Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
POETIK TAFAKKURGA XOS KONSEPTLARNING VERBALLASHUVI
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Ibragimova Iroda Artikmashrabovna (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 2026
Аннотация
This article explores the verbalization of concepts and notions characteristic of poetic thinking through the works of Muhammad Yusuf and Shavkat Rahmon. Keywords: cognitive poetics, concept, verbalization, individual author’s world, poetic text. Kognitiv fanlarning asosiy termini “konsept” sanaladi. Konsept kognitiv tilshunoslik, lingvomadaniyatshunoslik yo‘nalishlari bilan bir qatorda kognitiv poetika uchun ham xos termin sanaladi. Konseptni insonning ongida shakllantiruvchi va ifodalovchi vosita bu tildir. Konsept inson ongidagi madaniyatning asosiy omilidir. Konseptlar har bir insonning ong osti so‘zlarining lug‘aviy ma’nosi asosida, qolaversa butun bir xalqning milliy minitalitetidan, hayot tajribalaridan madaniyatidan kelib chiqib shakllanadi. Inson ongida mavjud konseptlar lisoniy vositalar yordamida verballashadi, tilga yo‘g‘riladi. Inson ongida biror konseptning qay darajada saqlangani, qanday holda mavjudligi masalaning bir tomoni bo‘lsa, uning lingvistik birliklar yordamida ifoda etilishi ijodkorning lisoniy imkoniyatlari bilan bog‘langani holda masalaning ikkinchi tomonini tashkil etadi. Konsept tilshunoslar tomonidan turlicha talqin qilinadi. Birinchi marta kontsept atamasi 1928-yilda S.A.Askoldovning “Konsept va so‘z” nomli maqolasida tilga olingan. U kontseptni “tafakkur jarayonida biz uchun bir xil turdagi obyektlarning noaniq to‘plamini shakllantiradigan aqliy hosila” deb ta’riflagan1. Ko‘p hollarda konsept ham kognitiv tilshunoslik, ham lingvokulturologik nuqtayi nazardan o‘rganilib, unga ikki fan doirasida umumiy ta’rif beriladi: “Konsept kollektiv ongning har qanday diskret mazmunli birligi sifatida, haqiqiy yoki ideal dunyo predmetini aks ettiruvchi, ona tilida so‘zlashuvchilarning milliy xotirasida idrok etilgan substrat shaklida saqlanadi. Konsept so‘z bilan ifodalanadi, verballashadi, aks holda uning mavjudligi mumkin emas”2. Demak, konsept verballashsagina, so‘z bilan voqelantirilsagina uning mavjudligi konkretlashadi. Aks holda, ongdagi mavhum birlik sifatida qolib ketadi. 1 Аскольдов С.А. Концепт и слово / С.А. Аскольдов // Русская словесность: антология / под. ред. В.Н. Нерознака. - М., 1997. - С. 267-280. 2 Бабушкин А. П. Типы концептов в лексико-фразеологической семантике языка, их личностная и национальная специфика. Воронеж, 2006. – С. 29. 56 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Konsept – yuksak ma’naviy qadriyatlarga yetaklovchi, lisoniy ifodaga ega bo‘lgan va etnomadaniy o‘ziga xoslik bilan ajralib turadigan kollektiv ong birligidir3. T.Suxanova konseptga xos belgilarni keltirib o‘tadi: • bu inson tajribasining minimal birligi bo‘lib, so‘zlar yordamida verballashadi va maydoniy tuzilishga ega; • inson tafakkurining murakkab birligi; • dunyo haqidagi bilimlarni qayta ishlash, saqlash va uzatishning asosiy birligi; • kontsept harakatlanuvchi chegaralarga ega va aniq vazifalarni bajaradi; • konsept ijtimoiydir; • madaniyatning asosiy birligi. Konseptlar inson ongida dunyoni ifodalaydi, konseptual tizimni tashkil qiladi va inson tilining belgilari bu tizim mazmunini so‘z bilan kodlaydi4. Individual-muallif olamining tasviriga xos eng muhim tarkibiy qism badiiy konsept bo‘lib, u yozuvchi yoki shoir ongida uning tajribasi, voqelik haqidagi bilimi, o‘ziga xos his-tuyg‘ulari, g‘oyalari, hayotiy ma’lumotlari asosida shakllanadigan ma’lum bir psixik borliqdir, u badiiy obrazlarni o‘z ichiga oladi va lisoniy vositalar bilan ifodalanadi. Individual muallif konseptlari faqat so‘z san’atkorining individual uslubidagi matnlarning butun majmuasi bilan ifodalanishi mumkin5. Poetik matnlarda eng ko‘p murojaat qilinadigan konseptlardan biri muhabbat konseptidir. Qancha shoir, qancha ijodkor bo‘lsa, ularning konseptual olamida muhabbat tushunchasi o‘z holicha namoyon bo‘ladi. Albatta, bu namoyon bo‘lish lisoniy vositalar yordamida verballashib, shoirlarga xos reprezentatsiya aks etadi. Mumtoz adabiyot namunalaridan tortib zamonaviy o‘zbek she’riyatigacha deyarli barcha shoir muhabbat mavzusiga murojaat qilib, uni o‘z tasavvuriga ko‘ra tasvir qilib keladi. T.Dankova A.Axmatova ijodida muhabbat konseptining verballashuvi bo‘yicha tadqiqot olib borib, “muhabbat” konseptining semantik maydoni ahamiyati va tarkibi bo‘yicha turlichaligini e’tirof etadi: “Axmatova lirikasi kontekstida asosiy o‘rinni sevgini sevgiliga nisbatan qizg‘in samimiy moyillik hissi sifatida tushunish egallaydi. Lirik “men”ning nomli tuyg‘usi juda ko‘p qirrali va ziddiyatli ko‘rinadi; u sevgining xilma-xil tomonlarini: azob- uqubatlarni, halokatni, baxtni, ma’naviyatni, muqaddaslikni, ehtirosni birlashtiradi. Ishqni iztirob va azob-uqubat keltiruvchi tuyg‘u sifatida tushunish shoirning olam haqidagi individual tasvirida eng yaqqol namoyon bo‘ladi. A.Axmatova lirik mavzuyidagi iztiroblar kuchli va keng qamrovli bo‘lib, turli sabablarga ko‘ra yuzaga keladi: ayriliq, beg‘araz muhabbat, aldash, ma’shuqaning tashvishli intizorligi, erkinlik yo‘qligi, rashk, xiyonat...6 3 Шулятиков И. Термин
Доказательный фрагмент
«This article explores the verbalization of concepts and notions characteristic of poetic thinking through the works of Muhammad Yusuf and Shavkat Rahmon.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article explores the verbalization of concepts and notions characteristic of poetic thinking through the works of Muhammad Yusuf and Shavkat Rahmon. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- cognitive poetics, concept, verbalization, individual author’s world, poetic, poetik matn., kognitiv poetika, individual muallif olami, konsept, verballashuv
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025