Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MILLIY MADANIYATLARNING XALQARO MARKETING STRATEGIYALARIGA TA'SIRI
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Uzoqova Dilnoza Yusuf qizi (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 2026
Аннотация
Ushbu tezis xalqaro marketing strategiyalarini ishlab chiqishda madaniy farqlarning ahamiyatini yoritib beradi va bu sohada chuqur ilmiy tahlil qilish imkoniyatini taqdim etadi. Kalit so’zlar: madaniyat, globalizatsiya, marketing, mahsulot, marketing strategiyasi, iste’molchi. Hozirgi globalizatsiya va texnologik taraqqiyot davrida biznes muhitining murakkablashuvi kompaniyalardan faqat mahalliy bozorga emas, balki xalqaro bozorlarga ham e'tibor qaratishni talab qilmoqda. Xalqaro marketing strategiyalarini ishlab chiqishda milliy madaniyatning roli katta ahamiyatga ega bo'lib, bu omil kompaniyalarning global muvaffaqiyatida muhim o'rin tutadi. Milliy madaniyatlar nafaqat iste'molchilarning xarid qilish odatlari va istaklarini shakllantiradi, balki marketing kommunikatsiyalari, mahsulot dizayni, brending, narx belgilash va tarqatish kanallari kabi sohalarga ham bevosita ta'sir ko'rsatadi. Milliy madaniyatning xalqaro marketing strategiyalariga ta'siri iqtisodiy, psixologik va ijtimoiy omillar orqali namoyon bo'ladi. Kompaniyalar va brendlar, global bozorlar bilan muvaffaqiyatli aloqalar o‘rnatish uchun milliy madaniyatning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olishlari zarur. Madaniyatni tushunish va unga moslashish orqali brendlar mahalliy bozorlarda muvaffaqiyat qozonishi va global raqobatda o‘z o‘rnini mustahkamlashi mumkin. Qo’yida marketing strategiyasini tuzishda muhim bo’lgan omillarni ko’rib chiqamiz: Milliy madaniyatning o‘ziga xos xususiyatlari — qadriyatlar, an'analar, urf-odatlar va til — kompaniyalar va brendlar tomonidan ishlab chiqilgan marketing strategiyalarida aks etishi zarur. Marketing kampaniyalarida milliy madaniyatni hisobga olish, iste'molchilarning ehtiyojlari va xulq-atvorini yanada yaxshi tushunishga yordam beradi. Misol uchun, reklama kampaniyalarida madaniy qadr-qimmatlarni hurmat qilish va ularning asosida yondashuvni rivojlantirish, brendning mahalliy bozorga moslashishiga yordam beradi. Milliy madaniyat mahsulot dizayni va taqdimot usullarida ham aks etadi. Mahsulotlarning dizayni, ranglari, qadoqlash usullari va marketing materiallari mahalliy madaniyatning estetik talablariga moslashtirilishi kerak. Misol uchun, ba'zi mamlakatlarda qora ranglar motam bilan bog'liq bo‘lishi mumkin, bu esa mahsulot qadoqlashida va reklama materiallarida hisobga olinishi lozim. Taqdimot usullari ham mahalliy madaniyatga mos bo‘lishi zarur, chunki turli madaniyatlarda mahsulotni qanday taqdim etish yoki savdo qilish usullari farq qiladi. Narx siyosati ham milliy madaniyat bilan chambarchas bog‘liq. Iste'molchilarning to‘lov qobiliyati, narx sezgirligi va iqtisodiy sharoitlarni hisobga olish orqali kompaniyalar o‘z narx siyosatini moslashtirishi zarur. Masalan, yuqori daromadli mamlakatlarda premium mahsulotlar va xizmatlar ko‘proq qabul qilinishi mumkin, o‘rtacha daromadli mamlakatlarda esa qiymatga qarab mahsulotlar taqdim etilishi kerak. Xalqaro bozorlarga kirish strategiyalarini ishlab chiqishda kompaniyalar milliy madaniyatlarni chuqur o‘rganishlari va marketing strategiyalarini mos ravishda moslashtirishlari zarur. Madaniy moslashuv quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: 28 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si - Madaniyat tahlili: Maqsadli bozordagi madaniyatni tahlil qilish, Hofstede va Trompenaars kabi modellar asosida madaniy o'lchovlarni aniqlash. - Strategiyani Moslashtirish: Mahsulot dizayni, reklama, narx va tarqatish strategiyalarini madaniy talablar va qadriyatlarga moslashtirish. - Mahalliy hamkorlik: Mahalliy hamkorlar va distribyutorlar bilan hamkorlik qilish orqali madaniy tafovutlarni yengib o‘tish. - Madaniy raqobatbardoshlik: Madaniy moslashuv orqali raqobatbardoshlikni oshirish va iste'molchilarning ishonchini qozonish. Xulosa o’rnida Milliy madaniyatlarning xalqaro marketing strategiyalariga ta'siri kompaniyalarning global muvaffaqiyatida asosiy omil bo‘lib, bu omilni to‘g‘ri tushunish va hisobga olish kompaniyalarga global bozorlarda barqaror o‘rin egallash imkonini beradi. Kompaniyalar global bozorlarda muvaffaqiyat qozonish uchun milliy madaniyatlarni chuqur o‘rganishlari, marketing strategiyalarini moslashtirishlari va mahalliy ehtiyoj va istaklarga javob berishlari zarur buning uchun quyida bir qancha tavsiyalar keltirishimiz mumkin: - Madaniy tadqiqotlarni kuchaytirish: Kompaniyalar global bozorlarga kirishdan oldin mahalliy madaniyatlarni o‘rganish va tahlil qilish uchun yetarli resurslar ajratishlari zarur. - Moslashtirilgan marketing strategiyalarini ishlab chiqish: Har bir bozor uchun alohida marketing strategiyalarini ishlab chiqish, mahsulot va kommunikatsiyalarni mahalliy talab va qadriyatlarga moslashtirish. - Mahalliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish: Mahalliy hamkorlar va distribyutorlar bilan hamkorlik qilish orqali madaniy farqlarni yengib o‘tish va bozorga tezroq moslashish. - Madaniy raqobatbardoshlikni oshirish: Madaniy moslashuv orqali raqobatbardoshlikni oshirish, iste'molchilarning ishonchini qozonish va brend imidj
Доказательный фрагмент
«Ushbu tezis xalqaro marketing strategiyalarini ishlab chiqishda madaniy farqlarning ahamiyatini yoritib beradi va bu sohada chuqur ilmiy tahlil qilish imkoniyatini taqdim etadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu tezis xalqaro marketing strategiyalarini ishlab chiqishda madaniy farqlarning ahamiyatini yoritib beradi va bu sohada chuqur ilmiy tahlil qilish imkoniyatini taqdim etadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- marketing, marketing strategiyasi, iste’molchi., mahsulot, globalizatsiya, madaniyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024