К содержанию
РецензированоUZ2026

RAQOBAT HUQUQIDA KAMSITUVCHI SHART-SHAROITLAR

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Razzaqova E’zoza Yusup qizi (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

Mazkur tezisda raqobat maydonida ma’lum bir ustun mavqega ega bo’lgan subyektlarning shartnoma shartlariga kamsituvchi bandlari kiritish holatlari va ularning oqibatlari haqida, kamsituvchi shart sharoitlarga misol keltirgan holda ko’rib chiqamiz. Kalit so’zlar: Raqobat huquqi, ustun mavqe, kamsituvchi shart sharoitlar, bozor subyektlari, kartel. Bugun iqtisod jadal bilan rivojlanib borar ekan, raqobat maydonida ham yangidan yangi subyektlar o’z faoliyatini olib boradi va bozor gullab yashnashi uchun o’z hissalarini qo’shadi. Biroq hammasi biz o’ylaganchalik oddiy kechmaydi. Raqobat maydonida maqsadga erishish uchun qisqa biroq qonunni cheklab o’tuvchi yo’llardan foydalanadiganlar ham topiladi. Ular sirasiga shartnoma shartlariga kamsituvchi bandlarni qo’shuvchi, bozorda kamsituvchi shart- sharotlar yaratishga harakat qiluvchi ustun mavqega ega subyektlar ham kirishi mumkin. O’zi aslida kamsituvchi shartlar nimalar va unga qonunchilikda qanday ta’rif berilgan. kamsituvchi shart-sharoitlar — tovar yoki moliya bozoriga kirish, tovarni ishlab chiqarish, iste’mol qilish, olish, realizatsiya qilish yoki o‘zgacha tarzda boshqa shaxsga o‘tkazish shart-sharoitlari bo‘lib, ular boshqa teng shart-sharoitlarda bitta yoki bir nechta xo‘jalik yurituvchi subyektni o‘zga xo‘jalik yurituvchi subyektga (raqobatchiga) nisbatan teng bo‘lmagan holatga solib qo‘yadi1. Kamsituvchi harakatlarni esa faqat bozorda ma’lum bir mavqega ega bo’lgan subyektlargina amalga oshira oladi va bunday subyektlarga ustun mavqega ega subyektlar deyiladi. Qonunchilikda bunday subyektga ega shaxslar quyidagicha tavsiflangan. 13-modda. Ustun mavqe Tovar yoki moliya bozoridagi xo‘jalik yurituvchi subyektning yoxud shaxslar guruhining unga o‘z faoliyatini raqobatlashuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarga bog‘liq bo‘lmagan holda amalga oshirish va raqobatning holatiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatish, tegishli bozorga boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning kirishini qiyinlashtirish yoxud ushbu boshqa subyektlarning iqtisodiy faoliyat erkinligini boshqacha tarzda cheklash imkoniyatini beradigan holati ustun mavqeydir. Tovar yoki moliya bozorida quyidagilar ustun mavqe deb e’tirof etiladi: agar xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining raqobatchilari mavjud bo‘lmasa; agar xo‘jalik yurituvchi subyektning yoxud shaxslar guruhining bozordagi ulushi 40 foizni va undan ortiqni tashkil etsa; agar xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi tabiiy monopoliya subyekti deb e’tirof etilsa; agar xo‘jalik yurituvchi subyektga yoki shaxslar guruhiga muayyan tovarlarni ishlab chiqarish yoki realizatsiya qilish yoxud olish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda mutlaq va (yoki) eksklyuziv huquq berilgan bo‘lsa. 1 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI RAQOBAT TO‘G‘RISIDA Qonunchilik palatasi tomonidan 2023-yil 14-fevralda qabul qilingan Senat tomonidan 2023-yil 2-martda ma’qullangan 4-modda. Asosiy tushunchalar https://lex.uz/uz/docs/-6518381 29 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumi bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz ming baravaridan kamroqni tashkil etuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining (bundan tabiiy monopoliya subyektlari, mahsulotlarining narxlari davlat tomonidan tartibga solinadigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar mustasno) tovar yoki moliya bozoridagi holati ustun mavqe deb e’tirof etilmaydi. Xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining tovar yoki moliya bozoridagi ustun mavqeyi e’tirof etilgan kundan e’tiboran uch kunlik muddatda vakolatli davlat organi bu haqda ularga xabarnoma yuboradi, mazkur xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining tovarlariga nisbatan narxlar davlat tomonidan tartibga solingan taqdirda esa bu haqda narxni tartibga soluvchi organga ham xabar beradi. Tovar yoki moliya bozorida xo‘jalik yurituvchi subyektning yoxud shaxslar guruhining, raqamli platforma operatorining ustun mavqeyini aniqlash va e’tirof etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.2 Demak, yuqoridagidan shu ko’rinib turibdiki, ustun mavqega ega bo’lgan subyektlar bozor ulushining 40% va undan ko’piga egalik qiluvchi va bevosita bozorga o’z ta’sirini o’tkazuvchi bozor subyektlari ekan. Endi ularning kamsituvchi shartlari haqida so’z yuritamiz. Ustun mavqega yoki ustun muzokara kuchiga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki bir guruh shaxslarning pirovard natijada raqobatni cheklashga va (yoki) iste’molchilarning, boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kamsitishga olib keladigan harakatlari, shu jumladan quyidagi harakatlari ustun mavqeni yoki ustun muzokara kuchini suiiste’mol qilish deb e’tirof etiladi hamda taqiqlanadi: tovarlarning muomalasi hajmini tovar yoki moliya bozorida taqchillikni keltirib chiqarish yoki saqlab turish maqsadida narxlarning oshishiga va (yoki) iste’molchilarning huquqlari va qonuniy ma

Доказательный фрагмент

«Mazkur tezisda raqobat maydonida ma’lum bir ustun mavqega ega bo’lgan subyektlarning shartnoma shartlariga kamsituvchi bandlari kiritish holatlari va ularning oqibatlari haqida, kamsituvchi shart sharoitlarga misol ke…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur tezisda raqobat maydonida ma’lum bir ustun mavqega ega bo’lgan subyektlarning shartnoma shartlariga kamsituvchi bandlari kiritish holatlari va ularning oqibatlari haqida, kamsituvchi shart sharoitlarga misol ke… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
bozor subyektlari, kamsituvchi shart sharoitlar, ustun mavqe, kartel., Raqobat huquqi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники