К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘ZBEK TILIDA IMLOVIY QOIDALARNI O‘QUVCHILARDA SHAKLLANTIRISH MUAMMOLARI

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · O‘roqova Yulduz Ortiqniyozovna (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada o‘quvchilarga ona tili fani darslarida fanning o‘qitilishiga doir qarashlar keltirilgan, ya’ni fan doirasida o‘quvchilarning imloviy savodxonligini oshirish uchun o‘qituvchi oldiga qo‘yiladigan talablar yoritilgan hamda ularning yechimlaridagi imloviy lug‘atlarning tutgan o‘rni haqida batafsil xulosalar berilgan. Kalit so‘zlar: izohli lug‘at, ensiklopediya, diktant, ona tili fani, imloviy savodxonlik, imlo lug‘ati, imlo qoidasi, orfografiya, orfoepiya. Kirish. So‘zlayotgan so‘zimiz, yozayotgan jumlalarimiz bexatoligi ana shu libos ko‘rkamligini belgilaydi va xato qilmaslik uchun esa imlo qoidalaridan boxabar bo‘lish darkor. Shu ma'noda leksemalar va so‘zlar doirasida imlo qoidalarining ishlab chiqilishi, tilimiz sofligini ta'minlashda o‘ziga xos bosqich vazifasini o‘tagan va bu boradagi o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Hayotimiz tili bilan bevosita chambarchas bog’liqdir. Biz til orqali boshqalarga o’z fikrlarimizni bayon qilamiz, ularga axborot yetkazamiz. Kerakli ma’lumotlarni bilib olamiz. Tilimiz qancha chiroyli va ravon bo’lsa bu bizning nutq madaniyatimizdan darak beradi. Bu fikrimizning isboti sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligi munosabati bilan soʻzlagan nutqini keltirishimiz mumkin1: “Kimda-kim oʻzbek tilining bor latofatini, jozibasi va taʼsir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi boʻlsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, oʻlmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli qoʻshiqlariga quloq tutsin”. Shu munosabat bilan biz bugungi tadqiqotimizni to‘g’ri yozish qoidalari mavzusi ustida olib borishga qaror qildik. Asosiy qism. Yozma savodxonlikka erishgan har bir individ quyidagi ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lmog‘i darkor2:  orfografik savodxonlik;  punktuansion savodxonlik;  mustaqil fikrlar ketma-ketligida uzilmagan ijodiy matn tuzish savodxonligi;  davlat hujjatlaridan xabardorlik darajasidagi savodxonlik. O‘quvchilarning og‘zaki va yozma savodxonligini uyg‘un ravishda oshirish maqsadida qiziqarli o‘quv materiallari, didaktik o‘yinlar, muammoli vaziyat va bahsmunozaralar bilan birga, to‘g‘ri yozishga o‘rgatuvchi turli xil qiziqarli mashqlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Shu ma’noda, ta’lim sohasi o‘qituvchidan doimiy izlanishni ,ijodkorlikni talab etadi. O‘quvchi kichik hajmli matnlarni yaxshi o‘zlashtirib olishi uchun, unda matnni yaxshilab 1S.A. Eshqulov O’ZBEK TILIDA IMLOVIY SAVODXONLIKNI OSHIRISHNING SAMARALI USULLARI. UNLI VA UNDOSH HARFLAR TALAFFUZI VA IMLOSIDAGI FARQLAR // Вестник магистратуры. 2022. №4-2 (127). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/o-zbek-tilida-imloviy-savodxonlikni-oshirishning-samarali-usullari-unli-va- undosh-harflar-talaffuzi-va-imlosidagi-farqlar (дата обращения: 21.10.2024). 2https://nauchniyimpuls.ru/index.php/ni/article/download/3001/2218 43 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si o‘qish, mazmunida nimaga ishora qilinayotganini tushunish ko‘nikmasini shakllantirish lozim. Matnlar o‘quvchilarning yozma nutq faoliyatini rivojlantirish, tushuncha va tasavvurlarini boyitishga xizmat qiladigan mazmun kasb etishi kerak. Matn bilan ishlash jarayonida o‘quvchilarga yozma nutqni rivojlantirishga oid vazifalar qo‘yilishi o‘quvchilarning nafaqat fikrlash qobiliyatini shakllantiradi, balki yozma nutq ko‘nikmalarini ham rivojlantirib boradi. O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi, mustaqillikning qo‘lga kiritilishi yangi imlo qoidalarini ishlab chiqish uchun qulay imkoniyat yaratdi. Lotin yozuviga asoslangan yangi alifboning joriy etilishi esa bu jarayonni yanada tezlashtirib yubordi3. Shu maqsadda O‘zbekiston Respub-likasi Vazirlar Mahkamasi 1995- yilning 24- avgustida 339-sonli «O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqida» qaror qabul qildi. U 82 banddan iborat bo‘lib, quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi4:  Unlilar imlosi (1—7-bandlar);  Undoshlar imlosi (8—32-bandlar).  Asos va qo‘shimchalar imlosi (33—37-bandlar).  Qo‘shib yozish (38–50-bandlar).  Chiziqcha bilan yozish (51—56-bandlar).  Ajratib yozish (57—56-bandlar).  Bosh harflar imlosi (66—74-bandlar).  Ko‘chirish qoidalari (75—82-bandlar). Xulosa. Til har bir millat madaniyatining o‘zagi va ko‘zgusi, uning haqiqiy sarchashmasidir. Til bor ekan, millat barhayotdir. Shu sababli ham tilning saqlanishi xalq taraqqiyoti va kelajagini belgilaydi. Til xalqni birlashtiradi, tarbiyalaydi, o‘qitadi, urf-odat, anʼanalarini saqlaydi. Tilni Onaga qiyoslanishi bejiz emas, inson o‘z onasini ko‘rmasdan, uning sof muhabbatini, mehrini tuymasdan yashay olishi mumkin emas. Bu fikrimizning isboti sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligi munosabati bilan so‘zlagan nutqini keltirishimiz mumkin5: “Kimda-kim o‘zbek tilining bor latofatini, jozibasi va taʼsir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi bo‘

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada o‘quvchilarga ona tili fani darslarida fanning o‘qitilishiga doir qarashlar keltirilgan, ya’ni fan doirasida o‘quvchilarning imloviy savodxonligini oshirish uchun o‘qituvchi oldiga qo‘yiladigan talablar…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada o‘quvchilarga ona tili fani darslarida fanning o‘qitilishiga doir qarashlar keltirilgan, ya’ni fan doirasida o‘quvchilarning imloviy savodxonligini oshirish uchun o‘qituvchi oldiga qo‘yiladigan talablar… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
izohli lug‘at, imlo lug‘ati, diktant, imloviy savodxonlik, orfografiya, ensiklopediya, orfoepiya., ona tili fani, imlo qoidasi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники