К содержанию
РецензированоUZ2026

BOSHLANGICH SINFLARDA ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISH ISTIQBOLLARI

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Qo'shnazarova N.M. (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

Ushbu tezisda boshlang’ich ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish istiqbollari, kompyuter savodxonligini rivojlantirish usullari, axborot texnologiyalarining ta’lim samaradorligidagi o’rni, multimedia vositalaridan foydalanishdagi ahamiyati hamda barcha ta'lim bosqichlari va ta'lim muassasalari bilan samarali natijaviylikni ta'minlash yo’llari asoslab berilgan. Kalit so’zlar: zamonaviy texnologiyalar, texnologik yondashuv, texnologik ko’nikmalar, kommunikatsiya, animatsion shakl, multimedia, interaktiv metod, korreksion mashg’ulotlar. Axborotni taqdim etishning vositalari va usullarini qo'llash - hozirgi axborot texnologiya vositalari kuchli rivojlangan sharoitda ulardan to'g'ri va samarali foydalanish, axborotlarni tanlash, saralash, saqlash, qayta ifodalash ko'nikmalari hosil qilinadi. Bu jarayonda kompyuter savodxonligi alohida ahamiyat kasb etadi. O'qitishning maqsadlari, mazmuni, metodlari, vositalari va formalari metodik sistemaning asosiy komponentlaridir. Bugungi kunda o'qitishning metodi va mazmuni muammosini hal etish oldingilardan farq qiladi. Boshlang'ich sinf o'quvchilari timsolida ularning kompyuter savodxonligini oshirishda fanlar misolida oladigan bo'lsak, masalan, matematik tafakkurni o'stirishda informatikani qo'llash bugungi kun muammolaridan biridir, o'quvchilar matematikani o'rganishni davom ettirishga tayyorlanadilar. Son tushunchasi, geometrik figura, ifoda, funksiya, tenglama, geometrik shakl yasash, koordinata va vektor haqida boshlang'ich tushunchalar boshlang'ich sinfda o'rgatiladi. Boshlang'ich ta'lim o'quv darslarida axborot majmui ma'lumotnomalar, ensiklopediyalar, virtual kutubxonalar, geografik xaritalar, rasmlar, chizmalar, animatsiyalar, matnlar, tasviriy axborotning statistik va dinamik ifodalari, ovozli obrazlardan (yozilgan ovoz, musiqa va boshqalar) foydalanish mumkin. Yuqorida keltirilgan AKT savodxonlik elementlariga ega bo'lishlik - ta'lim jarayoniga AKTni samarali joriy etishning tashkiliy bir qismi hisoblanadi. Bugungi kunda o'qituvchilarning AKT sohasiga oid kasbiy mahoratini oshirish yo'nalishida asosiy e'tibor ularning kompyuterdan foydalanuvchi sifatida tayyorlashga qaratilgan. O'qituvchilar AKT savodxonligiga ega bo'lish bilan chegaralanib qolmasdan, AKT vositalaridan ta'lim samaradorligini oshirish yo’lida to'g'ri foydalanish metodikasi bilimiga ham ega bo'lishlari zarur. Ya'ni, har bir fan o'qituvchisi o'zining darsida AKT vositalaridan didaktik vosita sifatida foydalana olishlari zarur. Shu sababli, malaka oshirish kurslarida muammo yechimi hal etish uchun nafaqat kompyuter savodxonligiga oid mashg'ulotlarni, balki AKTdan foydalanish metodikasiga oid mavzularni "Fanni o'qitishda AKTdan foydalanish" mutaxassislik darslarida ham o'qitish va amaliy mashg'ulotlar orqali tinglovchilarning bajarish imkoniyatlariga zamin yaratmog'imiz maqsadga muvofiq bo'ladi. AKTdan dars jarayonida foydalanish metodikasiga oid ko'nikmalarga matn va jadval muharrirlari yordamida pedagogik vositalar yaratishda ularning didaktik imkoniyatlaridan foydalanishni (matn muharririda son va raqamlar kiritish, jadval muharririda geometrik grafiklarini yaratish va b.) ta'kidlab o'tish mumkin. Bundan tashqari ushbu metodika darsning qaysi qismida, qancha vaqt davomida foydalanishni nazarda tutadi. 94 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Ushbu fikrlarni tasdig'i sifatida YUNESKO tomonidan ishlab chiqilgan O'qituvchilarning axborot kommunikatsiya texnologiyalariga oid bilimlarga ega bo'lishlik bo'yicha tavsiyalarini keltirish mumkin. Zamonaviy o'qituvchining texnologik jihatdan savodxon bo'lishligi va o'quvchilarda ushbu ko'nikmalarni shakllantirish yetarli emasligi alohida ta'kidlanadi. Zamonaviy axborot texnologiyalarini qo'llashda maktabgacha va boshlang'ich ta’lim tizimida ta'lim mazmunining maqsadini ko'zlagan holda uning muvaffaqiyatga erishishning asosiy omili sifatida quyidagicha amallarni to'g'ri tashkil etishga e'tibor berish lozim - mutaxassis kadrlar salohiyatining zamon talabiga mos bo'lishi; - barcha ta'lim bosqichlari va ta'lim muassasalari bilan samarali natijaviylikni ta'minlay olish darajasidagi uzviy hamkorlikning to'g'ri yo’lga qo'yilishi va nazoratganolinishi; - metodist va fan o'qituvchilari o'zaro hamkorlikda ijobiy natijani ko’zlagan va mazkur tavsiyalarda ham samaradorlilik ko'rsatkichlarini oshirish; - kafolatlagan holda ta'lim- tarbiya jarayoniga yondashishi; - zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan muntazam xabardor bo'lishi va uni ijodkorlik, mohirlik san'ati ila amaliyotga joriy etishi; - yuksak intellektual salohiyatli yoshlarni tarbiyalashni bosh maqsad etgan holda ularning ham imkoniyat darajalari va qobiliyatlarini hisobga olishi; - o'qituvchi kasbiga innovatsion yondashgan holda jarayonlarga ko'rgazma va didaktik jihozlarni foydalanishda xilma - xillikka e'tibor qaratishi; - o'quvchilarning bo'sh vaqtini to'g'ri taqsimlay olishi; - axborot texnologiyalari haqida ma'lumotlarni mazmun

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezisda boshlang’ich ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish istiqbollari, kompyuter savodxonligini rivojlantirish usullari, axborot texnologiyalarining ta’lim samaradorligidagi o’rni,…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezisda boshlang’ich ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish istiqbollari, kompyuter savodxonligini rivojlantirish usullari, axborot texnologiyalarining ta’lim samaradorligidagi o’rni,… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kommunikatsiya, animatsion shakl, texnologik yondashuv, texnologik ko’nikmalar, interaktiv metod, multimedia, korreksion mashg’ulotlar., zamonaviy texnologiyalar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники