К содержанию
РецензированоUZ2026

DNK MARKERLAR TEXNOLOGIYASI ASOSIDA QURG‘OQCHILIKKA CHIDAMLI BAHORGI BUG‘DOY GENOTIPLARINI ANIQLASH

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · O.S. Turayev (in-academy.uz/index.php/si) · D.Sh. Erjigitov (in-academy.uz/index.php/si) · N.M. Ibrohimova (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

In this thesis, we have reported the results of the phenological and molecular assessment of spring wheat lines for drought tolerance. According to the statistical analysis of the molecular and phenological data, the genotypes with the resistance allele of the Xgwm484 DNA marker (190 base pairs) in their genome showed higher resistance compared to others. Keywords: Bread wheat, Triticum aestivum L., drought, tolerance, SSR markers, CIMMYT. Suv tanqisligi stressi tufayli butun dunyo bo‘ylab bug‘doy hosilining katta qismi yo‘qotilmoqda. Qurg‘oqchilik (suv stressi) barcha abiotik stresslar orasida eng muhim ahamiyatlisi hisoblanadi. Qurg‘oqchilik hosildorlikning maksimal pasayishiga olib keladigan abiotik stressdir [1]. Oldindan aytib bo‘lmaydigan yog‘ingarchilik tufayli, iqlim o‘zgarishi natijasida dunyoning ko‘plab hududlarida donli ekinlar, shu jumladan bug‘doy hosildorligining pasayishiga olib keladigan suv stressini yanada kuchaytirishi mumkin [2]. Ma’lumki, organizmdagi ko‘pgina xususiyatlar suv bilan bog‘liq holda tabiatan murakkab va poligen holda ishlaydi [3]. Bug‘doy o‘simligida qurg‘oqchilikka chidamlilik bilan bog‘liq belgilar uchun sezilarli genetik o‘zgarishlar namoyon bo‘ladi [4]. Qurg‘oqchilikka chidamlilik bilan bog‘liq miqdoriy belgilar lokuslari (QTL)ga ega bug‘doy navlarini yaratishni jadallashtirishda markerlarga asoslangan seleksiya (MAS) texnologiyasini qo‘llash muhim hisoblanadi. Shu sababli, bug‘doy kolleksiyalarini molekulyar va fenologik jihatdan baholash yuqori mahsuldor va qurg‘oqchilikka chidamli bo‘lgan namunalarni aniqlash, ularni seleksiya qilish hamda yangi navlarni yaratish muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Tadqiqotda CIMMYT (ingl. International Maize and Wheat Improvement Center - Xalqaro makkajo‘xori va bug‘doyni yaxshilash markazi) va ICARDA (ingl. The International Center for Agricultural Research in the Dry Areas - Qurg‘oqchil hududlarda qishloq xo‘jaligi bo‘yicha tadqiqotlar olib boruvchi xalqaro markaz) tashkilotlari qo‘shma loyihasi natijalari asosida 66 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si olingan yumshoq bug‘doyning (1) “41st Elite spring wheat YT”, (2) “42nd Elite spring wheat YT”, (3) “20th High temperature wheat YT” hamda (4) “11th Stress adaptive trait YDT” ko‘chatzorlariga mansub 33 ta tizma va mahalliy Semurg‘ navi (andoza nav)dan foydalanildi: Namunalarning suv tanqisligiga chidamliligini baholash nisbiy molekulyar massasi 50 va 70 Mr (g/mol) saxaroza muhitida olib borildi. Tajribada, 34 ta namunalarning xar biridan 20 tadan don, 10 ml dan saxaroza eritmasi solingan 3 qaytariqdagi jami 111 ta Petri idishlarga joylashtirildi. Petri idishlar 25 °C haroratli termostatga 5 kunga qo‘yildi, so‘ngra unib chiqishi donlar soni aniqlanib, ildiz tizimi 5 balli tizimda baholandi. Bundan tashqari, bug‘doy namunalari qurg‘oqchilikka chidamlilik bilan genetik bog‘langan DNK marker asosida PZR tahlili amalga oshirildi. Shuningdek, olingan raqamli ma’lumotlar ANCOVA usulida statitik qayta ishlandi. Statistik tahlil natijalari shuni ko‘rsatdiki, donning unuvchanlik ko‘rsatgichi saxaroza kontsentratsiyasining ortishi bilan kamayib bordi. Nazorat namunalarining 76% dan ko‘pida unuvchank ko’rsatkichi 100% bo‘lganligi kuzatildi. Saxarozaning 50 Mr eritmasda faqatgina L138 tizmasining unuvchanligi 100% bo‘ldi. Saxarozaning 70 Mr eritmasida esa sezilarli darajada farq qilib, L124, L030, L138, va L190 tizmalari yuqori natija qayd etdi. PZR tahlili natijalariga ko‘ra, Xgwm484 DNK markerining chidamlilik bilan genetik bog‘langan 190 juft asosli alleli bug‘doy namunalarining 15 tasida mavjudligi, shulardan 10 tasida (Semurg‘, L138, L106, L079, L095, L047, L035, L007, L165 va L190) gomozigota, 5 tasida (L124, L062, L097, L040 va L030) geterozigota holatda ekanligi aniqlandi. Qolgan 19 ta tizmalar genomida chidamlilik alleli uchramadi. PZR tahlili va saxarozali muhitidan olingan ma’lumotlarning statistik tahlili natijalariga ko‘ra, genomida Xgwm484 DNK markerining gomozigota va geterozigota chidamlilik allelini tutgan bug‘doy tizmalarining chidamliligi nol- segregant (genomida chidamlilik alleli mavjud bo‘lmagan) tizmalarga qaraganda sezilarli darajada yuqori bo‘ldi. Olingan natijalar, bug‘doyning qurg‘oqchilikka chidamli navlarini olish uchun foydali manba sifatida xizmat qiladi.

Доказательный фрагмент

«In this thesis, we have reported the results of the phenological and molecular assessment of spring wheat lines for drought tolerance.»

Образец извлечения

Демо-превью

In this thesis, we have reported the results of the phenological and molecular assessment of spring wheat lines for drought tolerance. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Bread wheat, Triticum aestivum L, drought, tolerance, SSR markers, CIMMYT
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники