К содержанию
РецензированоUZ2026

MUHAMMAD SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING OYATLARNI TAFSIR QILISH USLUBLARI

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · QILISH USLUBLARI (in-academy.uz/index.php/si) · Saydullayev Nurillo Ubaydullo o‘g‘li (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

Ushbu maqola tafsir fanidagi eng muhim mavzu – Nabiy Sollalohu alayhi vasallamning tafsir qilish uslublari, U zotning oyatlarni tafsir qilishga bo’lgan yondashuvlarini bayon qiladi. Ushbu uslublarni o’rganish ahamiyati kata ekanligini ta’kidlaydi. Kalit so'zlar: Tafsir qilish uslubi, saodat davrdagi tafsir, Nabiy sollallohu alayhi vasallamning oyatlarga yondashuvlari, oyatlarni hadislar bilan tafsir qilish. Tafsir qilish uslublari bir necha davrga bo’linadi. Har bir darvda tafsirga turli ehtiyojlar paydo bo’lgan. Qur’oni karim oyatlarini tafsir qilish saodat asridan ma’lum. Aynan shu davrda oyatlarni tafsir qilishni Nabiy sollallohu alayhi vasallam taraflaridan o’rgatish va sahobalar tarafdan o’rganish boshlangan. Bu davrdagi tafsir qilish uslubini batafsil bayon qilib o’tish maqsadga muvofiq. Chunki, tafsir qilishning barcha metodlarini aynan ushbu davrdagi tafsir qilish uslubiga bevosita suyanadi. Qur’oni karimni tafsir qilishdagi asosiy manba hadislar va eng birinchi mufassir Rosululloh sollallohu alayhi vasallam hisoblanadilar. Alloh taolo Qur’oni karimda: { كَ یَۡلِإ اَۤنل ۡ زَ نَأوَ نَ ورُ كَّ َفَتَی مۡهُ َّلَعَلوَ مۡهِ یَۡلِإ لَ ز ُِن امَ سِ اَّنللِ نَ ِ یَبُتلِ رَ كۡ ذِلٱ } “Va senga odamlarga nozil qilingan narsani o’zlariga bayon qilib berishing uchun zikrni (Qur’onni) nozil qildik”1. Qur’oni karining ismlaridan biri “Zikr” lafzidir. Ushbu oyat ham Qur’onni zikr deb atamoqda. Ya’ni, payg’ambarlarni o’z qavmlariga turli ochiq oydin bayonatlar va ktioblar bilan yubordik. Seni esa odamlarga nozil qilingan narsani o’zlariga bayon qilib berishing uchun zikr-Qur’on ila yubordik.2 Sahobalar arab bo’lganliklari uchun Qur’onni arab tili taqozosiga ko’ra tushunishgan. Agar ularga Qur’ondan ba’zi o’rinlar tushunarsiz bo’lib qolsa, tog’ridan-to’g’ri Rosululloh sollallohu alayhi vasallamdan so’rar edilar. Hadis kitoblarida ham alohida “Tafsir kitobi” bo’ladi. Unda muhaddislar Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning oyatlarga qilgan tafsirlarini jamlaganlar. Ushbu hadislarni o’rganib chiqilsa, Nabiy sollallohu alayhi vasallamning Qur’oni karimni tafsir qilishda qanday uslublarga yondashganliklarini o’rganish mumkin. Qur’onni tafsir qilish turlarini yuqorida keltirib o’tildi. Shularning ikkinchi qismi Qur’on oyatlarini hadislar bilan tafsir qilish. Bu tafsir qilish turi esa tafsir qilish turlarining eng muhimi hisoblanadi. Chunki, Qur’oni karim Nabiy sollallohu alayhi vasallamga nozil bo’lgan va tafsir qilishga eng haqli zot ham Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning o’zlari hisoblanadilar. Bu o’rinda ba’zi jihatlarga e’tibor qaratish lozim. Tafsir qilish turlarida birinchi bo’lib Qur’on oyatlarini boshqa oyatlar bilan tafsir qilishni, ikkinchi bo’lib hadislar bilan tafsir qilish keltirildi. Lekin bu yerda bir xato tushuncha bor. Ba’zilar oyatlarni birinchi bo’lib boshqa oyatlar bilan tafsir qilinadi, so’ngra hadislarga o’tiladi deb o’ylaydi. Aslida esa Qur’on oyatlarini oyat va hadislar bilan birgalikda tafsir qilishni tushunish lozimdir. 1 Nahl surasi, 44-oyat. 2 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tafsiri hilol. 3-juz. Toshkent. -Hilol nashr. -334b. 76 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Aksar ulamolar Rosululloh sollallohu alayhi vasallam Qur’on oyatlarining barchasini tafsir qilmaganlar deyishgan. Chunki, oyatlar ichida ma’nosini faqat Alloh taolo biladigan (Mutashobih) oyatlar bor. Shuningdek ma’nosini hammaga ma’lum, bayon qilishga ehtiyoj tushmaydigan oyatlar bor. Arab til e’tiboridan tushinib oladigan oyatlar bor. Shunday ekan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam asosan tafsir uslublarining ikki uslubi asosida tafsir qilishga cheklanganlar. Ular ma’nosi ravshan bo’lmagan oyatni bayon qilish. Ma’nosi chalkash oyatlarni ochib berish. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam vafotlarigacha musulmonlarning ehtiyoji tushadigan oyatlarni tafsir qilib o’tganlar. Chunki, Qur’on faqatgina hadisi shariflar orqali to’g’ri tushinish mumkin bo’lgan hukmlarni ham o’z ichiga oladi. Qur’onda Rosululloh sollallohu alayhi vasallamgina bayon qilib bera oladigan shar’iy hukmlar bor. Ma’lumki, Qur’on oyatlarining ichida ma’nosi to’liq ma’lum bo’lmagan (Mujmal) oyatlar bor. Ushbu oyatlarni bayon qilib berganlar. Ma’nosi ommaviy ko’pchilikni qamrab olgan oyatlar bor. Ushbu oyatarni muayyyan toifaga xoslab berganlar. Ushbu sanab o’tilayotgan uslublarni batafsil bayon qilish lozim. - Qur’on oyatini boshqa bir oyat bilan tafsir qilish. Alloh taolo ( كئلوأ ملظب مهنامیإ اوسبلی ملو اونمآ نیذلا نودتهم مهو نملأا مهل ) “Iymon keltirganlar va iymonlariga zulmni aralashtirmaganlar. Ana o’shalarga hotirjamlik va omonlik bordir. Ular hidoyat topganlardir”3 ushbu oyatni nozil qilinganida sahobalarga “Zulm” lafzining ma’nosi chalkash bo’lib qoldi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam ushbu lafzni Alloh taoloning bu ( میظع ملظل كرشلا نإ ) “Albatta, shirk katta zulmdir”4 oyati bilan tafsir qildilar. - Oyatlarni tafsir qilayotganda birinchi tafsirni aytib, so’ngra tafsir qilingan oyatni zikr qilar edi

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola tafsir fanidagi eng muhim mavzu – Nabiy Sollalohu alayhi vasallamning tafsir qilish uslublari, U zotning oyatlarni tafsir qilishga bo’lgan yondashuvlarini bayon qiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola tafsir fanidagi eng muhim mavzu – Nabiy Sollalohu alayhi vasallamning tafsir qilish uslublari, U zotning oyatlarni tafsir qilishga bo’lgan yondashuvlarini bayon qiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Tafsir qilish uslubi, saodat davrdagi tafsir, Nabiy sollallohu alayhi, oyatlarni hadislar bilan tafsir qilish., Nabiy sollallohu alayhi vasallamning oyatlarga yondashuvlari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники