К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SUG‘URTA BOZORI RIVOJLANISHINING ASOSIY TENDENSIYALARI

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · ASOSIY TENDENSIYALARI (in-academy.uz/index.php/si) · Moyliyev Murod Baxtiyorovich (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

Moliyaviy tizim moliyaviy barqarorligi bu moliyaviy tizimning, yaʼni moliya muassasalari, bozorlar va bozor infratuzilmalarining ehtimoliy shoklar va nomutanosibliklarga bardosh bera olishi, shu bilan birga moliyaviy vositachilik funktsiyalarini bajara olmaslik ehtimolini pasaytirish qobiliyatidir. Moliyaviy barqarorlik maqsadi alohida moliya muassasasi emas, balki butun moliya tizimi barqarorligini taʼminlashdan iborat.Moliyaviy barqarorlik iqtisodiyotning barqaror rivojlanish asosi hisoblanadi. Moliya tiziming ajralmas bo’g’ini bu sug’urta bozori hisoblanadi. O’zbekitonda iqtisodiyotning barqaror rivojlanishida sug’urta kompaniyalarining o’rnini alohida takidlab o’tish lozim. Sug‘urta bozorini rivojlantirish, yangi turdagi sug‘urta xizmatlarini joriy etish va shu orqali sug‘urta kompaniyalarining moliyaviy barqarorligini ta'minlagan xolda ularning raqobatbardoshligini oshirish mamlakat iqtisodiyoti rivoji uchun muxim dastaklardan biri bo‘lib xizmat qiladi. Bu esa o‘z navbatida mavzuning bugungi kundagi islohotlarning dolzarb masalalaridan biri ekanligi ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: sug’urta; sug’urta bozori; sug’urta kompaniyalari; sug’urta brokerlari; aktuariy; sug’urta mukofotlari; sug’urta to’lovlari; yashil sug’urta. O‘zbekiston sug‘urta bozori bir necha yildan beri barqaror o‘sish sur’atiga ega bo‘lib kelmoqda, bu esa o‘z navbatida uning mamlakat iqtisodiyotidagi rolini oshirib bormoqda. Malumki, mamlakat moliya sektorining, shu jumladan, sug‘urta sohasining rivoji mamlakatning umumiqtisodiy ahvoli bilan chambarchas bog‘langan. Sug‘urta sohasi mamlakat iqtisodiyotining rivoji bilan uzviy bog‘liqligi sababli, ushbu soha mamlakatdagi umumiqtisodiy o‘zgarishlarga juda tez ta‘sirchan hisoblanadi. So‘nggi yillarda milliy sug‘urta bozorining rivojlanishi asosan yalpi sug‘urta mukofoti hajmi ancha oshishi bilan tavsiflanadi. Monopoliyaga asoslangan davlat sug‘urta tizimidan bozor munosabatlariga o‘tildi. 2024-yil yanvar holatiga ko‘ra O‘zbekistonda sug‘urta kompaniyalari soni jami 37 ta bo‘lib undan 31 tasi umumiy sug‘urtada, qolgan 6 tasi esa hayotni sug‘urta qilish sohasida faoliyat yuritadi. 2024-yil 31-mart holatiga sug’urta brokerlari soni 9 taga yetgan, aktuarlar soni esa o’zgarishsiz 5 taligicha qolgan.1 Sug‘urta agentlari sonida esa 5 518 tadan 4 411 taga kamayish kuzatilgan. To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi a'zolari bo‘lgan sug‘urta tashkilotlarining soni esa o’zgarishsiz 25 taligicha qolmoqda. 2023-yilda sug‘urta tashkilotlarining investitsiyalar portfelida depozitlar 66 foizni, qimmatli qog‘ozlar esa 22 foizni egallagan.2 Ushbu investitsion vositalarning o‘sish sur’atlari mos ravishda 39 va 5 foizlarni tashkil etdi. Shuningdek, ko‘chmas mulkka bo‘lgan investitsiyalar hajmining o‘sish sur’ati 50 foizni tashkil etib, jami investitsion portfelning 9 foiziga to‘g‘ri kelgan. Depozit sifatida 1 https://napp.uz/ 2 https://cbu.uz/uz/statistics 20 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si investitsiyalarning o‘sish sur’atlarini yuqoriroq bo‘lishi sug‘urta tashkilotlari nisbatan xavfsiz investitsiya vositalariga o‘z mablag‘larini yo‘naltirayotganini va ularni uzoq muddatli barqaror daromad manbai sifatida ko‘rayotganligini ifodalaydi. Sug‘urta tashkilotlarining jami mukofotlari 2023-yilda 29 foizga o‘sdi va 8,1 trln so‘mga yetdi. Shunga qaramasdan, hayotni ixtiyoriy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta mukofotlari kamayishi ta’sirida jami sug‘urta mukofotlarining 2023-yildagi yillik o‘sish sur’ati 2022- yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 38 foiz bandga pasaydi. Umumiy sug‘urta tarmog‘idagi ixtiyoriy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta mukofotlari katta ulushga ega bo‘ldi va 7,1 trln so‘mda shakllandi. Shuningdek, umumiy sug‘urta mukofotlarining 1,9 trln so‘mi qayta sug‘urtalash uchun to‘lovlar hissasiga to‘g‘ri keldi. 2023-yilda sug‘urta xizmatlari zichligi ko‘rsatkichi 27 foizga oshib, aholi jon boshiga 219 ming so‘mlik sug‘urta mukofotlari to‘g‘ri keldi. Shuningdek, 2023-yilda jami sug‘urta mukofotlarining nominal YaIMga nisbatida o‘sish kuzatilib, yil yakuniga sug‘urta xizmatlari ommalashish darajasi 7,6 promilleni tashkil etdi. Shunga qaramasdan, iqtisodiy rivojlanish darajasi o‘xshash bo‘lgan ayrim mamlakatlar bilan solishtirganda O‘zbekiston uchun ushbu ko‘rsatkich nisbatan past darajada saqlanib qolmoqda. 1-rasm. Sug‘urta to‘lovlarining mukofotlarga nisbati, %3 Sug‘urta tashkilotlarining to‘lovlari kamayish tendensiyasiga ega bo‘ldi. Hayotni ixtiyoriy sug‘urta qilishdagi sug‘urta to‘lovlarining keskin kamayishi natijasida 2023-yilda jami sug‘urta to‘lovlari 22 foizga pasaydi va 2 trln so‘mni tashkil etdi. Sug‘urta to‘lovlari asosan umumiy sug‘urta tarmog‘idagi ixtiyoriy sug‘urta shakliga to‘g‘ri kelgan va jami sug‘urta to‘lovlarining 66 foizini tashkil yetgan. 3 https://napp.uz/ 21 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si sug'urta tashkilotlarining investitsiyalari (2024-yil yanvar-mart) 2%1% 10% 22% 66% Depozitlar Qimmatli qog'ozlar Ko'chmas

Доказательный фрагмент

«Moliyaviy tizim moliyaviy barqarorligi bu moliyaviy tizimning, yaʼni moliya muassasalari, bozorlar va bozor infratuzilmalarining ehtimoliy shoklar va nomutanosibliklarga bardosh bera olishi, shu bilan birga moliyaviy…»

Образец извлечения

Демо-превью

Moliyaviy tizim moliyaviy barqarorligi bu moliyaviy tizimning, yaʼni moliya muassasalari, bozorlar va bozor infratuzilmalarining ehtimoliy shoklar va nomutanosibliklarga bardosh bera olishi, shu bilan birga moliyaviy… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
sug’urta bozori, sug’urta, aktuariy, sug’urta to’lovlari, sug’urta kompaniyalari, sug’urta mukofotlari, sug’urta brokerlari, yashil sug’urta.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники