Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAKTABDA KIMYO FANI O‘QITISHDA YANGICHA YONDASHUVLARDAN FOYDALANISH
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · A.S. Karimova (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 2026
Аннотация
Mazkur tezisda o’quvchilarda kimyo faniga bo’lgan qiziqish va predmetga mas’uliyatli munosabat uyg’otish haqidagi bilimlar, kimyo fanining hozirgi davrdagi roli va o’rni haqida to’g’ri tasavvurni shakllantirish.Kimyo oʻqitishda oʻqituvchining ilmiy-metodik tajribasi haqida tavsiyalar berilgan. Kalit soʻzlar: Kimyo fani, metodika, pedagogik mahorat, laboratoriya mashgʻulotlari. Kirish: Kimyo fani bo‘yicha ta’lim sifatini tubdan oshirish, umumta’lim maktablarida ushbu fanlarni o‘qitishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish, ta’lim muassasalarini zamonaviy laboratoriyalar, darsliklar va boshqa o‘quv jihozlari bilan ta’minlash hozirda zamon talablaridan biriga aylangan. Ushbu yo‘nalishlarga malakali o‘qituvchi-murabbiylarni jalb etish, kadrlar tayyorlash va ilm-fan natijalaridan foydalanishda ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish sohalari o‘rtasida o‘zaro yaqin muloqot va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bugungi kunda eng dolzarb masalalardan biri boʻlib hisoblanadi. Kimyo fani oʻqituvchisi – kimyo ta’limini amalga oshirishda integratsiya va moslashuvchanlikni ta’minlash, oʻquvchilarda fan boʻyicha amaliy va nazariy koʻnikmalarni shakllantirish qobiliyati boʻlishi, kimyoning boshqa fanlar bilan aloqadorligi haqida maʼlumotlar berishi kabi muammolarni hal etish imkoniyatiga ega boʻlishi kerak. Asosiy qism: Maktabda kimyoni o'qitish uzluksiz ta'lim tizimi xususan, o'rta ta'limi oldiga qo'ygan umumiy maqsadlarni amalga oshirishga yo'naltiriladi. Maktabda o'qitiladigan kimyo o'quvchilarni o'quv fani asoslari bilan bog'liq bo'lgan umumiy qonuniyatlar, nazariyalar, umumkimyoviy tushunchalar va atamalar bilan tanishtirish barobarida o'quvchi shaxsining barkamolligini ta'minlashga muayyan hissa qo'shadi va kurs mazmuni bilan bog'lik holda o'quv-tarbiyaviy jarayonlarni zamon talablariga mos holda tashkillantirish va boshqarish imkonini beradi.. Maktabda kimyoni o'qitish ta'lim mazmuni, o'qitish shakllari, metodlari, vositalarini oʻzaro bog'liq holda amaliyotga joriy etishni asosiy maqsad qilib qo'yadi. Uzluksiz ta'lim tizimining o'rta ta'limi turida ta'lim-tarbiya jarayoniga qo'yilgan talablar tahsil oluvchilarning yosh va psixologik xususiyatlari hisobga olingan holda, ta'lim mazmuni, o'qitish shakli, metodi va vositalarining uzviyligini ta'minlash masalasi dolzarb muammo sanaladi. Kimyo o'qitish metodikasining asosiy vazifasi o'quvchilarga kimyo o'quv fanlari bo'yicha DTS bilan me'yorlangan bilim berish, rivojlantirish, tarbiyalash, ularning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida kamol topishi, mustaqil hayotga tayyorlashga ko'mak beruvchi o'quv fanlar mazmuni o'qitish shakllari, vositalari va metodlarini ishlab chiqishdan iborat. Maktabda kimyoni o'qitishni takomillashtirish maqsadida quyidagi vazifalarni hal etish nazarda tutiladi: 1. Barkamol shaxsni kamolga yetkazish, o'qitish, rivojlantirish va tarbiyalash jarayonida kimyo o'quv fanining o'rnini aniqlash va bu borada amalga oshirish lozim bo'lgan tadbirlarni belgilash; 130 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si 2. Maktabda kimyoni o'qitishda dars, darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari mashg'ulotlar va ekskursiyalarning uzviyligini ta'minlash, bu jarayonda o'quvchilarning mustaqil ishi va tahsilining ustuvorligini ta'minlash; 3. O'quvchilarning bilim zaxirasi, yosh va psixologik xususiyatlariga mos ravishda o'quv fanlarining mazmuni, undagi mavzularning oʻrganish izchilligi va mantiqiy bog'lanishlarni belgilash; 4. Kimyo o'quv fanlarining uziga xos xususiyatlarini e'tiborga olgan holda o'qitish metodlari, vositalari va tashkiliy shakllarini ishlab chiqish; 5. O'qitish jarayonida qo'llash uchun zarur jihozlar, kimyo va laboratoriya xonasini o'qitish vositalari va reaktivlar bilan ta'minlash; 6. Kimyodan o'quvchilaming o'zlashtirgan bilim va ko'nikmalarini nazorat qilish va baholash reyting tizimining metodik ta'minotini ishlab chiqish; 7. Kimyoni o'qitish samaradorligini orttirishga imkon beradigan elektron darslik va kimyoviy jarayonlarni aks ettirgan animatsiyalar yaratish. Maktab kimyo fan o'qituvchisi dars o'tish jarayonida qo'yidagilarni amalga oshirishlari zarur: 1. Darslarga tayyorlanish jarayonida moddiy ta'minotni (kerakli reaktiv va jihozlar, asbob va materiallar) birinchi galdagi vazifa sifatida tan olish, oldindan taxtlash, zararli moddalarni kam zararli yoki zararsiziga almashtirish, ularni oldindan sinab ko'rish hamda mahalliy materiallardan foydalangan holda qo'l ostida bo'lmagan reaktivlar o'rnini to'ldirish. 2. O'quvchilarning salomatligi uchun doimiy g'amxo'rlik qilish, zarur bo'lganida ularga birinchi va tez yordam bera olish. 3. Tajribalar va amaliy ishlarni bajarish bo'yicha o'quvchilarga yo'riqnomalar tayyorlab berish hamda ularning to'g'ri bajarilishini uzluksiz nazorat qilish. 4. Kimyoviy eksperiment o'tkazish texnikasi va metodikasining zarur elementlarini o'quvchilar ongiga muntazam ravishda singdirib borish. 5. Yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan xato va kamchiliklarning oldini ola bilish. 6. Kimyo xonasin
Доказательный фрагмент
«Mazkur tezisda o’quvchilarda kimyo faniga bo’lgan qiziqish va predmetga mas’uliyatli munosabat uyg’otish haqidagi bilimlar, kimyo fanining hozirgi davrdagi roli va o’rni haqida to’g’ri tasavvurni shakllantirish.Kimyo…»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur tezisda o’quvchilarda kimyo faniga bo’lgan qiziqish va predmetga mas’uliyatli munosabat uyg’otish haqidagi bilimlar, kimyo fanining hozirgi davrdagi roli va o’rni haqida to’g’ri tasavvurni shakllantirish.Kimyo… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Kimyo fani, laboratoriya mashgʻulotlari., pedagogik mahorat, metodika
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026