К содержанию
РецензированоUZ2026

RAQAMLI TEXNALOGIYANI TIBBIYOTDAGI AHAMIYATI

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Yusupova Sevinch Baxriddin qizi (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

Hozirgi kunda boshqa sohalarga raqamli texnalogiya kerak bo’lganiday Tibbiyot sohasida ham o’z rivojini ko’rsatib kelmoqda. Sog’liqni saqlash amaliyotiga axborot texnologiyalarining joriy etilishi shifokorlar va bemorlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning shakl va usullarini, diagnostika va davolash jarayonlarini, kasalliklarning oldini olish va sog’lomlashtirish usullarini o’zgartiradi. Keksa va yosh foydalanuvchilar axborot texnologiyalaridan foydalanish imkoniyati ega. Raqamli texnologiyalarni qo’llashda mas’uliyatning o’ziga xos xususiyatlari ko’rib chiqiladi. Kalit so’zlar: tibbiyotda axborot texnologiyalari, klinika, sog’liq, be’mor, xizmat ko’rsatish, zamonaviy texnologiyalar, avtomatlashtirish. Kirish: Bugun IoT-texnologiyalarga asoslangan juda ko‘plab loyihalar tibbiyot bilan bog‘langan. Men ularning bir necha eng qiziqarli va muhimlari haqida yozishga qaror qildim. Interneti barchasini o‘zgartiradi. Zamonaviy tibbiyot so‘nggi o‘n yilliklarda ilgari erishib bo‘lmaydigan darajaga ko‘tarildi. Bugungi sog‘liqni saqlash tizimi, bu — bir paytlar umidsizlikka tushgan bemorlar hayotini saqlab qolayotgan transplantologiya va travmatologiya, plastik jarrohlik va onkologiya, neyrojarrohlik, oftalmologiya, ginekologiya va boshqa sohalardan iborat yuqori texnologik tarmoqqa aylandi.Tibbiyot muassasalari texnik asbob-uskunalarining sezilarli yaxshilanishi natijasida kasalliklarni dastlabki bosqichidayoq to‘g‘ri tashxislash va bemor ish qobiliyatini qisqa muddatlarda tiklash imkoniyati paydo bo‘ldi. Muolajalar davomida odatiy endoskopik apparaturalar, mikrojarrohlik va ko‘rish qobiliyatining lazer korreksiyasi, organ va to‘qimalarni ko‘chirib o‘tkazish kabilardan foydalanish turli tug‘ma va orttirilgan nuqsonlarni tuzatishda oddiy holga aylandi. Ammo, ayrim muammolar hamon dolzarbligicha qolmoqda. Va ularni hal etish uchun narsalar interneti (Internet of Things – IoT) yordamga keladi. Bemorlarni robotlar davolaydi…mi? Tibbiyot va sog‘liqni saqlashni rivojlantirish narsalar internetining eng muhim yo‘nalishlaridan biridir. Ushbu yo‘nalishda alohida atamalar ham mavjud – masalan, «Tibbiy ashyolar interneti» yoki «Narsalar interneti va sog‘liqni saqlash». Tadqiqotchilar xomcho‘ti bo‘yicha, bir necha yildan so‘ng ushbu bozor hajmi taxminan 117 milliard dollarni tashkil qilar ekan. Demak, bu 2020-yilga borib, odamlarni bemor holati haqidagi ma’lumotlarni tahlil qiladigan robotlar davolaydi, deganimi? Yo‘q, unday emas. Davolash bilan avvalgidek markazlashgan holda mutaxassislar – shifokorlar va tibbiyot xodimlari shug‘ullanishadi. Narsalar interneti faqat ular ishini samarali bo‘lishiga yordam beradi. Hali bu texnologiyalar dunyo bo‘yicha kam qo‘llanilyapti, rivojlangan mamlakatlarda, asosan, AQShda keng tatbiq etilgan eICU» — elektron palata 86 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Amerikaning ko‘plab shifoxonalarida sutkasiga 24 soat va haftasiga yetti kun navbatchilik qila oladigan reanimatologlar yetishmaydi, aniqrog‘I, mamlakatda shuncha mutaxassisning o‘zi yo‘q. Shu bois, AQShda intensiv terapiya elektron palatasi – «eICU» joriy etilgan. Og‘ir bemorlarni masofaviy kuzatuvchi bu monitoring markazi yuzlab kilometr masofadagi yuzlab bemorlar uchun birato‘la xizmat ko‘rsata oladi. Bemor krovatidagi monitoring uning ahvoli haqidagi ma’lumotlarni markaz navbatchi reanimatologiga avtomatik tarzda yuboradi. Mabodo jiddiy vaziyat yuzaga kelsa – trevoga signali chalinadi. Yuqori tasvirli kameralar bilan jihozlangan palatalarda bemor diqqat bilan ko‘rikdan o‘tkaziladi. Reanimotolog ovozli aloqa yordamida bemorga yaqin joylashgan xodimlarga ko‘rsatmalar berishi mumkin, ya’ni u qaror qabul qiladi, hamshira va sanitarlar qarorni bajarishadi. Tadqiqotlar bu kabi markazlar o‘lim darajasini kamaytirishga hamda tibbiyot xodimlari uchun xarajatlarni qisqartirishga yordam berishini ko‘rsatmoqda. Sog’liqni saqlash sohasiga AT ning joriy etilishi xizmat ko’rsatish sifatini oshirish, xodimlar ishini sezilarli darajada tezlashtirish va bemorlarga xizmat ko’rsatish xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi. Tibbiyot va sog’liqni saqlash sohasidagi axborot texnologiyalari quyidagi Vazifalarni hal qilishga yordam beradi:  klinikadagi bemorlarning hisobini yuritish;  ularning holatini masofadan kuzatib borish;  diagnostika tekshiruvlari natijalarini saqlash va uzatish;  belgilangan davolashning to’g’riligini nazorat qilish;  masofaviy ta’limni o’tkazish;  tajribasiz xodimlarga maslahat berish. Tibbiyotda IT dan foydalanish shifokorlarga har qanday qulay vaqtda onlayn konsultatsiyalar o’tkazish imkonini beradi. Bu tibbiy xizmatlarning mavjudligini oshiradi. Odamlar masofadan turib tajribali shifokorlardan malakali yordam olishlari mumkin. Bu, ayniqsa, odamlar uchun to’g’ri keladi: Geografik jihatdan chekka hududlarda yashash;  nogironligi bo’lgan;  favqulodda vaziyatda ushlangan;  cheklangan makonda joylashgan. Xulosa: Shunday qilib, bemorlar yoki shifokorlar maslahat olish uchun uzoq masofa

Доказательный фрагмент

«Hozirgi kunda boshqa sohalarga raqamli texnalogiya kerak bo’lganiday Tibbiyot sohasida ham o’z rivojini ko’rsatib kelmoqda.»

Образец извлечения

Демо-превью

Hozirgi kunda boshqa sohalarga raqamli texnalogiya kerak bo’lganiday Tibbiyot sohasida ham o’z rivojini ko’rsatib kelmoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tibbiyotda axborot texnologiyalari, xizmat ko’rsatish, sog’liq, be’mor, avtomatlashtirish., klinika, zamonaviy texnologiyalar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники