К содержанию
РецензированоUZ2026

METAFORIK BIRLIKLARNING TARJIMA JARAYONIDA YUZ BERADIGAN MUAMMO VA YECHIMLAR

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · MUAMMO VA YECHIMLAR (in-academy.uz/index.php/si) · Muminov Sidikjon Mirsobirovich (in-academy.uz/index.php/si) · Mahfuza Nishonboyeva (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 352-360 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada kundalik hayotimizda eng ko’p qo’llaniluvchi ko’chim turlarida biri bo’lmish metafora hamda uni o’rganish, qo’llash va tarjima jarayonida duch kelinadigan muammolar o’rganiladi va ularga yechim berishga bag’ishlanadi. Muammolar tahlil jarayonida ingliz va o’zbek tillaridan umumiy misol hamda ko’p uchratiladigan muammolar tahlil qilinadi. Kalit so’zlar: Metafora, o’xshatish, simile, sinekdoxa, kontekst, istiora, tashbeh, ko’makchilar. Tarjima jarayonida tarjimon o‘z tilida uchramagan yoki ekvivalentligi mavjuda bo‘lmagan tarjima qilinayotga til madaniyatiga xos bo‘lmagan so‘z birikmalariga duch kelishi ham mumkin. Bunday holatda undan ana shu ishlatilgan so‘zning o‘rnini bosuvchi birlik topish va asar mazmuni va ekspressivligini yo‘qolib ketmasligini ta’minlashi kerak. Albatta, boshqa tildagi metaforik atamalarni, birliklarni tushunish yoki tavsif qilish oson ish emas ammo tarjimada muammo kelib chiqmasligi muhimdir. Undan tashqari yana qator olimlar tilshunoslar ham metaforik birliklarni tarjima jarayonida nimalarga e’tibor qaratilishini ta’kidlab o‘tkanlar. Ularning til bilvosita ma’noga ega semiotik tizim ekanligini, tarjimonlar manba matnidagi metaforalarni maqsadli tillarga va turli madaniyatlardan tarjima qilganda muammolarga duch kelishlari mumkin ekanligini isbotlay olishgan. Nima sababdabdan tarjimashunislik murakkab jarayon ekanliguga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, tarjimondan nafaqat til yoki dunyoviy bilimi kuchli bo‘lishi balki, diniy taraflama ham yetarli saviyaga ega bo‘lishi talab etiladi. Dunyodagi barcha diniy kitoblar: Qur’oni Karim, Tavrot, Injil kitoblarida metaforlardan keng foydalanilgan o‘rinlarni ko‘rishimiz minkin. Bundan ko‘rinib turibdiki, ushbu ko‘chim turi insonning tili shakllanishidan ancha avvalroq paydo bo‘lgan ekan, Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, diniy kitoblarda qo‘llanilgan metaforalarni o;z ma’nosi va ta’sirchanligini saqlagan holda tarjima qilish mihim ahamiyat kasb etadi. Sababi, tarjimonnong kichik bir xatosi oqibatida ulkan xatoliklar kelib chiqishi mumkin. Shu nuqtai nazardan, metaforalarni tahlil qilish va uni qaysi ma’noda qo‘llanilganligini aniqlash tarjimonning eng muhim tashvishi hisoblanadi Metaforalarni tarjima qilishdagi muammolar Metaforlarning tarjimashunoslikdagi ahamiyatini tahlil qilgan Dobrzinskiy uni shunchaki “aqlbovar qilmas mashhur” ko‘chim turi ekanligini ta’kidlaydi. Menakr ham metaforlarning tilshunoslikdagi va tarjimashunoslikdagi ahamiyati katta ekanligini ta’kidlab, uning “oldindan aytib” bo‘lmas yashirin ma’no mazmuni uning eng asosiy qiyin tarafi ekanligini ta’riflaydi. 10 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Sababi, bunday holatda siz metaforalarning qo‘llanilish tarixi, ikki til madaniyati va shu kabi ko‘zga ko‘rinmas detallarni ham inobatga olishingiz zarur. Nyumark, Tabakovskiy hamda Turi o‘z izlanishlarida shuni aniqlashdiki, metafora tarjimon uchun tarjima qilinayotgan har qanday manbaning har qanday nazariyasi uchun yakuniy sinov hisoblanadi. Metafora haqidagi qarashlar turli tomonlarga og‘ib ketar ekan, olimlar ushbu qarashlarni uchta qismga bo‘lishni ma’qul deb topdilar: a) Metaforalarni tarjima qilib bo‘lmaydi (Nida, Vinay va Darbelnet, Dagut shu g‘oya tarafdorlari) b) Metafora boshqa tarjima qilinadigan manbalar kabi to‘liq tarjima qilinish xususiyatiga ega (Klyopfer, Meyson va Kurt bu g‘oyaa tarafdorlari c) Metaforik birliklar tarjima qilinishi mumkin, lekin asli kabi bir xil ma‟no anglatmasligi mumkin. (Den Broyk, Alvares, Turi, Nyumark, Snell-Xornbi, Raydman va Diges, Shaffner va Alilar shunday deya ta’kidlashgan) Yuqoridagi uch yo‘nalishdagi fikrlar aynan metaforlarni tarjima qilish jarayonida kelib chiqqan muammolar asosida paydo bo‘lgan. Bundan tashqari lingvistik metaforlar bir tildan ikkinchi bir tilga tarjima qilinganda umuman boshqa bir kommunikativ vaziyat kelib chiqishi haqida to‘xtalgan olim Dobrzinska edi. Uning munozarasi ham quyidagicha edi, metafora turli muhit yoki konteks orqali umuman boshqa so‘zga aylanishi, boshqa ma’no anglatishi ham mumkin ekanligini isbotlab berdi. Dastlabki muammo- tarjimada jarayonida kelib chiqar ekan. Hozirgi kunda chet tilida yozilgan asarlarni o‘z tiliga tarjima qilayotgan tarjimonlar badiiy asardagi qo‘llanilgan metaforik ko‘chimlarni tarjima qilishga bir qancha muammolarga duch kelmoqdalar. Avval, metafora nima ekanligini aniqlashtirib olsak. Konseptual metafora nazariyasiga ko‘ra, ikki majoziy ma’nodagi yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri tarjimaga ega bo‘lmagan, o‘z ma’nosini yo‘qotgan so‘zlarning yangi ma’no hosil qilishi metaforadir. Masalan, kompyuter virusi tibbiyotga xos tushuncha bo‘lib, keyinchalik kompyuter sohasiga kirib kelgan. Tarjima qilish deganda, faqatgina grammatik qoidalarga rioya qilib, so‘z qurilishiga e’tibor qartish degani emas, balki ana shu so‘zlarni qachon va qayerda, nima uchun qo‘llash kabi savollarga javob bera olishdir. Bu nizom deb ham yuritiladi. Ya’ni, siz hech qachon ustozingizga “Hey” yoki “Oshna” deb mu

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada kundalik hayotimizda eng ko’p qo’llaniluvchi ko’chim turlarida biri bo’lmish metafora hamda uni o’rganish, qo’llash va tarjima jarayonida duch kelinadigan muammolar o’rganiladi va ularga yechim berishga…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada kundalik hayotimizda eng ko’p qo’llaniluvchi ko’chim turlarida biri bo’lmish metafora hamda uni o’rganish, qo’llash va tarjima jarayonida duch kelinadigan muammolar o’rganiladi va ularga yechim berishga… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
o’xshatish, istiora, kontekst, Metafora, simile, sinekdoxa, tashbeh, ko’makchilar.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники