Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“SABOT UL-OJIZIN” ASARI HIKOYATLARIDA OBRAZLAR TALQINI
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Zulfizar Abdullayeva Oybek qizi (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 2026
Аннотация
This study analyzes the images in the stories of Sufi Olloyar's "Sabot ul-ojizin". In the classification of artistic images, the poet's unique style and skill of using words are revealed. In the research, the traditionality and commonality of creating an image are reflected as well as the different aspects. Аннотация: В данном исследовании анализируются образы в рассказах Суфия Оллояра «Сабот ул-оджизин». В классификации художественных образов раскрываются неповторимый стиль и мастерство использования слова поэта. В исследовании отражены традиционность и общность создания образа, а также различные аспекты. Kalit so‘zlar: “Sabot ul-ojizin”, Qur’on, komil inson, Robiya Adaviya, Hasan Basriy, Abdulloh ibn Muborak. Key words: "Sabot ul-Ojizin", Qur'an, perfect human being, Rabia Adaviya, Hasan Basri, Abdullah ibn Mubarak. Ключевые слова: «Сабот уль-Оджизин», Коран, совершенный человек, Рабия Адавия, Хасан Басри, Абдулла ибн Мубарак. “Sabot ul-ojizin” asaridagi barcha hikoyatlar Allohni taniydigan komil inson darajasiga yetishda ko‘mak beradi. Jumladan, quyidagi hikoyatlar: “Hikoyati Robiya”, “Hikoyati Hajjoj”, “Hikoyati Savbon”, “Hikoyati dev”, “Hikoyati shayx Imom Basriy”, “Hikoyati badbaxton”, “Hikoyati hazrati Luqmon”, “Hikoyati shayx Bastom”, “Hikoyati Ismoil alayhissalom”, “Hikoyati Saidu Sa’d”, “Hikoyati Rasuli akram (s. a. v.)” va boshqa bir qancha hikoyatlar. Hikoyatlarning har biri orqali Qur’ondagi biror jumla oydinlashayotgandek bo‘ladi. Xususan, asarning “Xavf-u rajo xususida” bo‘limidan keyin kelgan payg‘ambarimiz haqidagi hikoyat har bir musulmon bandasini mushohada qilishga majbur qiladi. Allohning quli sifatida Unga toat-ibodat qilish, tavakkul qilish buyurilgandir. Biror savob amali bilan g‘ururlanmasligi yoki gunohi sabab Alloh marhamatidan noumid bo‘lmasligi lozim. Zero, Alloh Bilguvchi va Ko‘rguvchi. Hikoyatda payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning qo‘rquvi ko‘rsatilgan bo‘lib, “rahmatan dil olamin” deya jannatlarda joyi bo‘lsa-da, Allohga qo‘rquvidan ibodat paytida hushidan ketadi. Bundan ayon bo‘ladiki, ming savob qilgan ham, ibodati mukammal bo‘lganlar ham bir aybi bilan do‘zaxga tushib qolishdan, Allohdan qo‘rqishi lozim. So‘fi Olloyorning “Sabot ul-ojizin” asari tarkibidagi hikoyatlarda turli davrlardagi so‘fiy alloma va shayxlar obraz darajasiga ko‘tarilgan. Xususan, Robia’tul Adaviyya, Hajjoj ibn Yusuf, Savbon ibn Bajdad, Shayx imom Basriy, Abdulloh ibn Muborak, Ahmad Hanbal, Luqmoni hakim, Boyazid Bistomiy, Abdulloh Ansoriy, Said-u Sa’d nomlari asarda keltirilgan. Bundan tashqari, asarning ko‘pgina joylarida payg‘ambarlar hamda sahobalar ismi berib o‘tilgan. So‘fi Olloyorning hikoyatlari so‘nggida pushaymonlik, Allohni taniydigan banda bo‘lish umidi sezilib turadi. Zero, asarning ko‘p joylarida “Havoyi nafs ila ovoradurmiz” yoki 42 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si “Yetushmas erta qilg‘on tavbamiz tushka” misralari takror-takror kelgan bo‘lib, shoir bu bilan nafsini tarbiyalash orqali komillikka intilishidan darak beradi. Hikoyatlarda yuqori taqvo egalari bo‘lmish Robiya Adaviya, Boyazid Bistomiy singari shayx va oriflar zarra gunohi uchun Allohdan, oxiratidan bu qadar qo‘rqsa, tavba qilib, tavbasidan qaytadigan biz kabi bandalar holiga voy. Robiya Adaviya ayol bo‘lsa-da, eranlar – tariqat ulug‘lari unga “Tojur rijol” ya’ni “Er kishilar toji” degan nomni berdilar. Ayol bo‘lishiga qaramasdan, turli-tuman azoblar ichida yayov yo‘l bosib, xasta tan-u jonlarini sudrab, yetti yilda Ka’ba ziyoratiga yetishdi. Uningdek himmatli ayolning kasb-kamoloti, yuksak did va holoti hisobdan tashqaridir1. Rоbiyа аl-Аdаviyа Аllоhgа nimаdаndir qо‘rqib, yоki birоr nаrsа ilinjidа ibоdаt qilmаgаn, bаlki mаhbub sifаtidа, yа’ni qаlb bilаn muhаbbаt izhоr qildi. Аllоh hаm о‘z о‘rnidа insоnni аyrichа bir muhаbbаt bilаn mukаrrаm qilib yаrаtgаn. Tаsаvvufning mоhiyаti ikki tоmоnlаmа muhаbbаtni tаlqin qilish bо‘lib, tаsаvvuf аxlоqshunоsligidа muhаbbаt his-tuyg‘ulik mаqоmidаn tushunchа dаrаjаsigа kо‘tаrilgаn. Аllоhni sеvish, Uning zоti sifаtini tаnish vа bilish kо‘ngilni nаfs-u hirs g‘ubоridаn tоzаlаb, bоtiniy musаffо bir hоlаtdа ilоh vаsligа yеtishish vа bundаn lаzzаtlаnish g‘оyаsini kеng tаrg‘ib qilаdilаr. Insоn ruhi ilоhiydir vааsоsiy mаqsаd ruhiy- mа’nаviy yuksаlishdir2. Tasavvufiy asarlarning deyarli barchasida Hasan Basriy obrazi uchraydi, chunki o‘n yoshida Qur’onni yod olgan bu shayx haqida juda ko‘plab iliq fikrlar mavjud. Jumladan, Muhammad ibn Sa’d shunday degan: “Hasan Basriy faqih, ishonchli, hujjati mustahkam, ilmi ko‘p, dunyoga mehri yo‘q, so‘zlari fasih, ko‘rinishi yoqimli inson edi”. So‘fi Olloyor shayx Basriy haqidagi hikoyatni “Shayxi komil istamakning bayoni” bo‘limidan keyin keltiradi. Hikoyatda yuqorida aytilgan sifatlarni namoyon etgan shayx va uning shogirdi orasidagi vaziyat ochib berilgan. “Savdogarlar ustozi” nomini olgan Abdulloh ibn Muborak, Ahmad ibn Hanbalning yozishicha, fiqhda, naxvu lug‘atda, adabu fasohat ilmida, zuhdu taqvoda zamonasin
Доказательный фрагмент
«This study analyzes the images in the stories of Sufi Olloyar's "Sabot ul-ojizin".»
Образец извлечения
Демо-превьюThis study analyzes the images in the stories of Sufi Olloyar's "Sabot ul-ojizin". Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- "Sabot ul-Ojizin", Qur'an, perfect human being, Rabia Adaviya, Hasan Basri, Хасан Басри, Абдулла ибн Мубарак., Hasan Basriy, komil inson, Коран, “Sabot ul-ojizin”, Abdulloh ibn Muborak., «Сабот уль-Оджизин», Рабия Адавия, Qur’on, совершенный человек, Robiya Adaviya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026