Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOJXONA ISHIGA OID TERMINLARNING PAYDO BO’LISH TARIXI
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Abdullayeva Zarnigor Usubjon qizi (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 2026
Аннотация
Bojxona ishiga oid bo’lgan atamalarning kelib chiqish tarixi va ilmiy asoslab o’rganilgan so’zlar ma’nolari talqin etilgan. Bojxona terminlarining shakllanishi haqida ma’lumotlar berilgan ilmiy adabiyotlarda Markaziy Osiyo hududida to‘lovlarning juda ko‘p turlari mavjud bo‘lganligi qayd etiladi. KALIT SO’ZLAR: devonbegi, omil, zakotchi, mushrif, muhassil, sarkor, boj-xiroj, ammol- soliqgir. Bojxona ishining dastlabki ko‘rinishlari eramizdan oldingi davrlardayoq paydo bo‘lgan. Miloddan avval qadimgi Sharq mamlakatlarida (Misr, Vavilon, Assiriya) boj munosabatlari mavjud bo‘lgan. Eramizdan avvalgi III–II ming yillarda Assiriya podshosi Ashshur savdoga olib kelingan tovarlardan boj olish to‘g‘risida farmon chiqargan. U “Ashshur boji” nomi bilan tarixga kirgan. Insoniyatning turg‘un hayotga o‘tishi, ishlab chiqarishning rivojlanishi, davlatchilikning rivojlanishi ortiqcha tovarlarni sotishga yoki almashtirishga olib kelgan, natijada savdo yo‘llari ochilgan va rivojlangan. Shahar-davlatlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi savdosotiqning takomillashishiga olib kelgan. Savdo muayyan qoidalarga binoan amalga oshirilgan. Yozuv va raqamlar paydo bo‘lgach, bu qoidalar yanada mustahkamlanib, savdo-sotiqni rag‘batlantirgan. Qadimgi Misr (miloddan avvalgi III ming yillik boshlari) savdogarlari Finikiya shaharlari va Qizil dengiz havzasi aholisi bilan savdo qilishgan. Savdo kengayib, karvonlar kattalashib borgan sari yo‘lda karvonlarga hujum uyushtirilib, talon-taroj qilish holatlari ko‘paygan. Karvonlarni qo‘riqlash uchun maxsus qo‘riqchilar yollash katta sarf-xarajatlar talab etar edi. Ushbu xarajatlarni qoplash maqsadida maxsus yig‘imlar joriy qilinib, undirila boshlandi. Qadimgi Yunonistonda bojlar asosan dengiz portlarida va shahar bozorlarida yig‘ilgan. Ularni yig‘uvchi shaxslar va maxsus guruhlar bo‘lgan. Boj yig‘ilishi hukumat vakillari tomonidan nazorat qilingan. Aynan o‘sha davrda bojxona ishini erkinlashtirish yuz berib, boj to‘lovlari pasaytirilgan. Bu bilan harbiy nizolarning oldi olingan, chunki yig‘imlarning oshishi va tovarlarni olib kirishni taqiqlash harbiy harakatlarning boshlanishiga sabab bo‘lgan. Yunonistonning o‘zida xorijdan keltirilgan tovarlar uchun boj to‘lovi shu tovar bahosining o‘ndan biri miqdorida undirilar edi. Keyinchalik bojlar tovar bahosining 20, 50 va 100dan bir qismigacha qisqartirildi. Bojxona munosabatlarining eng rivojlangan tizimi Qadimgi Rimda bo‘lgan. Miloddan avvalgi VI asrda Qadimgi Rim podshosi Ank Marsiy Ostiya shahrida dengiz porti qurdirgan va xorijdan olib kirilayotgan tovarlar uchun boj tayinlagan. Ushbu boj dengiz portida undirilganligi sababli “portium” deb atalgan. Miloddan avvalgi III asrda Gibraltar bo‘g‘ozidan kemalarning o‘tishi uchun boj olingan. Dengiz portlariga kirib kelayotgan yuklardan boj undirish mexanizmini takomillashtirish uchun Ispaniyaning Тarif shahrida ilk bor tovarning nomi va undan undiriladigan boj miqdorining ro‘yxati ishlab chiqilgan. Jadvalga olib o‘tilayotgan tovar nomi, uning o‘lchov birligi va olib o‘tish uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan yig‘im miqdori kiritilgan. Ushbu jadvalni o‘ziga xos bojxona kodeksi deb atash mumkin, chunki u bojlarni to‘lash tartibini yagona tizimga birlashtirib, to‘lovlarning miqdorini birxillashtirgan. Qadimgi manbalarda slavyan tillaridagi “таможня” so‘zi turkiy tillardagi “tamg‘a” so‘zidan kelib chiqqanligi haqida ayrim dalillar keltiriladi va ushbu so‘zning tarixiy taraqqiyoti quyidagicha sharhlanadi: “тамга” – 66 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si “тамжить” – “таможня”. Ayrim manbalarda ko‘rsatilishicha, xalqimizning tilida bojxona terminlari ilk bor VII–VIII asrlarda paydo bo‘lgan. Bu davr O‘rta Osiyoga Islom dinining kirib kelgan davrga to‘g‘ri keladi. Buni Qur’oni Karimda ham ushbu sohaga oid ko‘plab terminlar uchrashi tasdiqlaydi. Bojxona terminlarining shakllanishi haqida ma’lumotlar berilgan ilmiy adabiyotlarda Markaziy Osiyo hududida to‘lovlarning juda ko‘p turlari mavjud bo‘lganligi qayd etiladi. Ularda hatto devonbegi, omil, zakotchi, mushrif, muhassil, sarkor kabi aynan davlat moliya idoralarida boj va soliq yig‘ish bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga berilgan mansab hamda unvon nomlari ham keltirib o‘tilgan. Shuningdek, manbalarda “nisab” so‘zi ko‘p uchraydi va bu termin zakot undirilishi uchun hisoblab chiqilgan mol-mulk summasini bildiradi. Zakotning asl ma’nosi “tozalash” demakdir. U mol-mulkning biror qismini muhtoj insonlarga xayr-sadaqa etish orqali uning qolgan qismini “tozalab”, “poklab” olishni anglatadi. Shuningdek, boj-xiroj, ammol-soliqgir atamalari Alisher Navoiy asarlarida ham ko‘plab uchraydi. Bojxona va soliq ishi hamisha davlatchilik tizimi va siyosati bilan bog‘liq bo‘lganligini Rossiya imperiyasi hukmronligi davrida ushbu sohaga ko‘plab yangi terminlar kirib kelganligi tasdiqlaydi. Bojxona ishining paydo bo‘lishi va rivojlanishiga qadimgi davlatlar o‘rtasida savdo aloqalarining yo‘lga qo‘yilishi sabab bo‘lgan. Insoniyatning o‘troq hayot kech
Доказательный фрагмент
«Bojxona ishiga oid bo’lgan atamalarning kelib chiqish tarixi va ilmiy asoslab o’rganilgan so’zlar ma’nolari talqin etilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюBojxona ishiga oid bo’lgan atamalarning kelib chiqish tarixi va ilmiy asoslab o’rganilgan so’zlar ma’nolari talqin etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ammol-soliqgir., devonbegi, omil, muhassil, zakotchi, mushrif, boj-xiroj, sarkor
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026