К содержанию
РецензированоUZ1909

SIROJIDDIN SIDQIY XONDAYLIQIY HAYOTI VA IJODINING O‘RGANILISHI VA MANBALARI

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Abdujabborova Intizor Jamshedovna (in-academy.uz/index.php/si) · Saidahmad Vasliy Samarqandiy. (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 1909

Аннотация

XX asr boshlarida yashab ijod etgan, ma’rifatparvar iste’dodli so‘z san’atkorlardan biri Sirojiddin Sidqiy Xondayliqiydir. Ushbu maqolada Sirojiddin Sidqiy Xondayliqiy va uning hayoti va ijodi oʻrganilgan Kalit so‘zlar: 1909-yil, qo‘lyozma, xattot, Mirza Hoshim Xo`jandiy, Muhyi Xoʻqandiy, Saidahmad Vasliy Samarqandiy. XX asrning ufqidayoq mustamlaka Turkistonda ham milliy-ozodlik shiori ostida jadid harakatchiligi paydo boʻldi va juda tezlik bilan rivojlana boshladi.Bu ijobiy harakat oʻzbek adabiyotiga ham oʻzining kuchli ta’sirini oʻtkazdi. Jadid harakatchiligi bilan bir paytda jadid adabiyoti ham shakllana bordi. Sidqiy Xondayliqiy XX asr boshi oʻzbek adabiyotining iste’dodli vakillaridan boʻlib, uning ijodiy merosi rang-barang an’anaviy she’riyatimizni yangi oʻzbek poeziyasi bilan oʻziga xos bir tarzda bogʻlaydi. Sidqiy adabiyot maydoniga kirib kelib, davrning shiddatli, olatasir voqealariga guvoh boʻlgan, ularga oddiy xalq nuqtayi nazari bilan baho bergan, oʻz asarlari bilan zamonasining oʻziga xos solnomalarini yarata olgan ijodkorlardandir. Sidqiy Xondayliqiy (taxallusi) asl ism-sharifi Sirojiddin Maxdum Mirzohidoxund oʻgʻli 1884 –yilda hozirgi Boʻstonliq tumani Xondayliq qishlogʻida tavallud topgan. Shoir, xattot, tarjimon, arab, fors tillarini oʻrgangan. Xattotlikka qiziqqan, zamonasining mashhur qilqalami Muhammad Shohmurod kotibga shogird tushgan. Sidqiy tosh yoʻnib, unga ishlov berish, turli bezaklar tushirish, suratlar ishlash, muhr yasash bilan ham shugʻullangan.Ayni paytda sheʼrlar ham mashq qilib yurgan. Atoqli adibimiz Oybek “Ulugʻ yoʻl” romanida uni shunday deb tanishtirgan edi: “Shoir Sidqiy Maxsum Iskandardan (Toshkentning shimoli-sharqida Chirchiq daryosi boʻyida joylashgan qishloqlardan biridir): kambagʻal oilada tugʻilib oʻsgan qattiqchilikda qiynalib oʻqigan, keyin madrasaga joylashgan. Koʻp xor-u zorlik bilan madrasani tugatgan, Iskandarga qaytmasdan shaharda qolgan. Nazmda xiyla tuzuk, kalomi oʻtkir, pishiq va hozirjavob shoir edi. Oʻrta boʻyli, muloyim ifodali, yuzlari burishiq, faqirona kiyingan, xushfe’l va xushmuomala kishi edi”. Otasi Mirzoxid oxund “oxund” deb nomlanishidan oʻqimishli kishilardan boʻlgan. Shoir oʻz padari buzrukvorining kamdastroq, bechoraholroq boʻlganligidan xizmatkorlarga osh toshib, ot-u ulov boqib roʻzgʻor tebratganini ma’lum qiladi. Ehtimolki, otasining yaqindan yordami bilan olti yoshlarida Sirojiddinning savodi chiqadi, xati ravon boʻlib, qisqa muddatda sheriklari orasida koʻzga tashlanib qoladi. 1909-yilda oʻqishni davom ettirish niyatida Toshkentga keladi. Kesakqoʻrgʻon mahallasidagi Madrasai Rahmatullohda Shomuhiddin oxund qoʻlida arab tili sarf (morfologiya), nahv(sintaksis) ini oʻrganadi. Xattotlikka muhabbat qoʻyib, zamonasining mashhur qilqalami Toshkentning Arpapoya mahallasida istiqomat qiluvchi Muhammad 63 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Shohmurod kotibga shogird tushadi. Soʻngroq Fargʻona vodiysiga borib, “mashhuri davron” Mirza Hoshim Xo`jandiydan suls, ta’liq, ruq’a, yoqutiy, ubaydiy, loxuriy kabi xatlarni o`rganadi. Uning “tarbiyai mushfiqonasi”, “Marhamati padaronasi soyayi himoyasida” “gʻurbat yurtida” shuhrat qozonadi. Ayni paytda she’r mashq qila boshlaydi.Tarjima bilan shugʻullanadi. Keksa maorifchi, shoir va jurnalist Moʻminjon Muhammadjonov oʻzining “Toshkentlik va Toshkentda bo`lgan oʻzbek shoirlarining tarjimayi hollari” qoʻlyozmasida ma’lum qilishicha, tabiatan gʻoyat zakiy boʻlgan bu shoir Mullo Qoʻshoq Miskin bilan juda inoq edi. Ular birgalikda “Koʻkaldosh madrasasi”da Akmalxon domladan dars olganlar. Soʻng Sidqiy “Beklarbegi”da Abdulmalikhoji oxund qoʻlida tahsil olgan. Miskinning “Devonbegi” mahallasida togʻasi Hoshim novvoy ochib bergan baqqollik doʻkoni boʻlgan. Bu yerda shoirlar tez-tez yigʻilib turganlar. “Koʻkaldosh”da Sidqiy va Miskinlar bilan ayni bir vaqtda shoir Xislat ham tahsil olgan. Sidqiy oʻz tarjimayi holida Xislatning nomini alohida ehtirom bilan tilga oladi, undan she’r ilmini oʻrganganini aytadi. Sidqiyning shoir sifatida shakllanishida Karimbek Kamiyning xizmati katta bo`lgan. “Beklarbegi” madrasasi hujrasida faqirona hayot kechirgan, Toshkentdagi mashhur yetti bedilxondan biri sifatida e’tirof etilgan bu nozikta’b shoir koʻplab yoshlar uchun ustozlik qilgan. Goh “Koʻkaldosh”da, goh “Beklarbegi”da she’rxonliklar boʻlib turadi. Beklarbegidan mulla Toʻlagan -Tavallo (1882-1939), Moʻminjon - Toshqin, “Koʻkaldosh”dan Sidqiy, Miskin, Xislatlar bu mushoiralarning faollari edilar. Bu oddiy suhbatlarda she’r ilmi bilan bogʻliq gaplar ham oʻrtaga tushar edi. Sidqiy “avzon” (aruz vazni koʻzda tutiladi), sa’j (qofiyali nasr), va “qofiya” kabilarni mana shu adabiy davralarda oʻrganganini ma’lum qiladi va yuqoridagi nomlar qatoriga Gʻazanfar, Munis, Xayoliy, Iffat Bogʻistoniy, Rizoiy Andijoniy, mashhur Muhyi Xoʻqandiy, Saidahmad Vasliy Samarqandiy, Gʻurbatiy Turkistoniy, Abdulqodir Qoshgʻariy kabi “fusaho roʻzgʻor va adibi balogʻatshiorlar nomini tilga oladi. Ularga ulfat

Доказательный фрагмент

«XX asr boshlarida yashab ijod etgan, ma’rifatparvar iste’dodli so‘z san’atkorlardan biri Sirojiddin Sidqiy Xondayliqiydir.»

Образец извлечения

Демо-превью

XX asr boshlarida yashab ijod etgan, ma’rifatparvar iste’dodli so‘z san’atkorlardan biri Sirojiddin Sidqiy Xondayliqiydir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
xattot, Saidahmad Vasliy Samarqandiy., Mirza Hoshim Xo`jandiy, Muhyi Xoʻqandiy, 1909-yil, qo‘lyozma
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники