К содержанию
РецензированоRU2026

MA’NAVIY TAHDIDLARGA QARSHI KURASH ASOSIDA TALABALAR IJTIMOIY FAOLLIGINI OSHIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Rahimova Saida Durdiyevna (in-academy.uz/index.php/si) · Nizomiy nomidagi TDPU (in-academy.uz/index.php/si) · Mustaqil izlanuvchi (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

Сегодня в мире информации возрастает угроза моральных угроз. В данной статье освещается вопрос совершенствования методики повышения социальной активности учащихся на основе моральной угрозы и борьбы с ней. Ключевые слова: информация, моральная угроза, социальная активность, общественные отношения, образование, современные методы, эффективность урока, образовательная деятельность, самостоятельное мышление, социальная ответственность. Annotation: Today in the world of information, the risk of spiritual threats is increasingly increasing. This article covers the issue of improving the methodology for increasing the social activity of students on the basis of spiritual threat and the fight against it. Keywords: information, spiritual threat, social activity, social relations, education, modern methods, lesson effectiveness, educational activities, independent thought, social responsibility. Global sharoitda inson ma’naviy olamini mulohaza qilish eng dolzarb masalalardan biridir. Chunki bugungi intellektual rivojlanish jarayonida ma’naviyatga tahdid har qachongi davrdan muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu bois, ma’naviy tahdid muammosini atroflicha o‘rganish lozim. Aytish mumkinki, “XXI asr intellektual salohiyat, tafakkur va ma’naviyat asri sifatida insoniyat oldida yangi – yangi ufqlar ochish bilan birga, biz ilgari ko‘rmagan, duch kelmagan keskin muammolarni ham keltirib chiqarmoqda”[1]. Bugun insoniyatga bo‘layotgan tahdidlarning eng xatarlisi bu ma’naviy tahdid deyish mumkin. “Ma’naviy tahdid deganda, avvalo, tili, dini, e’tiqodidan qatiy nazar, har qaysi odamning tom ma’nodagi erkin inson bo‘lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruxiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini ko‘zda tutgan mafkuraviy, g‘oyaviy va informasion xurujlarni nazarda tutish lozim”[2]. Bu ta’rif o‘zining bir necha jihatlari bilan diqqatni tortadi. Unga ko‘ra ma’naviy tahdid: a) til tanlamaydi; b) din tanlamaydi; c) e’tiqod tanlamaydi. E’tiborlisi shuki, ma’naviy tahdidlar faqat inson tomonidan yaratiladi va faqat insonga tajovuz qilinishi bilan zararlidir[3]. Ma’naviyatga qarshi qaratilgan har qanday tahdid o‘z-o‘zidan mamlakat xavfsizligi uning milliy manfaatlari, jismonan va ma’nan sog‘lom avlod kelajagini ta’minlash yo‘lidagi jiddiy 72 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si xatarlardan biriga aylanishi va oxir-oqibatda inson va jamiyat tanazzuliga olib kelishi mumkin. Shu o‘rinda, ma’naviy tahdidning uch turini alohida ta’kidlash lozim. 1. Mafkuraviy tahdidlar keng qamrovligi va uzoqni ko‘zlovchi xususiyatga egaligi bilan ajralib turadi. Unga milliy qadriyatlarni kamsitish, mo‘tadil qarashlarni pisand qilmaslik va uning o‘rniga muayyan mafkuraviy markaz yo‘rig‘iga yurish, milliy axloq qoidalarini inkor qilish, yot va begona g‘oyalarni, dunyoqarashni mutlaq haqiqat sifatida targ‘ib qilish kabilarni kiritish mumkin. 2. Gʻoyaviy tahdidlar inson ma’naviy olamida yot g‘oyalar, qarashlar va maqsad- muddaolarni shakllantirishga intiladishi bilan farqlanadi. Bu axloqiy buzuqlik, zo‘ravonlik, egosentrizm, individualizm, “ommaviy madaniyat”, millatlararo nizolar keltirib chiqarish, iqtisodiy tanglik, yoshlar ongini zaharlash kabi g‘oyalarni o‘z ichiga oladi. 3. Informatsion tahdidlar insonning ijtimoiy ongini noto‘g‘ri shakllantirish va shu tariqa o‘zligiga ega bo‘lmagan olomonni tarkib toptirishni ko‘zlaydi. Bu kabi tahdidlar asosan Internet tizimi orqali amalga oshirilmoqda hamda uning tarkibiga davlat milliy siyosatini atayin tanqid qilish, sohta xabarlar tarqatish, muholiflarni gij-gijlash, yoshlarni chalg‘itish kabi axborot xurujlari kiradi. Ma’naviy tahdidlarni yuzaga keltirayotgan kuchlar bugungi kunda milliy ma’naviyatga qarshi kurashda makkorlikning turli uslub va vositalaridan foydalanib, qancha mablag‘ talab etilishidan qat’iy nazar o‘z manfaatlari yo‘lida mavjud bo‘lgan moddiy, texnik va texnologik imkoniyatlarni ishga solmoqda. Bu jarayonning tahlili shuni ko‘rsatadiki, ularni jilovlashning imkoniyati har doim ham mavjud emas. Tashqaridan qaraganda ular sezilmasada, amalda milliy ma’naviyatda kechayotgan jarayonlarda o‘z ifodasini topmoqda, ularning ongi, dunyoqarashi, qalbi, “tani” va “qoniga” kirib, butun millatning botiniy va zohiriy qiyofasini egallamoqda[4]. Shuningdek, ma’naviy tahdidlar ma’naviy va axloqiy tubanlik illatlarini ifodalaydigan sub’ektiv omillar majmui bo‘lib, shaxs axloqiy ongini buzish vositasida jamiyat hayotini izdan chiqarishga, nosog‘lom turmush tarzini yoyishga yo‘naltirilgan. Xalq, millat o‘z merosi va tarixiy xotirasini tiklagani sari ruhan baquvvat bo‘ladi, undan ilhom oladi, ma’nan boyiydi, istiqlolga intilib yashaydi va uning faolligi tabiiy ravishda oshib boraveradi. Shu ma’noda, milliy ma’naviyatni asrash va boyitishning muhim omili ajdodlardan qolgan ma’naviy merosdir. Ta’lim tizimida ajdodlar ma’naviy merosni izchil va chuqur o‘rganish jarayoni uzluksiz davom etib kelayotgan jarayonlardan biridir. Ma’naviy merosni o‘rganish o‘z navbatida ijtimoiy faoll

Доказательный фрагмент

«Сегодня в мире информации возрастает угроза моральных угроз.»

Образец извлечения

Демо-превью

Сегодня в мире информации возрастает угроза моральных угроз. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
information, spiritual threat, social activity, social relations, education, ma’rifiy tadbirlar, mustaqil fikr, dars samaradorligi, ta’lim, ijtimoiy munosabatlar, axborot, ijtimoiy ma’suliyat., ma’naviy tahdid, zamonaviy metodlar, ijtimoiy faollik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники