Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
AQLIY RIVOJLANISHDA MUAMMOSI BO‘LGAN O‘QUVCHILARNI SAVODGA O‘RGATISHNING LINGIVISTIK ASOSLARINI TAKOMILLASHTIRISH BO‘YICHA METODIK TAVSIYALAR
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · METODIK TAVSIYALAR (in-academy.uz/index.php/si) · Abdujabborova Mavjuda Baxtiyor qizi (in-academy.uz/index.php/si) · Sunnatova Dinara (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 2026
Аннотация
Ushbu maqola jahon ta’limining muhim vazifalaridan biri – funksional savodli o‘quvchi shaxsini shakllantirish bo‘lib aqliy rivojlanishda muammosi bo‘lgan o‘quvchilarni savodga o‘rgatishning lingivistik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha metodik tavsiyalar. Aqliy rivojlanishda muammosi bo‘lgan o‘quvchilarni savodga o‘rgatishning ilmiy adabiyotlarda yoritilishiga qaratilgan. Kalit so’zlar: O‘qish, nuqson, bibliopsixologiya, qo‘zg‘alish, tafakkuri, idroki, xotira, diqqati, nutqi, tasavvur, bilish, san’at. Yordamchi maktabda o‘qiydigan o‘quvchilarning ko‘pchiligida markaziy nerv sistemasining organic jarohatlanishi natijasida bilish faoliyati turg‘un buzilgan bo‘ladi, ya’ni ularning barcha psixik jarayonlari rivojlanmagan bo‘ladi. Natijada savodni o‘rgatish jarayonida bilish faoliyatidagi kamchiliklar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Korreksion ishlar mobaynida o‘quvchilarning tafakkuri, idroki, xotira, diqqati, nutqi, tasavvuri, xissiyoti va boshqa psixik jarayonlari rivojlantiriladi. Savod o‘rgatish ishlari korreksion ishlar bilan birgalikda amalga oshirilishi lozimligi adabiyotlar tahlili va o‘qituvchining ish tajribalarini o‘rganish natijasida aniqlandi. Psixologik va pedagogic adabiyotlarda aqli zaif bolaning bilish faoliyatini korreksiyalash rivojlantirishda didaktik o‘yinlarning ahamiyati keng tarzda yoritilgan. Psixologlardan A.B.Kovaleva , A.A.Smirnova, A.V.Zaparojets, A.P.Usova, V.A.Kutetskiy, G.U.Shukina va boshqalarning ta’kidlaganidek boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida didaktik o‘yin bolalarning ruhiy rivojlanishiga juda katta ta’sir ko‘rsatadi. A.A.Smirnova, A.V.Kovalyovalarning “Psixologiya” darsligida ta’kidlanishicha, “O‘yin bola uchun kattalar olamining aksi bo‘lib, u tevarak atrofdagi olamni o‘rganish yo‘lidir”. V.A.Krutetskiy o‘z asarlarida o‘yin faoliyatining psixologik mexanizmlarini tahlil etib “To‘g‘ri tashkil etilgan o‘yin bola shaxsiyatining ijobiy xislatlarini tarbiyalashga xizmat qiladi, jamoaning tarkib topishi, uning jipslashishiga ko‘maklashadi, do‘stlik, o‘rtoqlik xislatlarini tarbiyalaydi. O‘yin faoliyatining tarkibiy qismini psixik jarayonlar tashkil etadi” deb hisoblaydi. “O‘yin tevarak atrofni idrok etishga, his qilishga, idrok, nutq, tafakkurni o‘stirishga, tashabbuskorlik, ijobiy his – tuyg‘ularni hosil qilishga xizmat qiladi” deb yozgan. O‘yin o‘quv jarayonida aqliy faoliyatdan hordiq chiqarish vositalaridan biri ekan. O‘yin faoliyatida natija hamda ishtirokchilarda hosil bo‘ladigan mamnuniyat muhimdir. “O‘quvchilarning o‘quv jarayonida bilim olish faoliyatini faollashtirish”nomli kitobida o‘quv jarayonidaijodiy faoliyatning muhimligini va o‘qituvchi ushbu muammolarni amalda to‘g‘ri yechimini topa olishi lozimligini ta’kidlab o‘rdi. O‘qish davomida qiziqishning 48 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si mavjudligini bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqning rivojlantirilishiga bog‘liq. Didaktik o‘yin – qiziqtirib o‘qitish va rivojlantirish maqsadlariga erishish vositalaridan biridir. V.P.Groshenkov va I.A.Stepanovlarning ko‘rsatishlari bo‘yicha o‘yin faoliyati o‘quv jarayonini faollashtirishga imkon yaratadi, bolalarda kuzatuvchanlik, diqqat – e’tibor, xotira, fikrlash qobiliyatlari rivojlanib boradi. O‘yin faoliyati ilgari o‘zlashtirilgan bilimlarni nazorat qilib, takrorlash, mustahkamlash, chuqurlashtirish uchun ham xizmat qiladi. Yordamchi maktabda savod o‘rgatish davrida o‘qish va yozish darslarida o‘qituvchi darsning maqsadi, mazmuni, o‘quvchilarning bilim saviyasi, darsda ishlatiladigan usullarni hisobga olgan holda didaktik o‘yin, topishmoq, viktorina, rebus va boshqalardan mosini tanlab ishlatadi1. Didaktik o‘yinlar darsning har qanday bosqichida ishlatilishi mumkin. Ta’lim faoliyatida didaktik o‘yinlar o‘quvchilarda ona tili darslarida bilimlarini anglash, o‘zlashtirishning psixologik negizini shakllantirish, bilim olishga bo‘lgan ehtiyojning yangi yo‘llarini topishga imkon yaratib, ularni yangi faoliyati o‘quv faoliyatiga chorlaydi, deb hisoblaydi. “O‘yin faoliyati o‘quv faoliyati bilan uzluksiz bo‘gliq bo‘lib, uning imkoniyatlarini oshiradi aqlan zaif o‘quvchini bilish faoliyatini korreksiyalash, rivojlantirishning muhim manbalaridan biriga ayalandi” deb ta’kidlaydi. Har bir darsda o‘yin sharti tushuntirilgach, uni o‘quvchilar bilan birgalikda ko‘rsatib turib bajarish, so‘ngra bolalarga bajartirish maqsadga muvofiqdir. O‘yinning samaradorligi ko‘p jihatdan o‘qituvchining kayfiyati, munosabati, emotsional holatiga, o‘yin natijalariga bo‘lgan qiziqishiga bog‘liq. Savod o‘rgatish darslarida didaktik o‘yinlar bolada yangi bilimlarni egallashga qiziqish uyg‘otadi, ularning mustaqilligini tarkib toptirib boradi. Ixtisoslashtirilgan yordamchi maktab birinchi sinfida o‘qish va yozuv darslarida savod o‘rgatish ishlari amalga oshirilsa, ikkinchi sinfdan boshlab o‘qish darslarida birinchi sinfda olgan bilimlar mustahkamlanadi va takomillashtiriladi. O‘qish darslarida o‘qish malakalarini shakllantirish ishlari amalga oshirilsa, yozuv dasrlarida yozi
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola jahon ta’limining muhim vazifalaridan biri – funksional savodli o‘quvchi shaxsini shakllantirish bo‘lib aqliy rivojlanishda muammosi bo‘lgan o‘quvchilarni savodga o‘rgatishning lingivistik asoslarini tako…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola jahon ta’limining muhim vazifalaridan biri – funksional savodli o‘quvchi shaxsini shakllantirish bo‘lib aqliy rivojlanishda muammosi bo‘lgan o‘quvchilarni savodga o‘rgatishning lingivistik asoslarini tako… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- san’at., tafakkuri, O‘qish, tasavvur, idroki, xotira, nutqi, qo‘zg‘alish, bilish, bibliopsixologiya, diqqati, nuqson
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025