К содержанию
РецензированоUZ1961

O‘ZBEKISTON IRRIGATSIYA QURILISHI TARIXIDA “QASHISTROY” BIRLASHMASINING AHAMIYATI

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · BIRLASHMASINING AHAMIYATI (in-academy.uz/index.php/si) · Qodirov Islom Ergash o‘g‘li (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 1961

Аннотация

Ushbu maqolada sovet davrida Qarshi cho‘lining o‘zlashtir jarayonlarining boshlanishi, uning olib borilishi va ahamiyati haqida tarixiy dalillar asosida ma’lumot beriladi. Kalit so‘zlar: Sovet davri, Qashqadaryo, Qarshi cho‘li, yerlarning o‘zlashtirilishi. Mustabid sovet hukumati Qashqadaryo qishloq xo‘jaligini, ayniqsa, paxtachilikni rivojlantirish maqsadida ko‘plab sug‘orish va o‘zlashtirish tadbirlarini amalga oshirdi. Ana shu maqsadda ilgari bo‘sh yotgan qo‘riq va bo‘z yerlar keng ko‘lamda o‘zlashtirildi. Bu amaliy harakatlar o‘z navbatida markazning paxta yakkahokimlik deb nom olgan siyosati asosida amalga oshirildi. Natijada respublikadagi ekologik holat izdan chiqdi, atrof-muhit ifloslandi. Paxta maydonlarini sug‘orish uchun Orol suv zaxiralarining meyoridan ortiq olinishi, ko‘plab yirik suv inshootlarini barpo etilishi natijasida dengiz asta-sekin qurib bordi. Mazkur salbiy jihatlarga O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov viloyatlari, bundan tashqari, quyidagicha izoh berdi: «Sobiq Ittifoq davrida tabiatni bo‘ysundirish shiori ostida amalga oshirilgan ulkan tadbirlar natijasida, tabiatimizga o‘nglab bo‘lmas zarar yetdi. Bir vaqtlar noyob va go‘zal dengizlardan biri bo‘lgan Orol dengizi qurib bormoqda. O‘tgan qirq yil mobaynida Orol dengizi akvatoriyasi 7 baravar qisqardi, suv hajmi 13 baravar kamaydi, uning minerallashuvi esa o‘nlab baravar oshib ketdi. Natijada Orol dengizi florasi va fauna mavjud bo‘lishi uchun sharoit qolmadi. Orol dengizi qurib qolishiga sabab bo‘lgan Markaziy Osiyoning qon tomirlari deya ta’rif beriladigan Amudaryo va Sirdaryoga o‘nlab suv omborlari, sun’iy suv inshootlarining qurilishi sabab bo‘lgani hech kimga sir emas» [1]. 1961 yilning avgust oyida Qashqadaryo mashina-ekskavator stansiyasi bilan Esikanhor qurilish-montaj boshqarmasi negizida, ya’ni shu ikkala tashkilotning birikuvi tufayli tashkil topgan Qashqadaryo qurilish-montaj boshqarmasida faoliyat ko‘rsata boshlagan Toyir Ergashev 1962 yildan 1968 yilga qadar mazkur boshqarmada bosh muhandis, keyinchalik boshliq vazifalarida mehnat qildi. Shu yillari suv xo‘jaligi qurilishi ishlari viloyatda yagona bo‘lgan ana shu tashkilot tomonidan olib borildi. 1965 yildan bu sohada keng ko‘lamli ishlar boshlab yuborildi. Shahrisabz tumanida Mo‘minobod, Chorshanbe, Yakkabog‘ tumanida O‘ng qirg‘oq va Chap qirg‘oq, Kitob tumanida Dam, Qarshi tumanida Obi-hayot kanallari botonlashtirildi. Melioratsiyalash ishlarigaham keng e’tibor qaratildi. Vohaning quyi mintaqasida Xudoyzod, Qoratepa zovurlari qazildi 1962 yili Qashqadaryo o‘zanida viloyatda ilk bor Qarshi gidrouzeli qurilishi boshlab yuborildi. Bu o‘sha paytda viloyatdagi eng yirik suv inshooti bo‘lib, daryoning quyi oqimida undan suv oladigan ellikta nuqta o‘rniga O‘ng va Chap qirg‘oq hamda Qarshi tarmog‘i kanallarini qurib ishga tushirish va shu suv yo‘llari orqali vohaning quyi mintaqasida joylashgan, ko‘pdan beri suv tanqisligini sezib kelayotgan xo‘jaliklarni mo‘ljaldagi obi-hayot bilan ta’minlash ko‘zda tutilgandi. Sekundiga 520 kubmetr suv o‘tkazish quvvatiga ega bo‘lgan bu yirik inshoot qurilishi ko‘p o‘tmay nihoyasiga yetkazildi va 1965 yilning 26 aprelida daryo suvi to‘silib, gidrouzel orqali O‘ng va Chap qirg‘oq kanallari bo‘ylab obi-hayot oqa boshladi. 22 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si O‘shanda viloyatda suv uchun haqiqiy kurashning ikkinchi bosqichi bir million gektar unumdor yer maydoniga ega bo‘lgan bepoyon Qarshi dashtiga ko‘chgandi. Bu esa 1963 yilning boshidayoq yuz berdi. Hukumat qarori bilan aynan shu yili cho‘lni Sug‘orish va o‘zlashtirishga ixtisoslashgan yirik tashkilot - “Qarshiqurilish” hududiy boshqarmasi tashkil topdi. Unga keng viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida tug‘ilib voyaga yetgan, Andijon va Qashqadaryo viloyatlarida suv xo‘jaligi sohasi ishlarida katta tajriba orttirgan suv qurilishi muhandisi Bekmurod Usmonov boshliq etib tayinlangandi. Viloyat markazi – Qarshida joylashgan bu katta qurilish shtabi orqali o‘sha dastlabki kunlardanoq bir vaqtning o‘zida ham shaharda, ham cho‘lda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari boshqarila boshlandi 1966 yil iyulida Qarshi cho‘lini sug‘orish va o‘zlashtirish Bosh-sxema rejasi SSSR Davlat reja qo‘mitasining davlat ekspert komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilib, tasdiqlangan. Unga ko‘ra Qarshi Bosh kanalining 80-kilometridan keyin o‘z bag‘rida 1,5 milliard kubometr suv to‘playdigan Tallimarjon, 180-kilometrida esa 2,2 milliard kubometr suv ketadigan Sho‘rsoy suv omborlarini qurish belgilangan. Chunki dehqonchilikda suv deyarlik sarflanmaydigan qish paytlarida katta nasoslar orqali Tallimarjon, Sho‘rsoy suv omborlari to‘lg‘aziladi. Bu esa ekinlarni vegetatsiya davrida suv bilan to‘la ta’minlash imkonini bergan [2]. Qarshi cho‘lini o‘zlashtirish bosh rejasidan kelib chiqib 1966 yil mayda O‘zbekiston hukumatining «Qarshi cho‘lida o‘zlashtirilgan maydonlarda sug‘orish ishlarini boshlash haqida»gi qarori qabul qilingan. Qarorga muvofiq cho‘lni sug‘ori

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada sovet davrida Qarshi cho‘lining o‘zlashtir jarayonlarining boshlanishi, uning olib borilishi va ahamiyati haqida tarixiy dalillar asosida ma’lumot beriladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada sovet davrida Qarshi cho‘lining o‘zlashtir jarayonlarining boshlanishi, uning olib borilishi va ahamiyati haqida tarixiy dalillar asosida ma’lumot beriladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
yerlarning o‘zlashtirilishi., Qashqadaryo, Qarshi cho‘li, Sovet davri
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники