Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O’ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA MUHABBAT KONSEPTINING LISONIY VOQEALANISHI
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Gulxayo G’iyosiddinova Muzaffar qizi (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 03 · 1956
Аннотация
Bugungi kunda zamonaviy tilshunoslik sohasida kognetiv tilshunoslik, jumlada, konseptlar ifodalagan tag ma’nolarni o’rganish tilshunos olimlarning asosiy vazifalaridan birga aylanmoqda. Shu qatorda O’zbek va Ingliz tillaridagi “Muhabbat” konseptini o’rganish, tadqiq qilish, konseptologik masalalari ham chuqur e’tibor markazida hisoblanadi. Ushbu maqolada O’zbek va Ingliz tillaridagi “Muhabbat” konseptini lisoniy voqealanishi yuzasidan bir qancha fikrlar e’tirof etilgan. Key words: kognetiv tilshunoslik, konsept, lingvomadaniy, Pragmalingvistika, leksik, frazeologik, sintaktik, semantik, Hozirgi kunga kelib barcha fan sohalari qatori tilshunoslik ham tobora rivojlanib kelmoqda. Dunyo tilshunosligida matnga avvallari sintaktik struktur jihatdan yondashilgan bo`lsa, XXI asr boshlaridan boshlab lingvokulturologik, lingvokognitologik, sotsiolingvistik hamda psixolingvistik tamoyillar yordamida tahlil qilish kuchaydi. Xususan, insonning bilish faoliyati bilan shug`ullanuchi lingvo kognitologiyaning paydo bo`lish sanasini 1956-yildan deb e’tirof etadilar. Kognitiv tilshunoslikda kognitiv atamasining izohi “inglizcha “cognitive – bilishga oid” so`zi bilan bog`liq”dir. Kognitiv lingvistika insonning kognitiv faoliyati bilan chambarchas bog`liq sanaladi. Konsept, ssenariy, kognitsiya, freym atamalari kognitiv lingvistikaning markaziy tushunchalaridir. [4, 12]. Konsept ikki tomonlama xususiyatga ega. Chunki u bir tomondan madaniyat konsept ko`rinishida insonning mental dunyosiga kirsa, boshqa bir tomondan, inson konsept yordamida madaniyatga kiradi va ba’zan unga ta’sir ko`rsatadi. Konseptga taniqli rus tilshunosi V.A.Maslova quyidagicha ta’rif bergan: bu lingvomadaniy o`ziga xoslik qayd etilgan va muayyan etnomadaniyat egalarini u yoki bu tarzda tavsiflovchi semantik tuzilmadir”. Tilshunos olim N. Mahmudov o`zining “Til tizimi tadqiqi” nomli risolasining “Tilning mukammal tadqiqi yo`llarini izlab…” mavzusidagi maqolasida “…konsept tafakkurga oid, mazmuniy mental tushuncha, lekin uni milliy-madaniy unsurdan tamoman xoli bo`lgan hodisa sifatida qarash anchayin munozaralidir” deb yozadi. Pragmalingvistika hamda kognitiv tilshunoslik asarlari muallifi, tilshunos Sh. Safarov ta’biri bilan aytganda, “…inson til va moddiy olamni bir xil uslubda hamda bir xil yo`nalishda o`zlashtiradi. Moddiy dunyo idroki ayni paytda idrok etilayotgan predmet –hodisalar haqida tushuncha tug`ilishini, keyinchalik ushbu tushuncha mental namuna – konsept sifatida shakllanib, moddiy nom olishini taqozo qiladi.” Quyida biz tadqiq etmoqchi bo‘lgan konseptologiya ham kognitiv tilshunoslikning bir yo‘nalishi hisoblanib, uning o‘rganilish obyekti konsept(konseptsiya)dir. Zamonaviy tilshunoslikda mavjud bo’lgan konseptni aniqlash muammosi bilan konsept va til birliklari o’rtasidagi munosabatlar muammosi o‘zaro bog’liq hodisa. Hozirgi kunda konsept atamasiga doir bir qancha qarash va nazariyalar mavjud. Shu jumladan, Yu.S.Stepanov konseptni “inson ongida madaniyat o’chog’i, bu madaniyat shaklida insonning aqliy olamiga kiradigan narsa”[4, 134] deya ta‘riflashini 17 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si konsept lingvokulturologiyada eng ko‘p qo’llanuvchi birlik ekanligi bilan bog‘lasak to‘g‘ri bo‘ladi. Shuningdek, Y.S.Stepanov ta‘kidlaganidek, “konsept” bu ma’lum so‘z bilan birga keladigan g’oyalar, tushunchalar, bilimlar, uyushmalar, tajribalar to’plami”. Konsept bir xil darajadagi kognitiv xususiyatga ega tushuncha hamda ma‘no birligidan iborat birlik: tushuncha – tafakkur birligi, ma’no – tilning semantik birligi. Konsept ong materiali o’laroq, inson ongida psixik izlar va assotsiatsiyalar bilan mavjud. Lingvokognitiv konseptologiya kontseptsiya tushunchasidan lingvistik vositalar yordamida modellashtirilgan milliy kognitiv ong birligining belgisi sifatida, milliy tushuncha sohasini modellashtirish va tavsiflash uchun foydalanadi.Uning nutqda lingvistik vositalar orqali reallashuvi vositalar turiga ko‘ra konsepti ham tasniflash imkoniyatini beradi: leksik(so‘z), frazeologik(ibora), sintaktik(gap), semantik(intonatsiya) vositalar orqali va hokazo. [1, 62]. Muhabbat konsepti inson ongi bilan bog‘liq ravishda yuz beradigan empirik tuyg‘udir. Tuyg'u esa shaxsning sifat va intensivlikka ega bo'lgan ma'lum bir obyekt yoki hodisaga subyektiv baholovchi munosabati. Muhabbat tushunchasi ayni vaqtda koʻplab tilshunos olimlar (S.G.Vorkachev, L.G.Babenko, V.V.Kolesov, L.V.Kulgavova, L.Yager, E.Kapl-Blyum va boshqalar) tadqiqot obʼyektiga aylangan. Bu konseptsiya originallikdir, zeroki, muhabbatni har bir qalb boshqa-boshqa, yangi- yangi propozitsiyada boshidan kechiradi. Bizning tadqiqot ob'ektimiz insonning ichki dunyosining bir parchasi bo'lgani uchun - ya'ni. psixologik (emotsional) hodisa - qiyosiy lingvistik tahlilda EMOTSIONALLIK kategoriyasiga oid nazariy qoidalardan foydalanishga tayanish mantiqiy ko'rinadi (V.I. Shaxovskiy)[1,142] . Muhabbat konseptini tahlil qilish mobaynida uni uch asosiy talqinda uchratdik: 1)
Доказательный фрагмент
«Bugungi kunda zamonaviy tilshunoslik sohasida kognetiv tilshunoslik, jumlada, konseptlar ifodalagan tag ma’nolarni o’rganish tilshunos olimlarning asosiy vazifalaridan birga aylanmoqda.»
Образец извлечения
Демо-превьюBugungi kunda zamonaviy tilshunoslik sohasida kognetiv tilshunoslik, jumlada, konseptlar ifodalagan tag ma’nolarni o’rganish tilshunos olimlarning asosiy vazifalaridan birga aylanmoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- kognetiv tilshunoslik, konsept, lingvomadaniy, Pragmalingvistika, leksik, frazeologik, sintaktik, semantik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026