Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MILLIY BRENDNI SHAKLLANTIRISH
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Assistent Kodirova Xurshida Ismoilovna (in-academy.uz/index.php/si) · Talaba Eshmurodov Baxtiyor Dilovar o‘g‘li (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada xorij brendlarini o‘rgangan holda O‘zbekistondagi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarining brendini yaratish va rivojlantirish to‘g’risida ma’lumotlar keltirilgan. В данной статье представлена информация о создании и развитии бренда производственных и сервисных предприятий Узбекистана на основе изучения зарубежных брендов. This article provides information on the creation and development of the brand of production and service enterprises in Uzbekistan based on the study of foreign brands. Mamalakatimiz mustaqillikdan so‘ng korxonalar faoliyatida va mahalliy bozorlarni milliy tovarlar bilan taminlashda bosqichma-bosqich tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirmoqda, va korxonalar va tashkilotlar faoliyatini samarali tarzda tashkil etish va korxonalardagi iqtisodiy amaliyotlarni bozor iqtisodiyoti talablari darajasiga moslashtirish zaruriyatini muhim vazifalar qatoriga qo’ymoqda. [1] Koʻpgina kompaniyalar 21-asrda bir necha turdagi mahsulotlar orasida juda ham kam farqlanish borligini taʼkidlashadi, shuning uchun brendlash amaliyoti orqali mahsulotlarni farqlashning bir necha usullariga ega boʻlish mumkin. Brendlash, tahminlarga asoslansak, oʻgʻirlikni oldini olish uchun chorva mollarini markalash amaliyotidan boshlangan deb aytishimiz mumkin. Londonda sotilgan Laylning Oltin siropi Ginnesning rekordlar kitobi tomonidan dunyodagi eng qadimiy brend va qadoqlash belgisi sifatida tan olinganligini inobatga olsak.1777-yilda tashkil etilgan Britaniya pivo zavodi Bass & Company xalqaro brend marketingida birinchilardan boʻlib oʻz brendini namoyish qilgan va Bass oʻzining Pale Ale qutilariga qizil uchburchakni qoʻllagan, uning qizil-uchburchak brendi Britaniya hukumati tomonidan chiqarilgan birinchi roʻyxatga olingan savdo belgisiga aylanganligi ushbu soha taraqqiyoti asosi bo’ldi. “Milliy brend” atamasi nisbatan yangi atama bo’lib, muomalaga ilk bor 1998 yilda hududiy brending sohasidagi ikkita global tadqiqot: Anholt-GfK Roper Nation Brands Index va Anholt-GfK asoschisi va nashriyotchisi S.Anholt tomonidan kiritilgan. Milliy brendga berilgan ilk ta’rifda, Saymon Anholt uning “Made in Country X” yorlig'i orqali mahsulot qiymatini yaratish qobiliyatiga urg’u bergan hamda qiymat ishlab chiqaruvchi mamlakat bilan bog’liq bo’lgan ijobiy assotsiatsiyalar orqali shakllantirilishini ta'kidlagan bo’lsa, ko’pgina tanqid va munozaralardan so’ng, “milliy brend”ni - “hukumat faoliyatining 6 yo‘nalishi, jumladan: eksport, davlat boshqaruvi, turizm, sarmoya va immigratsiya, aholi hamda madaniyat va meros doirasida insonlarning mamlakat haqidagi tasavvurlari yig‘indisi” sifatida ta’riflaydi[2]. Anholt milliy brend masalasiga mamlakatlar hududi nuqtai-nazaridan yondashadi, [3] unga ko'ra hududning imidjini sun'iy ravishda qurib bo’lmaydi, u "bo'sh joyda" paydo bo'lmaydi, balki yuqorida qayd etilgan aniq va o'lchanadigan olti guruh parametrlari bilan belgilan O‘zbekiston «Nation Brands 2022» reytingida 62-o‘rinni egalladi1 va u Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida eng yaxshi ko‘rsatkichni ko‘rsatib kelayotgan Qozoqistondan ancha o’rin orqada kelmoqda, bir necha yildan buyon. O‘zbekistondagi ishlab chiqarish va xizmat 105 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si ko‘rsatish korxonalarining brendni yaratish va uning qiymatini oshirish bo‘yicha yetarli tajribaga ega emasligini, ularning marketing faoliyatida yangicha yondashuvlar, vositalar va brendlarning modellaridan foydalanishni taqozo etmoqda. “Nation Brands” tizimi mamlakatlar salohiyatini baholash, brending mexanizmini ishlab chiqish va boshqarishni tashkil etishga asoslanadi, shunday ekan O‘zbekistonda “Milliy tovar”, “Milliy Brend tizimini” ishlab chiqish bugungi kunning dolzarb masalasi bo’lib kelmoqda bugungi kunga qadar. Uning mamlakatimiz kelajagi uchun naqadar muhim ahamiyat tutishini ko‘rsatib beruvchi “Nation Brands” indeksini o‘rganish shu asosida xorij tajribasiga tayanib milliy tovarlarimiz uchun korxona va tashkilotlar milliy brending mexanizmini ishlab chiqish asosiy oldimizda turgan masaladir[4]. Oldimizga qo‘ygan masalaning yechimini topishda avval, jahon tajribasini chuqur o‘rganib, tahlil qilib natijalarga asoslanib o‘z milliy brendimizga asos solsak to‘g’ri bo‘lgan bo‘lar edi. Mavjud tadqiqotlarda brend nazariyalari va isteʼmol tovarlari brendini shakllantirish va brending strategiyalarini ishlab chiqishning ilmiy-nazariy jihatlari yoritilgan bo‘lsada, O zbekiston korxonalari uchun alohida milliy brend mexanizmini shakllantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tahliliy struktura ishlab chiqish masalalari o‘rganilmagan. O‘rganilayotgan milliy brend tizimini shakillantirish va faoliyatga qo‘yish orqali barcha mamlakatimiz fuqarolari uchun qimmatli ijobiy mamlakat imidji tizimi yaratiladi, bu u yoki bu hududdagi iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ijtimoiy faoliyatiga mos kelishi kerak. [5]Tadqiqot davomida emperik va nazariy tahlil usullari asosida xorijiy mamlakatlar brending mexanizmlari o’rganilib, zaruriy xulo
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada xorij brendlarini o‘rgangan holda O‘zbekistondagi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarining brendini yaratish va rivojlantirish to‘g’risida ma’lumotlar keltirilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada xorij brendlarini o‘rgangan holda O‘zbekistondagi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarining brendini yaratish va rivojlantirish to‘g’risida ma’lumotlar keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- milliy brend, nation brands, ishlab chiqish, zbekistondagi ishlab, ishlab chiqarish, chiqarish xizmat, rsatish korxonalarining
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024