К содержанию
РецензированоUZ2026

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TO’LOVGA QOBLIYATSIZLIK TIZIMIDA KELISHUV BITIMINI TUZISH TARTIBINI TAKOMILLASHTIRISH ZARURATI

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Husainova Sabina Abduqayum qizi (in-academy.uz/index.php/si) · Husainova Sabina Abduqayum qizi (in-academy.uz/index.php/si) · Republic of Uzbekistan (University of World Economy and Diplomacy) · Mustakillik ave. (University of World Economy and Diplomacy)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

Ushbu tadqiqotning maqsadi to’lovga qobiliyatsizlik tizimida sud sanatsiyasi taomilining amalda qo’llanish samaradorligini oshirishga qaratilgan bo’lib,qonun tarkibidagi mavjud normalarni takomilashtirish uchun takliflar ishlab chiqishdan iboratdir. Annotation. The purpose of this study is to increase the effectiveness of the judicial rehabilitation in the insolvency system, and to develop proposals for improving the existing norms of the law. Kalit so’zlar: to’lovga qobiliyatsizlik, sud sanatsiyasi, kreditorlar, kreditorlar qo’mitasi, qarz ta’minoti. Keywords: insolvency, judicial rehabilitation, creditors, committee of creditors, debt security. Davlat iqtisodiyotiga ishlab chiqarishi past, zarar koʻrib ishlayotgan korxonalarni bankrot deb topish ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Biroq turli obyektiv sabablarga koʻra kreditorlar talablarini qanoatlantira olmayotgan, oʻzining toʻlov qobiliyatini vaqtincha yoʻqotgan korxonalar ham mavjud va odatda bunday korxonalar bankrot deb topilmasdan sanatsiya qilinadi. Sanatsiyalash orqali korxonalarning rentabelligi tiklanadi hamda ushbu korxonalar iqtisodiy foydalilik faoliyatini davom ettiradi. Sanatsiya (lot. sanatio – davolanish, qarzdor tashkilotlarni sogʻlomlashtirish) – qarzdor tashkilotlarga davlat yoki boshqa tashkilotlar tomonidan moliyaviy yordam berishi boʻlib, qarzdor tashkilotlarning jamoalari qarz beruvchilar va qarzdor tashkilotlar sanatsiyada qatnashish huquqiga ega. Sanatsiya- bankrotlikni oldini olish yoki korxona raqobatbardoshligini oshirish maqsadida o‘tkaziladigan chora-tadbirlar tizimi.1 Respublika bo‘ylab iqtisodiy sudlar tomonidan 2021-yilda 9994 ta,2022-yilda 8996 ta va 2023-yilda 13093ta bankrotlik hamda to‘lovga qobiliyatsizlikka doir ish ko‘rilgan bo‘lib,bu vaqt davomida 2021-yilda atiga 1dona,2022-yilda 9ta hamda 2023-yilda 4 nafar holatda to‘lovga qobiliyatsiz qarzdorga nisbatan sud sanatsiyasi qo‘llanilgan.2Ushbu statistik ko‘rsatgichlar qarzdorni sog‘lomlashtirishga qaratilgan yana bir tartib-taomilga doir jarayonni hamda ushbu 1 Большой энциклопедический словарь. 2-е изд.,М.:Большая Российская энциклопедия. – СПБ.: Норинт,1997.-С .240. 2 https://stat.sud.uz/iib.html 84 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si jarayonni tartibga soluvchi normalarni tahlil qilish hamda ularni takomillashtirish uchun takliflar ishlab chiqish zaruratini yuzaga keltiradi. “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi qonunning 93-moddasida sud sanatsiyasi tartib- taomilini joriy etish to‘g‘risidagi iltimosnoma asosida sudga murojaat etish tartibi belgilab qo‘yilgan bo‘lib,unga ko‘ra : “Kuzatuv tartib-taomili jarayonida qarzdor, qarzdorning muassislari (ishtirokchilari) yoki qarzdor mol-mulkining egasi, shuningdek uchinchi shaxs (shaxslar) sud sanatsiyasi tartib- taomilini joriy etish haqida sudga murojaat qilish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan kreditorlarning birinchi yig‘ilishiga yoxud sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish haqidagi iltimosnoma bilan bevosita sudga murojaat qilishga haqlidir. Qarzdorning sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish to‘g‘risidagi iltimosnomasiga sud sanatsiyasi tartib-taomilining taklif qilinayotgan muddati va qarzni to‘lash jadvali ko‘rsatilgan holda qarzdorning sud sanatsiyasi rejasi ilova qilinishi kerak. Sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish haqida sudga murojaat etish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan kreditorlarning yig‘ilishiga murojaat qilgan shaxslar mazkur iltimosnomani va unga ilova qilinadigan hujjatlarni kreditorlarga bu hujjatlar bilan tanishish imkoniyatini berish maqsadida kreditorlarning yig‘ilishi o‘tkaziladigan sanaga kamida ikki hafta qolganida muvaqqat boshqaruvchiga taqdim etishi shart. Qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish haqidagi iltimosnomasiga sud sanatsiyasining rejasi, qarzni to‘lash jadvali, qarzdorning muassislari (ishtirokchilari) umumiy yig‘ilishining bayonnomasi ilova qilinishi kerak. Mazkur umumiy yig‘ilishning bayonnomasida sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish uchun ovoz bergan muassislar (ishtirokchilar) ro‘yxati hamda bu shaxslar tomonidan qarzni to‘lash jadvalining bajarilishini ta’minlashga oid hujjatlar ko‘rsatilishi kerak.” - Ushbu moddaga asosan sud sanatsiyasiga doir taklifning dastlab kreditorlar tasdig‘idan o‘tishi zaruriyatdir,demak kreditor hamda qarzdorning muasisslari yoki rahbarlari o‘rtasida muzokaralar muvaqqat boshqaruvchining nazorati ostida dastlabki kreditorlar yig‘ilishi o‘tkazilguniga qadar olib borilishi maqsadga muofiqdir.Ammo bu yerda yuzaga keluvchi yagona muammo bu kreditorlar qo‘mitasining hali tayinlanmaganligi bois muzokaralarni har bir kreditorlar bilan individual tarzda olib borishga tog‘ri kelinishidadir.Ushbu muzokaralar to‘g‘risida sud uchun hisobotlar tayyorlanishi zaruriy emas ularning asosiy xususiyati jarayon samaradorligini oshrish uchun qo‘llaniluvchi kichik amaliy yondashuvlar sifatida qabul qilish mumkin. “To‘lovga q

Доказательный фрагмент

«Ushbu tadqiqotning maqsadi to’lovga qobiliyatsizlik tizimida sud sanatsiyasi taomilining amalda qo’llanish samaradorligini oshirishga qaratilgan bo’lib,qonun tarkibidagi mavjud normalarni takomilashtirish uchun taklif…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tadqiqotning maqsadi to’lovga qobiliyatsizlik tizimida sud sanatsiyasi taomilining amalda qo’llanish samaradorligini oshirishga qaratilgan bo’lib,qonun tarkibidagi mavjud normalarni takomilashtirish uchun taklif… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
insolvency, judicial rehabilitation, creditors, committee of creditors, debt, Bankrotlik insituti, bozor iqtisodiyoti, sanatsiya, to’lovga qobiliyatsizlik, tashqi boshqaruv, tugatish taomili, kelishuv bitimi.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники