Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
DARS JARAYONLARIDA NUTQNING YUZAGA KELISHI BILAN BOG‘LIQ SO‘Z VA QURILMALARNING QO‘LLANISHIGA OID PRAGMATIK XUSUSIYATLARNI O’RGANISH METODIKASI
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · O’RGANISH METODIKASI (in-academy.uz/index.php/si) · Yuldoshev Rustam Dilshod O’g’li (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 2 · 23-57 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada, ko’p tilli talabalar nutqidagi yuzaga kelishi mumkin bo’lgan pragmatik nuqtai nazardan o’rganish va uni rivojlantirish, shuningdek pragmatik lisoniy vositalarning talabalar o’rtasidagi muloqotdagi rolini aniqlash haqida so‘z yuritiladi. Kalit so‘zlar: semantika, sintaktika va pragmatika, og’zaki nutq, sintaktik qurilmalar, nutqiy vaziyat, nutq subyekti, ilmiy muomala, lingvistik pragmatika, gap semantikasi. Tilshunoslik tarixida inson nutqiy faoliyati bilan bog‘liq masalalarni o‘rganish muhim ilmiy-nazariy ahamiyat kasb etib kelmoqda. Har qanday fan taraqqiyoti muayyan bosqichlardan iborat. Ular o‘z davri uchun yangilik sifatida namoyon bo‘lsa keyingi davrlar uchun fan asoslarining shakllanishida nazariy manba vazifasini o‘taydi. Shu bois har bir davrga xos qarashlar fan taraqqiyotiga xizmat qiluvchi omil sifatida baholanadi. “Pragmatikaning manbasi Ch. Pirs, U. Djems, D. Dyun kabi taniqli faylasuf olimlar nomi bilan bog‘liqdir. Chunki ularning ishlarida (XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida) belgilar sistemasi va lingvistik belgi funksionalligi xususidagi g‘oyalar o‘rtaga tashlanib, semiotika haqidagi asosiy tushunchalar aniqlanadi, sintaktika, semantika va pragmatika o‘rtasidagi o‘zaro farqlar ko‘rsatiladi”. “Pragmatika” termini XX asrning 30-yillarida Ch. Morris tomonidan ilmiy muomalaga olib kirilgan. Keyinchalik ushbu termin bir necha olimlarning ilmiy asarlarida keng qo‘llanilib, turli qarashlar vujudga keldi. Mana shu nazariyalar orqali XX asrning 60-70-yillarida tilshunoslikda pragmatik yo‘nalish paydo bo‘la boshladi. “Lingvistik pragmatikaning shakllanishi yirik olim L. Vitgenshteynning falsafiy qarashlari bilan bog‘liq bo‘lib, aynan uning ishlarida pragmatika nazariy semiotik tadqiqotning mustaqil sohasi sifatida ko‘rsatib o‘tiladi. Keyinchalik yevropa va rus tilshunosligida lingvistik pragmatika xususidagi ilmiy ma’lumotlar keng berila boshladi hamda ilmiy izlanishlar olib borildi. Dastlab Ch. Morris semiotikani uch yo‘nalishga: semantika, sintaktika va pragmatika kabi yo‘nalishlarga ajratgan. Ko‘rinadiki, semantika, sintaksis va pragmatika kabi tilshunoslik yo‘nalishlari fan sifatida baravar rivojlanmadi.Semantika, sintaksis yo‘nalishlari har tomonlama o‘ganildi-yu, pragmatika tadqiqotchilar e’tiboridan chetda qoldi. Buning natijasida tilga xos semantik va sintaktik ilmlar talqini har jihatdan mukammallashib borgani holda, konkret vaziyat bilan aloqador nutq subyekti ishtirok etgan real nutqiy jarayonga xos tilshunoslikning pragmatik yo‘nalishi o‘zining chuqur tadqiqiga ega bo‘lmadi. Shunday bo‘lsada so‘ngi yillarda yevropa tilshunosligida bu sohani o‘rganish jadal o‘sib bormoqda. Pragmatika haqidagi qarashlar turlichadir. Jumladan, N.D. Arutyunova, Yu.S. Stepanovlar pragmatikani badiiy kommunikatsiyaning subyektiv xususiyatlarini, matnda uni ijodkorlarining “men”ini ifodalanishi uslublarini o‘rganuvchi nazariya sifatida qarashni taklif qilishdi. L.A. Kiseleva esa pragmatikani so‘zlovchining voqelikka, axborot mazmuniga va adresatga (tinglovchi, o‘quvchi) bo‘lgan munosabatining lisoniy birlik mazmunidan joy olgan 92 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si ta’sirchanlik kuchini aniqlovchi fan (nutqiy ta’sir nazariyasi) sifatida tasavvur etuvchilar, deya ta’rifladi. Ingliz tilshunosligida ham pragmatika turli jihatlardan o‘rganib tadqiq etildi va pragmatikaga turli tadqiqotchilar o‘z tariflarini berishdi. Xususan, J. Layonz tilshunoslarning XII xalqaro kongressida (Vena, 1977) pragmalingvistikaning predmetini aniqlash va uning ta’rifini berishga harakat qildi: “Pragmatika tinglovchini uzatilayotgan axborotni xuddi so‘zlovchi istaganidek qabul qilishga undash maqsadi uchun mos keladigan lisoniy birliklarning kommunikatsiyada qo‘llanishini tavsiflaydi. Bu pragmatika lisoniy vositalarning shaxslararo muloqotdagi rolini aniqlash bilan shug‘ullanadi”7. Demak, yuqoridagi ta’rif asosida lisoniy harakatdagi ko‘zlanayotgan maqsad va unga erishish vositasi bo‘lib qolmoqda. Pragmatilkaning nazariy bilimlari ko‘p jihatdan o‘rganib chiqilgan bo‘lib ularning har biri alohida bosqichlarda shakllandi. Gap, nutq, tilshunoslik ko‘plab jihatlari asnosida o‘rganib chiqilgan. Gap semantikasini shu gap tarkibida qo‘llanilayotgan so‘zlarning faqat ob’yektiv borliqqa munosabatini aniqlash bilangina to’la izohlash mumkin emas ekan. Bunga gapning nutq jarayoniga, nutq vaziyatiga munosabatini aniqlashni ham qo‘shish zarurati tug‘ildi. Ana shunday amaliy ehtiyoj bilan lingvistik semantika bag‘ridan pragmatika o‘sib chiqdi. Shunday qilib, sintaksisda uch yo‘nalish maydonga keldi: 1. Semantika 2. Sintaktika 3. Pragmatika G. Klaus boshqa tilshunoslardan farqli ravishda, semiotik nuqtai nazardan tilning to‘rt yo‘nalishini ko‘rsatib o‘tadi. Sintaktika belgi bilan belgi o‘rtasidagi munosabatni o‘rganadi. Semantika moddiy olamni aks ettiruvchi tushunchalar nuqtai nazaridan belgi ma’nosini o‘rganadi. Sigmatik yo‘nalish belgi va predmet o‘rtasidagi o‘zaro munosabatni o‘rgana
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada, ko’p tilli talabalar nutqidagi yuzaga kelishi mumkin bo’lgan pragmatik nuqtai nazardan o’rganish va uni rivojlantirish, shuningdek pragmatik lisoniy vositalarning talabalar o’rtasidagi muloqotdagi roli…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada, ko’p tilli talabalar nutqidagi yuzaga kelishi mumkin bo’lgan pragmatik nuqtai nazardan o’rganish va uni rivojlantirish, shuningdek pragmatik lisoniy vositalarning talabalar o’rtasidagi muloqotdagi roli… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ilmiy muomala, nutqiy vaziyat, og’zaki nutq, lingvistik pragmatika, sintaktika va pragmatika, semantika, gap semantikasi., sintaktik qurilmalar, nutq subyekti
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024