Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
JAMIYAT HAYOTIDA ZIYOLILARNING O’RNI
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Sh.U. Tasheva (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 12 · 2026
Аннотация
This paper examines the role of intellectuals in the social, political, and cultural life of society. It highlights the functions intellectuals perform, such as: facilitating communication through critical thinking, generating ideas and innovations, engaging in public discourse, and contributing to the realm of education. Key words: intellectual, critical thinking, eloquence, communication skills, groups of intellectuals. Ziyoli qatlam doimo jamiyat hayotining turli sohalarida tanqidiy fikr yuritish va yaratuvchanlik, modernizatsiyalash va ijodiy fikr yuritib jamiyat hayotini yaxshilash uchun xizmat qiladigan fidokorlardir. Ziyolilarning jamiyat hayotida tutgan roli juda dolzarbdir. Ziyolilar o’zlaridagi tezkor fikr yuritish va to’g’ri qaror qabul qilish hislati bilan ajralib turadi. Ulardagi intellekt jamiyat a’zolarining boshqa qatlamlari bilan ajralib turadi. Intellektual o’zagi intellekt bo’lgan atama haqida to’xtalsak. Intellekt ko'p jihatdan aniqlangan: mavhumlik, mantiq, tushunish, o'z-o'zini anglash, o'rganish, hissiy ong, fikrlash, rejalashtirish, ijodkorlik, tanqidiy fikrlash va muammolarni hal qilish qobiliyati. Bu atama idrok etish yoki xulosa qilish qobiliyati sifatida tavsiflanishi mumkin; va uni muhit yoki kontekstdagi adaptiv xatti- harakatlarga qo'llanilishi mumkin bo'lgan bilim sifatida qaraladi.[1] Ziyolilarning jamiyatdagi o‘rni va roli murakkab va tez-tez muhokama qilinadigan mavzu. Jamiyatda ziyolilar o’z faoliayt ko’rsatadigan sohalariga ko’ra quyidagi vazifalarni bajaradilar. 1. Tanqidiy fikrlash: ziyolilar o'rnatilgan me'yorlarni shubha ostiga qo'yish, taxminlarga qarshi chiqish va kuch tuzilmalarini sinchkovlik bilan tekshirishda muhim rol o'ynaydi. Ular jamiyatdagi adolatsizlik va tengsizliklarni fosh qilishga yordam beradigan tanqidiy ovoz sifatida ishlaydi. Tarixda bunga misol qilib jadidchilik g’oyasi tarafdorlarini olishimiz mumkin. 2. G‘oyalar va innovatsiyalar: Ular ko‘pincha bilim va ijod chegaralarini kengaytiruvchi yangi g‘oyalar, nazariyalar va badiiy ifodalarning manbai hisoblanadi. Har bir sohada yaratilayotgan kashfiyotlar, jamiyat uchun yangilik bo’lgan yutuqlarni misol qilib olishimiz mumkin. 3. Ommaviy nutq: ziyolilar ommaviy nutqda qatnashadi, muhim masalalar bo‘yicha munozaralarni shakllantiradi, jamoatchilik fikriga ta’sir qiladi va ijtimoiy o‘zgarishlarni targ‘ib qiladi. Bunda ziyoli qatlamda mavjud bo’lgan notiqlik san’ati muhim rol o’ynaydiki jamiyat qatlamlari orasida kommunikativlik qilish funsiyasini ham bajaradi. 25 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si 4. Ta'lim va bilimlarni tarqatish: ziyolilarning ko'p vakillari bilimlarni yuksaltirish va tanqidiy fikrlovchilarning yangi avlodlarini etishtirishga hissa qo'shadigan o'qituvchilar va tadqiqotchilardir. Ziyolilar jamiyatni shakllantirishda mavjud tuzilmalarga qarshi chiqish, yangi g‘oyalar yaratish va ommaviy munozaralarda ishtirok etish orqali hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Dunyo rivojlanar ekan, ziyolilarning roli o'zgarishi va moslashishda davom etishi mumkin, bu esa tanqidiy fikr yuritish va doimiy muloqotni talab qiladi. Ziyoli tarixda mehnatning jismoniy va aqliy mehnatga ajralishi tufayli vujudga kelgan. Dastlab odamlar, asosan, jismoniy mehnat bilan tirikchilik qilishgan boʻlsa, davrlar oʻtishi bilan jamiyatda aqliy mehnatga ehtiyoj paydo boʻldi. Kishilarga ilm maʼrifat oʻrgatuvchi oʻqituvchilar, davolovchi shifokorlar, dinu diyonatni targʻib qiluvchi, muhtojlarga taskin beruvchi ruhoniylar, kishilarni maʼnaviy-ruhiy, estetik tarbiyalovchi yozuvchi, musiqachi, rassomlardan iborat ijtimoiy qatlam shakllanib, rivojlana bordi. Shu tarzda kishilar mehnat sharoitining oʻzgarib borishi bilan aqliy mehnatning mavqeyi kuchayib, koʻlami kengayib bordi. Bu esa ziyolilar sonining oshishiga olib keladi. Ziyoli qatlam koʻpaygan sari jamiyatda maʼnaviy yuksalish yuz beradi. Ziyolilar xalqni maʼnaviy yetaklab boruvchi qatlam hisoblanadi. Bu qatlam erkin fikrlovchi, oʻzining mustaqil qarashlariga ega boʻlgan kishilardan iborat. Hur fikr hamma vaqt ham jamiyatni boshqaruvchilarning manfaatlariga moye kelavermagan. Buni kommunistik mafkura hukmron boʻlgan davrdagi siyosatdan koʻrish mumkin. Usha paytda bu qatlam ishchilar hamda dehqonlardan keyingi oʻringa qoʻyilgan. Sotsiologlar jamiyatdagi ijtimoiy qatlamlarni oʻrganishda ziyolilarni tarkibi murakkab boʻlgan ijtimoiy tabaqa sifatida taʼriflaydilar, bu tabaqa bir necha guruxlarga ajratiladi. Ularni: 1) aholiga xizmat koʻrsatish yoʻnalishidagi ziyolilar (oʻqituvchi, vrach va b.); 2) muhandis-texnik xodimlar; 3) ruhoniylar; 4) madaniyat xodimlari; 5) jamiyatni boshqaruvchi amaldorlarga ajratish mumkin. Bundan tashqari, ziyolilarni yashash joylariga qarab qishloq ziyolilari, shahar ziyolilari ; yoshiga koʻra; jinsiga koʻra; yashaydigan mintaqasi, mamlakatiga koʻra; shugʻullanayotgan kasbining mazmuniga koʻra; qay darajadagi mulkka egaligiga koʻra; avlod ajdodlarining tabaqasiga koʻra guruxlarga boʻlish mumkin. Soʻnggi davrdagi ijti
Доказательный фрагмент
«This paper examines the role of intellectuals in the social, political, and cultural life of society.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis paper examines the role of intellectuals in the social, political, and cultural life of society. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- intellectual, critical thinking, eloquence, communication skills, groups of, коммуникабельность, красноречие, интеллектуал, groups of intellectuals., критическое мышление, группы интеллектуалов.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026