladi. Alpomish faqat kuchli, jasur bo‘libgina qolmay, adolatli, jonkuyar, bechoralarga madadkor, do‘stga sodiq, yorga vafodor, ota-onasi va Vataniga mehrli, fidoyi yigit. “Alpomish” dostoni xususida qariyb bir asrdan buyon turli darajada fikr-mulohazalar bildirilib kelinmoqda. Ularda dostonning har xil jihatlari atroflicha tadqiqqa tortilgan. Jahon ma’naviyati va m

Доказательный фрагмент

«В статье на примерах анализируется положительное значение народных эпосов в процессе воспитания молодежи, то, что они являются зеркалом в отражении нашей народности.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье на примерах анализируется положительное значение народных эпосов в процессе воспитания молодежи, то, что они являются зеркалом в отражении нашей народности. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Folklore, epic, image, positive and negative image, national pride, doston, Folklor, milliy g‘urur, ijobiy va salbiy obraz, фольклор, национальная гордость, fidoyilik., selflessness., самоотверженность., образ, эпос, положительный и отрицательный образ, obraz
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники