Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
UZLUKSIZ TA'LIM TIZIMIDA OLIY TA'LIMNING AHAMIYATI
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Karimova Mohinur (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 1997
Аннотация
Данная статья о непрерывном образовании, его сущности, сути, значении высшего образования в системе непрерывного образования, что такое высшее образование, его определение, классификация, роль высшего образования, изменения. Annotation: This article is about continuing education, its essence, essence, the importance of higher education in the system of continuing education, what is higher education, its definition, classification, the role of higher education. changes Kalit so'zlar: ta'lim standartları; ta'limning ustuvorligi; malakali mutaxassislar; bakalavriyat; magistratura. Uzluksiz taʼlim - oʻzaro mantiqiy izchillik asosida bogʻlangan hamda soddadan murakkabga qarab rivojlanib boruvchi va bir-birini taqozo etuvchi bosqichlardan iborat yaxlit taʼlim tizimi. Oʻzbekiston Respublikasida kadrlar tayyorlash tizimining asosi, taʼlim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillaridan biri. 1997-yil 29 avgustda qabul qilingan "Taʼlim toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida alohida tamoyil sifatida qayd etilgan. Uzluksiz taʼlim milliy modelning asosiy tarkibiy kismlaridan biri (qarang Taʼlimning milliy modeli), Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini taʼminlovchi, shaxe, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiytexnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor sohadir. Uzluksiz taʼlim ijodkor, ijtimoiy faol, maʼnaviy boy shaxe shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlash uchun zarur shartsharoitlar yaratadi. Uzluksiz taʼlim tizimining faoliyat olib borishi davlat taʼlim standartlari asosida, turli darajalardagi taʼlim dasturlarining izchilligi asosida taʼminlanadi va maktabgacha taʼlim, umumiy oʻrta taʼlim, oʻrta maxsus, kasbhunar taʼlimi, oliy taʼlim, oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari taʼlimni oʻz ichiga oladi. Uzluksiz taʼlimning faoliyat koʻrsatish tamoyillari kuyidagilardan iborat: taʼlimning ustuvorligi — uning rivojlanishining 1darajali ahamiyatga ega ekanligi, bilim, taʼlim va yuksak intellektning nufuzi; taʼlimning demokratlashuvi — taʼlim va tarbiya uslublarini tanlashda oʻquv yurtlari mustaqilligining kengayishi, taʼlimni boshqarishning davlatjamiyat tizimiga oʻtilishi; taʼlimning insonparvarlashuvi — inson krbiliyatlarining ochilishi va uning taʼlimga boʻlgan turlituman ehtiyojlarining qondirilishi, milliy va umumbashariy qadriyatlar ustuvorligining taʼminlanishi, inson, jamiyat va atrofmuhit oʻzaro munosabatlarining uygʻunlashuvi; taʼlimning ijtimoiylashuvi — taʼlim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, ularda yuksak maʼnaviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish; taʼlimning milliy yoʻnaltirilganligi — taʼlimning milliy tarix, xalq anʼanalari va urfodatlari bilan uzviy uygʻunligi, Oʻzbekiston xalklarining madaniyatini saklab qolish va boyitish, taʼlimni milliy taraqqiyotning oʻta muhim omili sifatida eʼtirof etish, boshqa xalklarning tarixi va madaniyatini hurmatlash; taʼlim va tarbiyaning uzviy boglikligi, bu jarayonning qar tomonlama kamol topgan 47 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si insonni shakllantirishga yoʻnaltirilganligi; iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga taʼlimning eng yuqori darajasida, izchil ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shartsharoitlar yaratish. Uzluksiz taʼlim taʼlim jarayonida samarali natijalarga erishish uchun asos boʻlib xizmat qiladi. Uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyotini tahminlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy- texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor soha boiib, ijodkor, ijtimoiy faol, mahnaviy boy shaxsning shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarning jadal tayyorlanishi uchun zarurshart-sharoitlarni yaratadi. Uzluksiz ta’lim jarayoni shaxsning har tomonlama qaror topishi uchun eng qulay davrsanaladi. Mazkur davrda shaxs fan asoslari hamda kasb-hunar mahlumotlarini o’zlashtiradi, yuksak mahnaviy-axloqiy sifatlarga ega shaxs va malakali kadr sifatida kamol topib boradi. Unda muayyan dunyoqarash shakllanadi. Uzluksiz ta’lim boshqarmasi o‘rta maxsus va professional ta’lim tizimida Adliya vazirligi yuridik texnikumlari va Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyning o‘quv-metodik jarayonini muvofiqlashtirish, ularga amaliy va axborot resurslari jihatdan ko‘maklashish sohasidagi ishlarni tashkil etishda joriy rahbarlikni amalga oshiruvchi universitetning tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi. Bugungi zamonaviy jamiyatda inson faoliyatining eng keng sohalaridan biri - bu ta'lim hisoblanadi. Oxirgi yillarda ta'limning ijtimoiy roli ortib, dunyoning aksariyat davlatlarida ta'limning barcha turlariga bo‘lgan munosabat o‘zgardi. Ta'lim ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotning bosh, yetakchi omili sifatida qaralmoqda. Bunday e'tiborning sababi zamonaviy jamiyatning eng muhim
Доказательный фрагмент
«Данная статья о непрерывном образовании, его сущности, сути, значении высшего образования в системе непрерывного образования, что такое высшее образование, его определение, классификация, роль высшего образования, изм…»
Образец извлечения
Демо-превьюДанная статья о непрерывном образовании, его сущности, сути, значении высшего образования в системе непрерывного образования, что такое высшее образование, его определение, классификация, роль высшего образования, изм… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ta'lim standartları, ta'limning ustuvorligi, malakali mutaxassislar, bakalavriyat, magistratura.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026