К содержанию
РецензированоUZ2006

HARAKAT NOMI O‘RAMLI MURAKKABLASHGAN SODDA GAPLARNING SEMANTIK-SINTAKTIK PRAGMATIK XUSUSIYATLARI

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · SEMANTIK-SINTAKTIK PRAGMATIK XUSUSIYATLARI (in-academy.uz/index.php/si) · Nurillayeva Shoxsanam Anvarovna (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2006

Аннотация

Ushbu maqolada harakat nomi o‘ramli murakkablashgan sodda gaplarning semantik-sintaktik pragmatik xususiyatlari, shakl va mazmun nomuvofiqligi yoritilgan. Annotation: This article explains the semantic-syntactician pragmatic features of complex simple sentences with wrapped action nouns, and the inconsistency of form and content. Kalit so‘zlar: Propozitiv subyekt, asosiy propozitsiya, ikkinchi darajali predikat, nominalizatsiya, mazmuniy uzviylik. Harakat nomi o‘ramli murakkablashgan sodda gaplarning semantikasi, pragmatik xususiyatlari o‘ziga xos bo‘lib, sodda shakl orqali murakkab axborot berish, voqelikka so‘zlovchining subyektiv munosabatini ifodalashda bunday qurilmali gaplar qo‘l keladi. Kesim vazifasidagi so‘zning harakat ma’nosini bildiruvchi fe’l bilan ifodalanishi gapda propozitiv subyekt qatnashishiga mone’lik qiladi. Propozitiv subyekt qo‘llanishi uchun gapdagi asosiy predikat holat bildiruvchi fe’l bo‘lishi zarur. Ajal hidining kutilmaganda Qoratepada paydo bo‘lishi dastlab Yoldorni cho‘chitdi, so‘ng taajjublantirdi. (N. Norqobilov. "G‘animlar". Qissa. "Yoshlik" jurnali, 2006-y.15-b).Ushbu gapdagi asosiy predikat holat fe’llari (cho‘chitdi, taajjublantirdi) bilan ifodalangan bo‘lib, ikkinchi darajali predikatsiyali harakat nomili qurilma (ajal hidining kutilmaganda Qoratepada paydo bo‘lishi) bilan mazmunan zich bog‘langan. Asosiy propozitsiya (cho‘chitdi, taajjublantirdi)ning subyekti (paydo bo‘lishi) o‘z subyekt bo‘lagi (ajal hidi)ga ega bo‘lib, u qaratqich shaklida qo‘llangan. Propozitiv subyektning fizik harakat uchun bajaruvchi bo‘la olmasligi mantiqiy bo‘lgani bois ushbu gapda propozitsiyalar o‘rtasida mazmuniy uzviylik ta’minlangan. Harakat nomili o‘ramda so‘zlovchining voqelikka salbiy munosabati ifodalangan bo‘lib, bu baho ajal leksemasi orqali berilgan. Yuqoridagi gapdagi kabi holatni quyida ham ko‘rishimiz mumkin: O‘ziga ortiq darajada bino qo‘ygan bu odamning osmonga qarab qah-qah otishi G‘uchchi pakananing nafsoniyatiga tegdi.(N. Norqobilov."G‘animlar".Qissa."Yoshlik" jurnali,2006-y.10-b). Asosiy propozitsiyaning subyekti bo‘lgan harakat nomi o‘ramlar sintaktik ega vazifasini bajarib, shaklan sodda gapning mazmuniy murakkablashuviga xizmat qiladi: Keyinroq, orqavarotdan eshitishimizcha, tovarish Yakning uylanish-uylanmasligi yoki qachon uylanishi uning moliyaviy ahvoli (uy-joy, kelinga sep-mep deganday) yoki erkaklik mayliga emas, ulug‘ 1 Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU tayanch doktoranti. e-manzil: shnurillayeva@gmail.com. 20 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si dohiyning xohish-qaroriga bog‘liq ekan. (E. A'zam."Chapaklar va chalpaklar mamlakati". Qissa. www.ziyouz.com 7-b) Ushbu gapda asosiy propozitsiya (bog‘liq ekan)ning subyekti (uylanish-uylanmasligi yoki qachon uylanishi)uyushiq holda qo‘llangani semantik-sintaktik nomuvofiqlikning yanada oshishiga sabab bo‘lgan. Birinchi darajali predikat fizik harakatni ifodalovchi fe’ldan boshqa so‘z bilan, ya’ni holat fe’llari yoki zamon va mayl ma’nosiga ega bo‘lgan boshqa so‘z turkumlariga oid birliklar bilan ifodalanganda propozitiv subyekt bilan bog‘lana olishi mumkin degan xulosaga keldik: Namuncha o‘ylanmasang, boshqalarni bilmadim-u, ammo senga avf tegishi aniq… (U. Hamdam. Isyon va itoat.Yangi asr avlodi, 2003-y. 3-b). U yaxshi biladiki, raqibi bilan qonli to‘qnashuv yuz bermaguncha, halovat topishi mushkul (N. Norqobilov."G‘animlar".Qissa."Yoshlik" jurnali,2006- y.13-b.Bir kun emas, bir kun bu sharmandali qilmishlari uchun tarix oldida javob berishlari muqarrar! (E. A'zam."Chapaklar va chalpaklar mamlakati".Qissa. www.ziyouz.com 6-b) Harakat nomi o‘ramlar kuchli nominalizatsiyalashgani bois turli kelishik shakllari bilan turlana oladi va egadan tashqari aniqlovchi, to‘ldiruvchi, hol sintaktik vazifalarini ham bajarib kela oladi. Quyidagi gaplardagi harakat nomi o‘ramlar (qirqishga, qurishimizga, qilinishimizga) jo‘nalish kelishigi bilan turlanib, vositali to‘ldiruvchi vazifasida kelgan va gapning mazmun munosabati tarkibiga muayyan mazmuniy uzv sifatida kirgan. Ularga sochini kalta qilib qirqishga ruxsatni shu bergan-da. Inqilobiy kurashlarda toblanib, hamon daqqi qarashlar quli bo‘lib kelayotgan akasini ham shu ko‘ndirgan: keling, jigar, shu qurg‘urlar sochini kessa kesaqolsin, bitta-yarimining uzunroq kokili oyoq-poyog‘iga o‘ralashib, yangi jamiyat qurishimizga halal bermasin! (E.A'zam."Chapaklar va chalpaklar mamlakati".Qissa. www.ziyouz.com 3-b).Hazilmi, chinmi, “Aftidan, bular garovga tushgan yo boshqa biror kor-hol ro‘y bergan” degan gumon bilan jahon jamoatchiligiga ovoza qilinishimizga bir bahya qolibdi! (E. A'zam."Chapaklar va chalpaklar mamlakati".Qissa. www.ziyouz.com 5-b). -ish qo‘shimchasi bilan shakllangan harakat nomi o‘ramlar hozirgi o‘zbek adabiy tilida boshqa harakat nomi shakllariga ko‘ra kengroq qo‘llanadi. Chiqish kelishigi bilan qo‘llanib, vositali to‘ldiruvchi, hol vazifalarini bajara oladi: Ergash bodi so‘kina-so‘kina uzoqlasharkan, Yoldorning yuragida o‘ziga nis

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada harakat nomi o‘ramli murakkablashgan sodda gaplarning semantik-sintaktik pragmatik xususiyatlari, shakl va mazmun nomuvofiqligi yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada harakat nomi o‘ramli murakkablashgan sodda gaplarning semantik-sintaktik pragmatik xususiyatlari, shakl va mazmun nomuvofiqligi yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
nominalizatsiya, asosiy propozitsiya, mazmuniy uzviylik., ikkinchi darajali predikat, Propozitiv subyekt
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники