Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BUXORO SHAROITIDA FOYDALANILADIGAN, YASHIL TOMLARNING OPTIMAL KONSTRUKTIV YECHIMLARI
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · OPTIMAL KONSTRUKTIV YECHIMLARI (in-academy.uz/index.php/si) · Usmonova Gulrux Farxad qizi (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 18 · 2026
Аннотация
The article discusses climate-friendly innovative methods, constructions and technologies of building the roof part of the building in the conditions of the Republic of Uzbekistan, particularly the Bukhara region. By using green roofs in buildings, it is thought to create a comfortable environment for city residents in the future. Kalit so’zlar: an’anaviy tomlar, yashil tomlar, rulonli materiallar, drenaj, joriy xarajat, filtrlovchi qatlam. Ключевые слова: традиционные крыши, зеленые крыши, рулонные материалы, водоотвод, текущая стоимость, фильтрующий слой.. Keywords: traditional roofs, green roofs, roll materials, drainage, current cost, filter layer. Kirish qismi. Ma’lumki, tomni ko’kalamzorlashtirish mikroiqlimni yaxshilaydi, chang va shovqinni yutadi va ulkan estetik va dekorativ manzara yaratadi. O’simlik turlari foydalanish sohasiga - nima maqsadda tashkil etilayotganligiga qarab tanlanadi. Landshaft elementlari ularning dizaynida ishlatilishi mumkin. Bunday hollarda ko’kalamzorlashtirishning asosiy shakli ma’lum idishlarga (konteynerlar, tuvaklar) ekilgan o’simliklardan foydalanish hisoblanadi[1]. Tomda tashkil etiladigan intensiv (chuqurroq ildizli buta va daraxtlar tuvak va yog’och yashiklarda tashkil etiladi) va ekstensiv (keng maydonlarda to’kilgan tuproq bo’yicha yoki modulli idishlarda tashkil etiladi) yashilliklarni, yo’laklarni joylashtirish o’rnini tayinlash va bunda binoning asosiy yuk ko’taruvchi konstruktiv elementlarining joylashgan o’rnini inobatga olish muhimdir. Metodika. Tomlarda o’simliklar, buta va daraxtlarni o’stirishda joy va idish tanlashda ulardan dizayn elementlari sifatida foydalanish mumkin bo’lgan tomonlarini ham inobatga olish zarur. Albatta, idish qanchalik kichik bo’lsa uni bir joydan ikkinchi joyga ko’chirish, unchalik qulay bo’lmagan joylarda joylashtirishning imkonini topish mumkin. Ularning bir nechtasidan aralash foydalanib turli xildagi kompozistiyalarni yaratish mumkin. Tuproqli maysazorlar-gazon o’simliklari uchun qalinligi 0,10-0,15 m tarxdagi o’lchamlari 1-2 m bo’lgan modulli idishlardan foydalanish mumkin (1-rasm). Muhit dizaynini yaratishda o’simliklarni osib qo’yish mumkin, bunda gulli idishlar tashqi sirtdan 30-40 sm balandlikdagi maxsus tashkil etilgan o’rindiqlarda joylashtirilishi yoki osmalarda osib qo’yilishi mumkin. 113 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si 1-rasm. Yirik yashil tomlar yaratish uchun foydalaniladigan modul lotoklar. O’simliklar o’sganidan so’ng lotoklarning qirralari ko’rinmay qoladi va bir xil tekislikdagi yashillik hosil bo’ladi. Yog’ochdan yasalgan yashiklar, qutilar, bochkalar va shunga o’xshash istalgan bir shaklda tayyorlanib, ularning antiseptikligi ta’minlangan bo’lishi, shu nuqtai-nazardan ichki tomondan plastik plyonka bilan qoplangan bo’lishi kerak. Idishlarning tashqi sirtlari ham yaratiladigan landshaft dizayniga mos, uning bir elementi sifatida xizmat qila oladigan manzarali bo’lishi kerak. Bugungi kunda ko’pikli polistiroldan tayyorlangan idishlarning turli shakl va manzarali variantlaridan foydalanib kelinayotganligi katta imkoniyatlar yaratayotganligi ma’lum[2]. 2-rasm. Ichi bo’sh beton bloklar tuvaklar sifatida foydalaniladi. 114 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si 3 – rasm. Tom yuzasining modullarga bo’linishi va unda o’simliklar va gullarning joylashtirishda yaratiladigan qulayliklar. Tomda foydalaniladigan va ekin bilan band bo’ladigan maydonlar o’rnini belgilash qoidalari mavjud. Tomda foydalanish uchun ajratilgan yashil maydon daraxtlar, butalar, maysazorlar, gulzorlar, sport maydonchalari, dam olish joylari, yo’laklar, kichik me’morchilik shakllari, xizmat ko’rsatish maskanlarini o’z ichiga oladi. Har bir maqsadli uchastka o’zining qoplamasi ishlab chiqilgan bo’lib, u tomning asosiy konstruktiv elementlari ustiga o’rnatiladi (3-rasm). Tom qoplamasining aynan shu o’zgaruvchan qismini aktiv qoplama deb aytish mumkin[3]. Joylarda aktiv qoplamani qurishda quyidagilarni inobatga olish muhimdir: - binoning tom konstrukstiyasi va u qabul qila oladigan yuklar va ta’sirlar; - o’simlik turidan kelib chiqib, uning ildizlarini yaxshi rivojlanishini ta’minlaydigan tuproq qatlamining qalinligi, hajmi; - o’simliklarni suv bilan ta’minlashning tejamli, samarali texnologiyalarini ishlab chiqish va qo’llash, namlikni ta’minlab turish; - operastion qoplama yog’ingarchilik paytida yoki o’simliklarni sug’orishda oladigan ortiqcha namlikni qochirish uchun drenaj-suvni qochirish tizimining ishlab chiqilganligi; - tomning asosiy konstruktiv qatlamlariga o’simliklar ildizlarining kirib kelishi va zarar yetkazishini oldini olish masalasini yechish;. Yuqorida keltirilgan vazifalar, talablar va tartiblarni inobatga olib tomning aktiv qoplamasi quyidagi qatlam elementlaridan iborat bo’lishi kerakligi haqida gapirish mumkin: - tuproq substrati (o’simlik o’sishi uchun unumdor tuproq, o’simlik ildizidan kelib chiqib); - ajratuvchi-filtrlovchi qatlam (tuproq zarr
Доказательный фрагмент
«The article discusses climate-friendly innovative methods, constructions and technologies of building the roof part of the building in the conditions of the Republic of Uzbekistan, particularly the Bukhara region.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article discusses climate-friendly innovative methods, constructions and technologies of building the roof part of the building in the conditions of the Republic of Uzbekistan, particularly the Bukhara region. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- traditional roofs, green roofs, roll materials, drainage, current cost, filter, rulonli materiallar, водоотвод, filter layer., фильтрующий слой.., an’anaviy tomlar, yashil tomlar, drenaj, зеленые крыши, joriy xarajat, традиционные крыши, filtrlovchi qatlam., рулонные материалы, текущая стоимость
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014