К содержанию
РецензированоUZ2026

ARRALI JIN MASHINASIDAGI ARRALAR ARO QISTIRMALARINI TASNIFLASHDA, UNDAGI OLIB BORILGAN TADQIQOTLARNI O’RGANISH

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Mamajonov Zafar Azizovich (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

This article discusses the advantages, capabilities, and disadvantages of the existing sawing machine, as well as the balance of its intersaw spacers. Key words: gin, fiber, saw brush drum, intersaw spacer, working chamber, mesh, drum. K I R I S H Jahon tajribasida bu yo‘nalishda paxtani qayta ishlovchi mashinalarning jihozlarni takomillashtirishga yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Ushbu yo‘nalishda arra diski qistirmalari ishlov berish orqali tolani tabiiy xususiyatlarini saqlash ustvor hisoblanmoqda. Bu borada, paxta xomashyosini qayta ishlashda tolaning tabiiy xususiyatlarini saqlashga imkon beradigan mashinalarning ishchi qismlari detallarini uzoq muddatga chidamli texnologiyasini ta’minlash muhum hisoblanadi va paxta tolasi bilan tutashuvchi arra tishlarining va ularning qistirmalarini shakllantirish hisobiga tolani ajratish sifatini oshirishga alohida e’tibor berilmoqda. Jahonda to‘qimachilik sanoatida ishlab chiqariladigan umumiy tolaning 55-60 % ni paxta tolasi tashkil qiladi. Aholining jadal suratda oshib borishiga bog‘liq tabiiy mahsulotlarga, ayniqsa paxta tolasi to‘qimachilik va yengil sanoat mahsulotlariga talab ham oshib boradi. Paxta tolasini ishlab chiqaruvchi mamlakatlar- Xitoy, AQSh, Hindiston, Braziliya, Turkiya, O‘zbekiston, Indoneziya va boshqa davlatlarda tola sifatiga talab oshib bormoqda, to‘qimachilik sanoati mahsulotlarini raqobatbardoshligi shularga bog‘liq. Raqobatbardoshlikni oshirish yuqori sifatli paxta tolasidan foydalanish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. To‘qimachilik sanoatining ishonchli va sifatli mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun paxta tozalash sanoatini yangi texnika va texnologiyalaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Bizning respublikamizda paxta-to‘qimachilik klasterlarini rivojlantirish, paxta xomashyosini qayta ishlash rentabelligini oshirish, texnologik jihozlarni modernizatsiyalash asosida va berilgan sohada fan va texnikaning zamonaviy yutuqlarini ishlab chiqarishga tatbiq qilish yuzasidan keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilib, muayyan natijalarga erishilmoqda. Yangi O‘zbekistonning 2022-2026 yillarda taraqqiyot Strategiyasida, shuningdek, “Milliy iqtisod barqarorligini ta’minlashga, yalpi ichki mahsulotda sanoat ulushi va sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini 1,4 marta oshirishga yo‘naltirilgan sanoat 61 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si siyosatini amalga oshirishda…” muhum vazifalar belgilab berilgan Ushbu vazifalarini amalga oshirishda, jumladan, paxtani dastlabki ishlash texnologiyasi va jihozlarini takomillashtirish, paxtani qayta ishlovchi mashinalarning arra disklari qistirmalarini o‘zaro ta’sir jarayonida zarur bo‘lgan mikroprofilini shakllantiruvchi xususiyatli yuqori darajaga ega bo‘lgan zamonaviy abraziv materiallar bilan pardozlab ishlov berish muhum ahamiyat kasb etmoqda. Mexanik ishlov berishning progressiv usullari va rejimlari, texnologik mashinalar ishchi qismlari detallarining yuqori darajada ishga layoqatliligi, yeyilishga chidamliligi, toliqishga mustahkamligi va uzoq muddatga bardoshliligiga erishish maqsadida ularning yuza qatlamlari sifatini ta’minlashni asoslash bo‘yicha zamonaviy mashinasozlik ishlab chiqarishining muhum masalalari chet el olimlari va mutaxassislari Ye.M. Trent, X. Opits, I.Dj. Аrmarego, Dj. Martin, G.Fuks, S.V. Serensen, А.А. Matalin, А.D. Makarov, B.А. Kravchenko, D.D. Papshev, V.K. Starkov, А.M. Sulima, I.V. Kudryavtsev, S.G. Xeyfets, V.F. Bezʼyazichniy, А.G. Suslov, Yu.G. Kabaldin, M.А. Tamarkin va boshqalarning ishlarida o‘z aksini topgan. Paxtani qayta ishlovchi mashinalar ishchi organlari detallariga yakuniy ishlov berish uchun ularning mustahkamlik va ekspluatatsion xususiyatlarini ta’minlash bo‘yicha qator texnologik jarayonlar taklif qilingan. Bu ilmiy yo‘nalishni rivojlantirish bo‘yicha olimlar: akademik R.G. Maxkamov, I.G. Shin, M.G. Xamov, V.V. Shiryaev, А.P. Rogov, А.M. Аxmedov, M.R. Muminov, Z.А. Shodmonkulov va boshqalar ushbu sohani rivojlantirishga katta hissa qoʻshdilar. Ammo, paxtani qayta ishlovchi mashinalar ishchi qismlarining muhum detallari mustahkamligi va uzoq muddatga chidamliligini oshirishga erishilgan yutuqlarga qaramay hozirgi kunda arra tishlarini va uning qistirmalarini shakllantirishga nisbatan muammoli masalalarni yechishga yetarli darajada e’tibor berilmagan, bu esa ishchi kameradagi kolosnik va arralarning uzoq vaqt unumdor ishlashini va tolani tabiiy xususiyatlarini maksimal saqlagan holda tolani ajratishni kafolatlaydi. (asosi: dissertatsiyaning kirish qismi); Yillar davomida paxtadan tolani ajratish jaraѐni barcha mamlakatlarda tezlik bilan yuqori darajada oshib bordi. Bundan koʻzlangan asosiy maqsad – tola va chigitni tabiiy xususiyatlarini saqlab qolishdan iboratdir. AQSh oʻzining etakchi “Dominator”, “Avenger”, “Continental Eagle”, “Consolidated”, “Hardwick-Etter Regal”, “Lummus imperial” va “Murrey” firmalari orqali arrali jin mashinasining yangi rusumlarini ishlab chiqarib,

Доказательный фрагмент

«This article discusses the advantages, capabilities, and disadvantages of the existing sawing machine, as well as the balance of its intersaw spacers.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses the advantages, capabilities, and disadvantages of the existing sawing machine, as well as the balance of its intersaw spacers. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
gin, fiber, saw brush drum, intersaw spacer, working chamber, mesh, drum, tola, джин, baraban., пила, межпильная прокладка, щеточный, сетка, arralararo qistirma, arra, cho’tkali baraban, panjara, jin, рабочая камера, барабан, волокно, ishchi kamera, drum., барабан.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники